Populyatsiyalar genetic dinamikasi


Download 70.12 Kb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi70.12 Kb.
#1023893
  1   2   3   4
Bog'liq
11.Populyatsiyalar genetic dinamikasi

Populyatsiyalar genetik dinamikasi.

Populyatsiya nima?

  • Tur tarqalgan arealning muayyan joyida uzoq muddat mavjud bo`lgan, o`zaro erkin chatishib nasl beradigan, ayrim belgi-xossalari bilan shu turga mansub boshqa populyatsiyalardan farq qiluvchi, nisbatan alohidalashgan organizmlar yig`indisi
  • Har bir populyatsiya turning kichik bir qismidir.

Populyatsion genetika- Bu populyatsiyalardagi irsiy o`zgarishlarni tadbiq qiluvchi genetikaning shahobchasi

  • Populyatsiyalarni genetik tomondan o`rganish XX asrning 30 yillaridan boshlangan. S.S. Chyetveriko`v birinchi bo`lib populyatsiyani genofondi tushunchasini fanga joriy etdi.
  • Olimlardan R.Fisherning «Tabiiy tanlanishning genetik nazariyasi» (1930), N.P.Dubininning «Genetik-avtomatik jarayonlar va ularning evolyutsiyadagi roli» (1931), S.Raytning «Mendelcha populyatsiyalardagi evolyutsiya» (1932), N.P.Dubinin va D.D.Romashevning «Turning genetik tuzilishi va uning evolyutsiyasi» nomli asarlarida populyatsiya genetikasining eksperimental taxlili yoritilgan.

Tabiatda mutloq gomozigota bo’lgan populyatsiyalar uchramaydi. Chunki o’z-o’zini otalantiruvchi organizmlar ham vaqti-vaqti bilan chetdan urug’lanishi mumkin. Ikkinchidan ularda taщqi muhit ta‘sirida mutatsion o’zgaruvchanlik ro’y berishi mumkin. Shunga ko’ra hech bir paytda yuz foiz gomozigota bo’lgan populyatsiyalarni topish mumkin emas. Masalan g’o’za o’simligi o’z- o’zini changlantiruvchi o’simlik sanalsada, unda chetdan changlanish 20-25 foizni tashkil etadi.

Xardi Vaynberg

  • Cyetdan chatishuvchi populyatsiyalarda gen allellarini qanday irsiylanishini izoxlash maqsadida 1908 yili Angliyada matematik G.Xardi va Germaniyada vrach V.Vaynberg bir-biridan mustasno populyatsiyalar genotipik va fenotipik sinflarining tarqalishiga oid formulani fanga joriy etdilar. Ularning mulohazasiga binoan ma‘lum sharoitlarda allellarning takrorlanishi o’zgarmasa populyatsiyalarda dominant va resessiv formalar o’zaro nisbati o’zgarmay qoladi.
  • Xardi-Vaynberg formulasiga ko’ra populyatsiyadagi bir allelning chunonchi D ning uchrash tezligi q, d allelining uchrash tezligini esa (1-q) bilan belgiladi. Ularning o’zaro uchrashishidan hosil bo’lgan nasllarda genotipik sinflar nisbati shunday bo’ladi.
  • Agar olingan natijalarni jamlasak u holda Xardi-Vaynberg formulasiga ko’ra genotipik va fenotipik sinflarning taqsimlanishi tabandagicha ko’rinishda bo’ladi:
  • q2 DD : 2q (1-q) Dd : (1-q)2 dd. Ushbu formulaga muvofiq mazkur populyatsiyada tanlanish ro’y bermasa fenotipik va genotipik sinflar nisbatibir necha avlodlarda o’zgarmay qoladi. Fenotipik sinflarning o’zaro nisbati belgilar oraliq holda irsiylanishida yaqqol namoyon bo’ladi. Belgilar to’liq irsiylanganda genotipik sinflar Xardi-Vaynberg formulasiga mos holatda irsiylanadi.

Download 70.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling