Postindustrial jamiyat haqidagi mulohazalari bayon etilgan Future Shock nomli kitobi bilan u butun dunyoga tanilgandi


Download 15.31 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi15.31 Kb.
#185479
Bog'liq
Amerikalik taniqli faylasuf toffler


Amerikalik taniqli faylasuf, sotsiolog va futurolog olim Elvin Toffler 88 yoshida o‘zining Los-Anjyelesdagi (Kaliforniya shtati) uyida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida Toffler Associates konsalting kompaniyasi xabar qildi. 

Postindustrial jamiyat haqidagi mulohazalari bayon etilgan Future Shock nomli kitobi bilan u butun dunyoga tanilgandi.

"Zamonamizning eng hurmatli futurologlaridan biri, hukumat rahbarlari hamda yetakchi ishbilarmonlarga ta'sir ko‘rsatgan g‘oyalar muallifi Elvin Toffler 27 iyun kuni vafot etdi. Uning biznes hamkori hamda turmush o‘rtog‘i Xeydi Toffler 60 yildan ortiq vaqt davomida doim birga bo‘ldi", - deyiladi kompaniya xabarida.

Toffler "global trendlarning o‘tkir kuzatuvchisi va bashoratchisi" sifatida e'tirof etiladi. U Nyu-York shtatidagi Universitetni tugatib, oila qurgan va 5 yil davomida jurnalist sifatida faoliyat yuritgan. 

Toffler davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va oila tuzilmasining barcha oqibatlarini oldindan aniq aytib bergan. Futurolog internet, personal kompyuterlar, kabel televideniyesi va hattoki klonlashtirishni to‘g‘ri prognoz qilgan. 

U o‘z g‘oyalarini kitoblarda aks ettirgan. Ulardan eng mashhurlari "Uchinchi to‘lqin" (Third Wave, 1980) va "Hukumat metamorfozalari" (Powershift, 1990).



Toffler o‘zining bir qator futurologik prognozlari bilan keyinchalik haq bo‘lib chiqqandi. U elektron pochtalar, telekonferensiyalar, onlayn chatlar va boshqa yangiliklarni oldindan bashorat qilgan.

Uning g‘oyalari tadbirkorlar va olimlarning keng doirasiga ta'sir ko‘rsatgan. Xususan, Stiv Jobs, Bill Geyts va AOL konglomerati asoschisi Stiv Keysga.
Download 15.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling