Postgresql so’rovlar va buyruqlar. Database va table yaratish. Tabledan ma’lumotlar


Download 268.41 Kb.
bet3/9
Sana25.10.2023
Hajmi268.41 Kb.
#1721179
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
SQL tili yordamida malumotlarni tavsiflash11111

Eslatma: Ma’lumotlar bazasini o’chirishdan oldin ehtiyot bo’ling. Ma’lumotlar bazasini o’chirish undagi juda katta ma’lumotlarni butunlay yo’qolishiga sabab bo’ladi.
Ma’lumotlar bazasini o’chirish uchun ham sizda ruxsat bo’lishi zarur. Ma’lumotlar bazasini o’chirganingizdan keyin yuqoridagi so’rov yordamida ma’lumotlar bazasini ro’yxatini tekshiring.
Ma’lumotlar bazasini to’liq nusxasini yaratish uchun quyidagicha so’rov yoziladi.
BACKUP DATABASE malumotlar_bazasi_nomi TO DISK = 'fayl_yo`li';
Misol tariqasida quyidagi so’rovga e’tibor bering:
BACKUP DATABASE m_bazasi_test TO DISK = 'D:\backups\m_bazasi_test.bak';
WITH DIFFERENTIAL ka’lit so’zi yordamida eng so’ngi nusxalagandan keyingi o’zgarishlarni nusxalash mumkin.
BACKUP DATABASE malumotlar_bazasi_nomi TO DISK = 'fayl_yo`li' WITH DIFFERENTIAL;
Eslatma: Ma’lumotlar bazangizni har doim o’zi turgan diskdan boshqa diskka to’liq nusxalab turing. Chunki agar sizning diskingiz ma’lumotlari o’chib qolsa, ma’lumotlar bazasingiz narigi diskda saqlanib turadi va siz o’z ma’lumotlaringizni yo’qotmaysiz.
Endi bevosita jadvallar ustida amallar bajarishni boshlaymiz.
Jadval yaratish uchun quyidagicha sintaksisda so’rov yoziladi:
CREATE TABLE jadval_nomi (
ustun1 ma’lumot_turi,
ustun2 ma’lumot_turi,
ustun3 ma’lumot_turi,
....
);
Quyidagi so’rovda Foydalanuvchilar nomli jadval yaratamiz va Id, Ismi, Yoshi, Websayti kabi ustunlar qo’shamiz.
CREATE TABLE Foydalanuvchilar (
Id int,
Ismi varchar(255),
Yoshi int,
Websayti varchar(255)
);
Natijada bizda 4 ta ustundan iborat va bo’sh bo’lgan Foydalanuvchilar nomli jadval yaratiladi. Jadvalga INSERT INTO ifodasi yordamida ma’lumotlar qo’shishimiz mumkin.
Mavjud jadvalning nusxasini ham CREATE TABLE kalit so’zlari yordamida yaratishimiz mumkin. Yangi jadval eski jadval bilan bir xil ustun turlariga ega bo’ladi. Barcha ustunlar yoki ba’zi ustunlarni tanlashimiz ham mumkin.
Agar mavjud jadvaldan yangi jadval yaratsangiz, mavjud jadvaldagi qiymatlar ham yangi jadvalda paydo bo’ladi. Sintaksisi quyidagicha:
CREATE TABLE yangi_jadval_nomi AS
SELECT ustun1, ustun2,...
FROM mavjud_jadval_nomi
WHERE ....;
Ma’lumotlar bazasidagi jadvalni o’chirish uchun quyidagi so’rov ishlatiladi:
DROP TABLE jadval_nomi;
Jadvalni o’chirishda ehtiyot bo’ling. Chunki bu bilan jadvaldagi barcha ma’lumotlar butunlay o’chib ketadi.
Ma’lumotlar bazasidagi biror jadvalni ma’lumotlardan butunlay tozalash uchun, ammo jadvalni o’zini saqlab qolish uchun quyidagicha so’rov yoziladi:
TRUNCATE TABLE jadval_nomi;
Endi jadval strukturasini o’zgartirishga misollar ko’rib chiqamiz.
ALTER TABLE kalit so’zi jadvalga ustun qo’shish, ustunni o’chirish yoki o’zgartirish uchun ishlatiladi. Shuningdek, ALTER TABLE jadvalda mavjud cheklovlarni o’chirish yoki yangi cheklov qo’shish uchun ishlatiladi. Cheklovlar haqida keying darsimizda o’rganamiz.
Ustun qo’shish uchun:
ALTER TABLE jadval_nomi ADD ustun_nomi malumot_turi;
Ustunni o’chirish uchun:
ALTER TABLE jadval_nomi DROP COLUMN ustun_nomi;
Ustun nomini o’zgartirish uchun:
ALTER TABLE jadval_nomi RENAME COLUMN eski_nom to yangi_nom;
Ustun ma’lumot turini o’zgartirish uchun:
SQL Serverda:
ALTER TABLE jadval_nomi ALTER COLUMN ustun_nomi malumot_turi;
MySQL da
ALTER TABLE jadval_nomi MODIFY COLUMN ustun_nomi malumot_turi;


  1. Download 268.41 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling