Portlandsement


Ishlash tartibi. Sementning markasini aniqlashda namuna-taѐqchalarning egilishdagi va siqilishdagi mustahkamlilik chegaralari asos qilib olinadi


Download 0.86 Mb.
bet5/9
Sana20.12.2022
Hajmi0.86 Mb.
#1036089
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Лаборатория -4

Ishlash tartibi. Sementning markasini aniqlashda namuna-taѐqchalarning egilishdagi va siqilishdagi mustahkamlilik chegaralari asos qilib olinadi. Namunalar massasi bo‘yicha 1:3 nisbatda (1 xissa sement va 3 xissa normal qumdan), tayѐrlangan plastik qorishmadan 40x40x160 mm o‘lchamda yasaladi. Buning uchun 1500 g qum va 500 g sement olinadi. Bu materiallar kosaga solinib, quruq holida kurakcha bilan 1 minut davomida obdon qorishtiriladi, keyin o‘rtasi uyiladi, hosil bo‘lgan chuqurchaga 200 g suv (S:S=0,4) quyiladi, suv shimilgandan keyin aralashma yana kurakcha ѐrdamida bir minutcha qorishtiriladi. Tayѐr qorishma aralashtirgichga solinib, 2,5 minut mobaynida qorishtiriladi keyin qolipga solib

vibratsiyada zichlashtiriladi. Qolipga solingan namuna 28 sutkadan keyin egilishga va siqilishga bo‘lgan mustahkamligi sinaladi.


Namunalar o‘lchami -……….

BETON VA QORISHMALAR UCHUN TO‘LDIRUVCHILAR.


1.1.Qumning tabiiy namligini aniqlash

Tabiiy namlik deb, materialning sirtqi va g‘ovakliklaridagi suv zarralari og‘irligining shu materialning quruq holatidagi og‘irligiga bо‘lgan nisbatiga aytiladi.


Namuna quritilayotgan vaqtda suvning bug‘lanishi natijasida uning og‘irligi kamayadi. Namuna og‘irligining turg‘un vazni bug‘lanish jarayonining tugaganligini kо‘rsatadi.
Ketma-ket ikki marta aniqlangan vazn bir xil bо‘lsa, qumning og‘irligi turg‘un vaznda deb hisoblanadi.
Kerakli asbob va uskunalar:
Texnik tarozi toshlari bilan, quritish qutisi, temir silindr, qum va belkurakcha.
Ishning bajarilish tartibi:
1000g tabiiy og‘irlikdagi qum temir silindr idishga solinib quritish qutisida quritiladi. Quritish qutisining ichki harorati 100-1100S.

Qumning tabiiy namligi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:


(1)
bunda: -tabiiy nam qumning og‘irligi, g;
-quritilgan qumning og‘irligi, g.

1.2.Qum zarrachalarining haqiqiy zichligini aniqlash

Haqiqiy zichlik deb, materialning hajm birligidagi havosiz, g‘ovaksiz sof og‘irligiga aytiladi.

Berilgan materialning zarrachalaridagi havoiy bо‘shliqlar deb, shu material zarrachalari orasidagi havo qatlamlariga aytiladi. Qattiq tog‘ jinslaridan tashkil topgan qumlarda g‘ovaklar bо‘lmaydi.


Qumning zichligini Le-Shatelye asbobi yordamida aniqlanadi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling