Porshenli va plunjerli nasoslar reja


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana25.01.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1120749
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
14 маъруза



14-MAVZU: PORSHENLI VA PLUNJERLI NASOSLAR 
REJA: 
 
14.1. Porshenli va plunjerli nasoslarning tuzilishi hamda ishlatilish sohalari 
14.2. Indikator diagramma 
14.3. Porshenli nasoslarni foydali ish koeffitsientlari 
14.4. So’rish grafigi va uni tekislash usullari 
14.5. Porshenli kompressorlar 
14.1. Porshenli va plunjerli nasoslarning tuzilishi hamda ishlatilish sohalari 
Porshenli nasos qurilmasining eng sodda sxemasi 14.1 – rasmda keltirilgan. Bu nasoslarda 
suyuqlikning so’rilishi va haydalishi porshenь yoki plunjerning (14.1-rasm) tsilindrdagi ilgarilanma–
qaytma harakatiga asoslangan. Bunda porshenь 3 yoki plunjer 3 tarkibida shtok 2 bo’lgan krivoship 
shatunli mexanizm 1 yordamida harakat qiladi. Porshenь (plunjer) tsilindr ichida qaytma (orqaga) 
harakat qilganida uning oldidagi ish bo’lmasining hajmi ortib, siyraklanish hosil bo’ladi. Bu 
siyraklanish ma’lum bir chegaraga yetganida ish bo’lmasidagi bosim bilan tirgak klapan 7 ostidagi 
xropovikda bo’lgan bosim orasidagi farq so’rish klapani 4 ni ochadi va suyuqlik so’rish Quvursi 6 
orqali ish bo’lmasiga kiradi. So’rish jarayoni porshenь (plunjer) o’zining eng chekka so’rish 
chegarasiga yetguncha davom etadi. Bunda so’rish Quvursidagi siyraklanish so’rish klapani oldiga 
joylashtirilgan vakuumetr yordamida o’lchanadi. Ta’minlovchi idishdagi suyuqlik sathidan nasos 
tsilindrining eng yuqori sathigacha bo’lgan balandlik so‘rish balandligi (N
s
) deyiladi. So’rish 
balandligi chegaraviy so’rish balandligi (N
s
kr
)dan katta bo’lmasligi kerak. Porshenь (plunjer) 
ilgarilanma (oldinga) harakat qilganida esa ish bo’lmasidagi bosim ortib, so’rish klapani yopiladi. 
Bo’lmadagi bosim ortishida davom etib haydashga yetarli bosim R
x
ga yetganda haydash klapani 
ochilib, suyuqlik haydash Quvursi 9 ga uta boshlaydi. Suyuqlikni haydash porshenь eng chekka 
chegarasiga yetguncha davom etadi. 
Nasosni ishga tushirganimizda u avval so’rish Quvursidagi havoni tortadi va suyuqlik so’rish 
Quvursiga ko’tariladi Nasos bir oz vaqt ishlagandan so’ng so’rish Quvursi va tsilindrdagi havo xaydab 
chiqarilib, suyuqlik tsilindrni to’ldiradi. SHundan so’ng nasos moslangan tartibda ishlay boshlaydi. 
Natijada ta’minlovchi idishdagi suyuqlik qabul qiluvchi idishga o’ta boshlaydi
TSilindrdagi yuqori sath bilan suyuqlik ko’tarilgan eng yuqori sathning farqi haydash balandligi
(N
x
) deyiladi. 

So’rish balandligi bilan haydash balandligining yig’indisi N


st
=N
s +
 N
x
 nasosning tortish 
balandligi yoki to’liq statik bosimdan iboratdir. 
Porshenli nasoslar yuqori bosim kerak bo’lgandagina ishlatiladi. Amalda, ko’p hollarda, porshenli 
nasoslar markazdan qochma nasoslarni siqib chiqaradi. Hajmiy gidrouzatmalar tarkibida ishlayotgan 
nasoslar asosan porshenli nasoslar turiga kiradi. Bu aytilganlardan tashqari porshenli nasoslarning yana 
bir ustunligi foydali ish koeffitsientining yuqoriligidir. 
Porshenli nasoslarning markazdan qochma nasoslardan yana bir farqi shundaki, uning so’rishini 
haydash Quvursida o’rnatilgan berkitkich yordamida o’zgartirib bo’lmaydi. Lekin haydash 
Quvursining kesimi kichrayib borishi bilan tezlik ortib boradi va berkitkich oldida bosim ortib boradi. 
Agar berkitkich butunlay berkitib qo’yilsa, bosim juda kattalashib ketishi natijasida yo nasos buziladi, 
yoki Quvur yoriladi,yo bo’lmasa zo’riqishning ortib ketishi, natijasida dvigatelь to’xtab qoladi. 
SHuning uchun porshenli nasoslardan yuqori bosimda o’zgarmas so’rish zarur bo’lgan hollarda 
foydalaniladi. 


14.1-rasm. 
Porshenli nasoslarning markazdan qochma nasoslar bilan taqqoslagandagi asosiy kamchiligi 
ularning kattaligi, qimmatga tushishi, ishlatishning murakkabligidir. Bu nasoslarga markazdan qochma 
nasoslarga qaraganda ko’proq qarab turish va diqqat talab qilinadi. CHunki porshenli nasoslarning 
klapanlari tez-tez ifloslanib turadi. Ifloslanish nasosning boshqa qismlarida ham bo’ladi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling