Agar murakkab poroshoklar tarkibiga bo’yovchi moddalar kirsa (akrixin, etakridin laktat, riboflavin, metilen kuki, brilliant yashili va boshqalar), ular bilan poroshok tayyorlaganda alohida hovoncha va tarozilar ishlatiladi.
Dori moddalarni bo’yovchi xususiyatga ega bo’lishi va kam miqdorda yozilganligi uchun, havoncha va dastani ifloslanishi oldini olish maqsadga muvofiqdir.
Tayyorlash vaqtida rangli modda rangsiz moddalar o’rtasiga solib aralashtiriladi.
Rp.: Riboflavini 0,01 Sacchari 0,2
Misce fiat pulvis
Da tales doses N6
Signa. Kuniga bitta poroshokdan 3 mahal ichilsin.
Pasporti: Riboflavin 0,06 g 0,01*6=0,06g qand poroshogi 1,2g 0,2*6 =1,2
mumumiy =0,06q1,2=1,26g
usul rangli moddalar bilan poroshoklar tayyorlash.
Tayyorlanishi: hovonchaga 1,2 g qand kukunini solib maydalanadi. Maydalangan qandning 1G`2 qismini xavonchada qoldirib, uning ustiga 0,6 g riboflavin solinadi, yaxshilab aralashtiriladi va olib qo’yilgan rangsiz modda qanddan oz ozdan solib, aralashtirish davom ettiriladi. Bir xil rangli aralashma hosil bo’lgandan so’ng, tayyor poroshokni 0,21 g dan 6 ta mumli kapsulaga qadoqlanib, qog’oz xaltachaga solinadi.
usul bo’yovchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash “qavatlash” usuli bo’lib hisoblanadi.
Tayyorlanishi: havonchaga rangsiz moddaning qolgan qismi solinib, asta sekin bir xil rangli massa xosil bo’lguncha aralashtiriladi.
Tayyor poroshokni 0,21 g dan 6 ta mumli kapsulaga qadoqlanib, qogoz xaltachaga solinadi.
Evtektik aralashmalar hosil qiluvchi poroshoklar
Ushbu poroshoklar, saqlanish jarayonida sochiluvchan xusiyatini kamayishi yuqori haroratda saqlanish vaqtida past haroratda erib ketish hususiyatini namoyon qiladigan evtetik aralashmalar hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |