Poroshoklar texnologiyasi qo'llaniladigan asbob uskunalar ishlash prinsipi
Download 0.85 Mb.
|
poroshoklar texnologiyasi qo\'llaniladigan asbob uskunalar ishlash prinsipi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pd-2 dozalash apparATI
Hovonchalar har xil o‘lcham va shaklda chiqarilib, chinni, agat, latundan yasaladi. Kundalik amaliyotda eng ko‘p ishlatiladigani chinni hovonchadir. Chinni hovonchalar 7 xilhajmda chiqariladi. Chinni hovonchalar yuza tomonidan sillik, ichi esa govak va notekis bo‘ladi.PESTIK–PISTILLA- (hovoncha dastasi) ham chinnidan tayyorlanadi. Chinni qattiqligi yetarli darajadagi jism bo‘lsa, mo‘rt hisoblanadi. Ezishga boshqa moddalarga nisbatan chidamli hisoblanadi. Shuning uchun u dorixona hovonchalari tayyorlashda asosiy xom ashyo hisoblanadi. Hovonchada modda dasta va qo‘l yordamida maydalanadi, bunda tirsak va elka kuchlari ishlatilmasligi lozim. Zaharli va shilliq pardalarga ta'sir ko‘rsatuvchi moddalarni maydalash uchun usti yopiladigan hovonchalar ishlatiladi. Bu birinchidan moddaning yo‘qolishini kamaytirsa, ikkinchidan ishlayotgan ishchini muhofaza qiladi.Pd-2 dozalash apparATIBu avtomatik dozator vertikal joylashgan 140 sm3 hajmdagi bunkerdan (1), uning ustida o‘rnatilgan motor (2) ga biriktirib bunkerga tushirilgan aralashtirgich (3) va shnek (4) dan tashkil topgan. Bunker ostiga ko‘l tarozisining bir elkasi va pallasi joylangan. Tarozining o‘ng elkasi bunker to‘kilish ogziga keltirilgan bo‘lib, u dozalashga mo‘ljallangan tubi ochiladigan palla (5), chap elkasida esa toshlarga mo‘ljallangan palla (6) joylashgan. Pallalar posangisini keltirishga mo‘ljallangan mikrovint (7) elka o‘rtasida joylashgan. Bunker, elektromotor va tarozilar bir ustunda (8) maxkamlangan bo‘lib, ularning tagiga fotoelement va kukun to‘kishni ta'minlaydigan mexanizm joylangan. Yoruglik tuynugi (9) va yoritish asbobi (10) ustunning old qismi va ularorasiga, tarozining o‘ng elkasiga bayroqha (11) o‘rnatilgan. Dozalaydigan pallasining ochiladigan tubiga muvozanatlantiruvchi richag o‘rnatilgan bo‘lib, u richagga qo‘yilgan yuk ta'sirida palla tubini kukun to‘lguncha ochilmay turishini va ochilgan tubning qayta yopilishini ta'minlaydi. Dozatorda tinchlantiradigan va tiraladigan mexanizmlar (12, 13, 14) elka va pallalarni ish paytida tinchlantirishga mo‘ljallangan. Dozatorda ishlashdan oldin, uni kerak bo‘lgan dozadagi kukun miqdoriga moslashtiriladi. Ya'ni 0,5 gacha og‘irlikdagi kukun uchun 1 yoki 2— shnek o‘rnatiladi. 0,5 gr dan ortiq shnek uchun 3 yoki 4— shnek o‘rnatiladi. Dozatorning o‘rtacha ishlash me'yori minutiga 10-12 kukundan bo‘ladi.Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling