Porshenli ichki yonuv dvigatellarining parametrlari


Download 0.97 Mb.
bet1/6
Sana14.12.2022
Hajmi0.97 Mb.
#1004611
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
PORSHENLI ICHKI YONUV DVIGATELLARINING PARAMETRLARI


PORSHENLI ICHKI YONUV DVIGATELLARINING PARAMETRLARI

Bilamizki, IYoD da sodir bo’layotgan jarayonlar o’ta murakkab bo’lib ularni o’rganish alohida ilm va tafakkur talab qiladi. Bu jarayonlarning murakkabligi shundaki, ular juda qisqa vaqtda va ayni paytda bir necha mustaqil holatlarda (silindrlarda) sodir bo’lib, bu jarayonlar ko’zga ko’rinmasdan amalga oshadi. Shuning uchun bu jarayonlarning borishini o’rganish, ularni boshqarish, tartibga solish va ularning effektidan foydalanishni tashkil etish, birinchi navbatda nazariy yo’l bilan tahlil qilinadi. Buning uchun, eng avvalo termodinamika fanini bilish asos bo’lib xizmat qiladi. Demak, IYoD nazariyasi termodinamik boglanishlarni chuqur o’rganishga asoslanib, ushbu bog’lanishlarni ekspluatatsiya sharoitlaridagi real omillarni hisobga olgan nolda yaqinlashtirishdan iborat.




  1. Nazariy va xaqiqiy sikllar orasidagi farqlar.

Termodinamika fanida sikllar yopiq va yoyiq holatlarda sodir bo’ladi deb tasavvur qilinadi. Yopiq nazariy sikllarning real dvigatel silindrlarida sodir bo’layotgan jarayonlardan farqi shuki, ular tasavvur qilinayotgan issiqlik mashinasida bo’lib o’tadi. Ushbu farq quyidagi xususiyatlar bilan ifodalanadi:

  1. Issiqlikni mexanik energiyaga aylantirishi yopiq hajm ichida yagona va o’zgarmas miqdordagi ishchi jism (masalan, havo) orqali amalga oshiriladi, bunda kiritish va chiqarish jarayonlari bo’lmaydi , ya’ni ishchi jism yopiq siklda harakat qiladi. Ishchi jismning tarkibi va issiqlik sig’imi doimiy deb hisoblanadi va temperaturaga bo’g’liq bo’lmaydi.

  2. Issiqlik berish boshqa manbaadan o’zgarmas hajm va o’z garmas bosim orqali amalga oshiriladi.

  3. Siqish va kengayish jarayonlari adiabatik holatda, ya’ni atmosferaga issiqlik uzatilmasdan bir xil va doimiy bo’lgan adiabatik ko’rsatkichlar orqali bo’lib o’tadi.

  4. Nazariy sikllarda issiqlik yo’qotilishi hisobga olinmaydi (qarshilikni yengish, parlanish, gidravlik qarshiliklarni yengish va boshqalar), faqat sovigan manbaaga uzatilayotgan issiqlikdan tashqari. Ushbu issiqlik yo’qotilishi nazariy sikllarning yagona va zaruriy yo’qotilishi deb qabul qilingan.

Har bir nazariy sikl ikki xil asosiy ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi: issiqlikdan foydalanish – issiqlikning termik foydali ish koeffisienti (ɳt); ishchanligi – Pц- siklning nisbiy ishi bilan ifodalanadi.
Issiqlikning termik f.i.k. deb foydali mexanik ishga aylangan issiqlik miqdorining ishchi jismga berilgan umumiy issiqlik miqdoriga bo’lgan nisbatiga aytiladi, ya’ni:

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling