Portlovchi moddalarni avtotransportlarda tashish qoidalari ombor


Download 0.66 Mb.
bet3/13
Sana14.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1003384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
PORTLOVCHI MODDALARNI AVTOTRANSPORTLARDA TASHISH QOIDALARI

Omborlarda PMlarni joylashtirish tartibi
PMlar omborda quyidagi tartibda joylashtiriladi: YAshiklardagi PM lar, I va IV guruh PMlari porox bilan birgalikda faqat stellajlarda, bunda stellajlar yoki shtabellar orasida 1,3 m kenglikda o‘tish yo‘lagi qoldiriladi. Portlovchi modda
yashiklari I, III va IV guruh PM lari bilan birgalikda saqlanganda yashiklarni bir-birining ustiga qo‘yish ta’qiqlanadi. YAshiklar va II guruh MPlari qoplarini stellajda bir-birining ustiga joylashtirishga ruxsat etiladi.
Bunda stellajdagi polkalar balandligi shunday tanlanishi kerakki yashik (qop) va yuqoridagi polka orasida 4 sm balandlikdagi bo‘sh joy qolishi kerak.
Polka kengligi bo‘yicha yashiklarni faqat bir qatorga taxlash kerak. Stellaj va shtabellar devordan 20 sm uzoqlikda joylashishi kerak. Bitta shtabelda faqat bir xil vazndagi yashiklar yoki qoplarni saqlashga ruxsat etiladi.
I, III va IV guruh PM lari uchun yuqori polka balandligi polga nisbatan 1,7 m dan, boshqa PMlar uchun 2 m dan oshmasligi lozim. Tarkibida suyuq nitroefirlar 15% dan ko‘p bo‘lgan Pmlar saqlanadigan ombor binosi mahalliy havo harorati -20oS dan pasayganda suv yordamida yoki elektr toki yordamida isitish moslamasi bilan jihozlangan bo‘lishi shart.
Omborlarning jihozlanish tartibi
Elektr isitish pechlari PM saqlanadigan xonadan yonmaydigan devor bilan ajratilgan alohida xonada joylashtirilib bunda isitish xonasi va PM saqlanadigan xona devorida havo aylanishi uchun tuynukcha qoldiriladi va ushbu tuynukcha metall to‘r bilan qoplangan bo‘ladi. Suv yordamida isitishda PM yashiklari va qoplari isitish radiatoridan 1 m uzoqlikda joylashtirilishi shart.
Barcha turdagi doimiy omborlar ikki xil yoritish tizimiga ega bo‘lishi kerak: ishchi va avariya vaqtidagi yoritish tizimlari. Ishchi yoritish tizizmi 220 V gacha kuchlanishda ishlaydigan lampalardan tuzilgan bo‘ladi, bunda dugali lampalardan foydalanish ta’qiqlanadi.
Avariya holatida ombor binolarini yoritish uchun rudniklarda ishlatiladigan akkumulyatorli yoritgichlar yoki quruq batareyali fonarlardan foydalanishga ruxsat etiladi (bunda agar fonar korpusi metall bo‘lsa rezina g‘ilof kiydiriladi). Omborning barcha binolarida elektr tarmog‘i orqali yonadigan ko‘chma lampalardan foydalanish ta’qiqlanadi. Er yuzasida joylashgan PM omborlarida (qisqa muddatli omborlardan tashqari) qorovulxona va qorovul posti orasida ikki tomonlama telefon aloqasi, yorug‘lik orqali yoki ovozli signalizatsiya bo‘lishi lozim. Qorovulxona telefoni yong‘in muhofazasi, korxona ma’muriyati va militsiya bilan aloqada bo‘lib turishi uchun yaqinda joylashgan kommutatorga
ulangan bo‘lishi lozim.
Barcha PM omborlari yong‘inga qarshi suv uzatish qurilmalari va isitgichli suv havzasi hamda etarli miqdorda yong‘inga qarshi vositalar (nasoslar, o‘t o‘chirgichlar, suvli bochkalar, qum to‘ldirilgan yashiklar, narvon, chelak va h.k.) bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. SHuningdek, ombor har bir binosi chaqmoqdan hi moyalangan bo‘lishi lozim.
Doimiy ishlab turuvchi omborlar uchun PM larni saqlash huquqini beruvchi hujjat 3 yil muddatga beriladi va omborda saqlanadi. PMlarni qabul qilib olish va tashish uchun guvohnoma 6 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi.


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling