Poraxo’rlik masalalari poraxoʻrlik


Download 16.76 Kb.
Sana06.01.2023
Hajmi16.76 Kb.
#1080747
Bog'liq
PORAXO\'rlik


PORAXO’RLIK MASALALARI
Poraxoʻrlik— pora olish, pora berish, bu ishda vositachilik qilish kabi mansabdorlik jinoyatlari. P. moddiy boylik yoki mulkiy manfaat evaziga muayyan harakatlarni bajarish yoki bajarmaslik bilan tavsiflanadi. Oʻzbekiston Respublikasi JK ga koʻra, u boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar sirasiga kiradi. JK boʻyicha, pora olish deganda mansabdor shaxsning oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan oʻzi, yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy naf koʻrishi tushuniladi. Bunday jinoyat uchun — eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan maxrum etilgan holda 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Ushbu jinoyat ogʻirlashtiruvchi holatlarda sodir etilganda 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan maxrum qilish jazosi ta-yinlanadi. (OʻzR Jinoyat kodeksi, 210modda). Pora berish deganda mansabdor shaxsning oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga unga bevosita yoki vositachi orkali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish tushuniladi. Pora berish jinoyati uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarimadan 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishtacha jazo tayinlanadi (OʻzR Jinoyat kodeksi, 211modda). Bashar-ti, shaxsga nisbatan pora soʻrab tovlamachilik qilingan boʻlsa yoki bu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilgandan keyin bu haqda oʻz ixtiyori bilan arz kilsa, chin
Bundan tashqari pora beruvchi bilan birga vositachilik qilgan shaxsga ham oluvchi bilan birdek jazo qo‘llanilishi mumkin.
O‘zgartirishlar haqida Toshkent Davlat Yuridik universiteti o‘qituvchisi Xushnudbek Xudoyberdiyev Twitterdagi mikroblogida ma‘lum qilgan.
"Avvalo jazolar og‘irlashtirilmoqda. Xususan, pora berish jinoyatining sanktsiyasi pora olish jinoyati bilan bir xil og‘irlikda qilib qo‘yilmoqda. Endilikda pora berganlik uchun ham og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lganda (3-qism) 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi. Xuddi shuningdek, endilikda nafaqat pora berish, balki vositachilik qilish uchun ham jazolar og‘irlashtiriladi", - deb yozadi Xushnudbek Xudoyberdiyev.
O‘zbekiston Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Svetlana Ortiqova BBC bilan suhbatda Senatning 10 apreldagi yalpi majlisida kodekslarga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tishini tasdiqladi.
Biroq Ortiqova xonim o‘z fikri bilan ushbu muhokamalarga ta‘sir o‘tkazib qo‘yishdan saqlanish maqsadida bu borada izoh bera olmasligini bildirdi.
Xalqaro tashkilotlar O‘zbekistonni korruptsiyaga botgan davlatlar sirasiga kiritadi.
Pora olish va berish mamlakatda odatiy holga aylanganligi aytiladi.Toshkentdan mustaqil jurnalist Abdurahmon Tashanov jazolarning og‘irlashtirilishi va uch tomonga ham birdek belgilanishi poraxo‘rlikning kamayishiga olib kelmasligini aytadi.
"Pora beruvchi bilan oluvchining darajasi va javobgarligi bir xil bo‘lishi mumkin emas. Chunki ko‘pchilik odam ilojsizlikdan pora beradi. Ya‘ni ishingiz bitmaydi. Ayniqsa O‘zbekistonga o‘xshagan korruptsiya darajasi baland bo‘lgan davlatlarda bu narsa rivojlangan. Jazo choralari tenglashtirilsa – bu adolatdan bo‘lmaydi", - deydi Abdurahmon Tashanov.
Tashanovga ko‘ra, uch tomonga ham birdek og‘ir jazo belgilanishi jinoyatning ochilmay qolib ketishiga zamin yaratishi mumkin. Bunday yondashuv poraxo‘rlikning yanada ildiz otishiga turtki berishi mumkin.
Pora oldi-berdisi bo‘yicha qonunchilikka kiritilayotgan yana bir o‘zgartirishlardan biri shundan iboratki, mansabdor shaxsga pora beruvchi shaxs bir oyning ichida bu haqda tegishli idoralarga xabar bersa, jazodan qutilib qoladi.
Bu o‘zgartirish jinoyatning ochilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
"Ilgari pora bergan va vositachilik qilgan istalgan vaqti kelib xabar bersa, mansabdor shaxsga jazo bor, o‘ziga esa yo‘q edi. Endi esa xabar berish muddati aniq belgilanmoqda - 30 kun. Ya‘ni pora bergandan keyin 30 kun ichida xabar bersa, javobgarlik yo‘q. 30 kundan keyin aytsa, pora olgan bilan birga o‘zi ham javobgar bo‘ladi", - deb yozadi Xushnud Xudayberdiyev.
Download 16.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling