Poroshoklar texnologiyasi qo'llaniladigan asbob uskunalar ishlash prinsipi


Download 0.85 Mb.
bet1/4
Sana17.11.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1782249
  1   2   3   4
Bog'liq
poroshoklar texnologiyasi qo\'llaniladigan asbob uskunalar ishlash prinsipi

poroshoklar texnologiyasi qo'llaniladigan asbob uskunalar ishlash prinsipi

304-b guruh talabasi: hatamov elyor

Poroshoklar ta'rifi, tasnifi

Poroshoklar qadimdan ma'lum dori shakllaridan bo‘lib, eramizdan oldingi 3000 yil avval ham tabobatda qo‘llanilgan. Elaki dorilarning o‘ta maydaligi ularning ta'sir darajasini yuqori bo‘lishini ta'minlaydi. Shu jixatdan elaki dorilar qattiq dori shakllari ichida yuqori ta'sir darajasiga ega dori hisoblanadi. Davlat farmakopeyasi ta'biri bilan aytganda, elaki dorilar — ichish va tana yuzasiga qo‘llash uchun ishlatiladigan qattiq dori shaklli bo‘lib, sochiluvchanlik xususiyatga ega bo‘ladi.

Poroshoklar oddiy — (pulveres simplices) bir dori moddasidan tashqil topgan yoki murakkab — ikki va undan ortiq ingredientdan iborat (pulveres compositi) bo‘lishi mumkin. Undan tashqari kukunlar ya'ni, elaki dorilar alohida dozalarga bo‘lib taqsimlangan (pulveres divisi) va taqsimlanmagan (pulveres indivisi) bo‘ladi. Ichish uchun mo‘ljallangan kukunlar asosan dozalangan usulda yoziladi yoki taqsimlangan bo‘ladi, sirtga ishlatiladigan kukunlar esa taqsimlanmagan usulda beriladi.

Poroshoklarning umumiy texnologiyasi

Poroshoklar tayyorlash - maydalash, elash, aralashtirish, dozalash va qadoqlash kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Keltirilgan jarayonlar kukun texnologiyasida to‘la bo‘lishi yoki ba'zi bir jarayonlarning bo‘lish-bo‘lmasligi dori tarkibi, uning qo‘llanilishi va tarkibga kirgan dori moddalarning xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Kukunlarning maydalilik darajasi, tayyorlanishi, qadoqlash usullari ham shu xususiyatlariga qarab tanlanadi. Purkash, sepish uchun ishlatiladigan kukunlar o‘ta maydalangan bo‘lishi kerak. Tish uchun ishlatiladigan (0,1 mm) kukunlarning ham maydalik darajasi shunga o‘xshash. Tish kukunlari tarkibida yirik zarrachalarning bo‘lishi tishning emal qavatini zararlashi mumkin. Hidlash uchun ishlatiladigan elaki dorilar zarrachalarining maydaligi o‘rta me'yorda bo‘lgani ma'qul (0,2 mm), chunki bunday kukunlar nafas yo‘llarining tashqi qavatiga mo‘ljallangan bo‘lib, ularning tomok yo‘llariga tushish zarurati yo‘q.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling