Potensial yangi dori vositalarini aniqlash
Download 98.22 Kb.
|
Potensial yangi dori vositalarini
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiboringiz uchun Raxmat
Potensial yangi dori vositalarini aniqlash Ro'ziyeva Mahfuza Dori moddalarining organizmda biotransfarmatsiyalanishi natijasida hosil bo‘ladigan metabolitlami aniqlash, ulaming biologik faollikka ta’sirini o'rganish orqali yangi dori vositalarini loyihalashtirish, muomalasi cheklangan prekursorlar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalami tez va oson aniqlash usullarini ishlab chiqish kabi vazifalar ham farmatsevtik kimyo zimmasiga yuklatilgan. Farmatsevtik kimyo o'zining amaliy faoliyatidc noorganik, organik, analitik, fizik-kolloid kimyo, fizika va matemavika fanlarining nazariya va qonunlari, ulaming usullaridan foydalangan holda dori vositalarini olish, sifatini nazorat qilish, yaroqlilik muddati va barqarorligini o'rganish borasida faol ish olib boradi. Bu fanlar farmatsevtik kimyo fanining shakllanishida va rivojlanishida katta zamin vazifasini o'taydi. Farmatsevtik kimyo farmakognoziya, dori turlari texnologiyasi va boshqa ixtisoslik fanlari orasida markaziy o'rinni egallashi bilan birga, ular bilan uzviy bog'langan. Masalan, farmakognoziya fani turli dorivor o'simliklar va ulardan olinadigan mahsulotlarni fitokimyoviy o'rganib, farmatsevtik kimyo faniga kelgusida yangi dori moddalarini yaratishga va ularning tahlil usullarini ishlab chiqishga imkon beradi dori moddalari (substansiyalar) - kelib chiqishi tabiiy va sun’iy bo‘lgan, qoMlashga ruxsat etilgan biologik faol moddalar; dori vositalari - kelib chiqishi tabiiy va sun’iy boMgan bir yoki bir nechta dori moddalari (substansiyalar) hamda yordamchi moddalar asosida hosil qilingan, kasallikning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash uchun qoMlashga ruxsat etilgan vositalar. Ular jumlasiga immunobiologik, radiofarmatsevtik va parafarmatsevtik preparatlar, gomeopatik, tashxis qo‘yish va sterilizatsiya vositalari, shuningdek, dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun moMjallangan dori moddalari (substansiyalar) kiradi; Dori vositalari atamalarining o‘zgarib turish dinamikasi sog'liqni saqlashda mavjud ijobiy jarayonlarni, jumladan, bit qator kasalliklaming davolash masalalarini hal etilishi, amaliyotga yangi davolash usullarining tatbiq qilinishi va boshqalami aks ettiradi, shuningdek, tibbiyot sanoatining ilmiy-texnik darajasini ifodalab beradi. Tibbiyot amaliyotida qo'llaniladigan ko'p sonli dori vositalari turli guruh kimyoviy birikmalardan tashkil topgan bo'lib, ular farmakologik ta’sir jihatidan o'zaro farqlanuvchi va noorganik modda (kislorod, yod, suv, vodorod peroksid, natriy xlorid, temir va boshqa) lardan tortib, to juda murakkab kimyoviy tuzilishga ega bo'lgan geterosiklik birikma (alkaloid, vitamin, antibiotik va boshqa)lami o'z ichiga oladi Dori moddalarini kimyoviy belgilari bo'yicha guruhlarga ajratishda ular asosan molekula tuzilishiga muvofiq bo'lgan guruhlarga qo'yib chiqiladi, ya’ni moddaning farmakologik ta’siri turli bo'lishiga qaramasdan, kimyoviy tuzilishi o'zaro yaqin bo'lgan birikmalaming har qaysisi ayrim bir guruhga kiritiladi. Demak, dori moddalami bunday tasniflashda ularning organizmga bo'lgan ta’siri deyarli inobatga olinmaydi. Biroq faqat jiddiy kimyoviy asosda guruhlarga bo'lish dori moddalami har tomonlama o'rganishda, ba’zi muhim masalalami, jumladan, ulaming kimyoviy tuzilishi bilan farmakologik ta’sir lari o'rtasidagi munosabat va shu asosda yangi preparatlar yaratish hamda ulaming tahliliga doir usullarni tanlash, ishlab chiqish va mukammallashtirish kabi muhim masalalami hal qilishda qulaylik tug'dirmaydi. Dori moddalarini olishda hozirgacha tabiiy manbalar, jumladan, o'simlik va hayvon mahsulotlari, neft, toshko'mir, yoqilgM slans, turli minerallar, qazilma ma’danlar va boshqa qazilmalar asosiy xomashyo hisoblanadi. Masalan, noorganik dori moddalarini olishda xomashyo sifatida tabiiy minerallar, rudalar, dengiz, kul va quduq suvlari, turli tabiiy gazlar (kislorod, azot va boshqalar), qazilmalar hamda kimyo sanoati chiqindilaridan foydalaniladi. Yangi dori moddalarining yaratilishi va tibbiyotga tatbiq etilishi turli soha, jumladan, farmatsevtik kimyo (va boshqa kimyo), farmakologiya, biologiya hamda tibbiy fanlar olimlarining hamkorlikda olib borgan ilmiy izlanishlarining samarali natijasidir. Dori preparati yaratishning ancha murakkabligi, faqat uning olinish jarayoniga bog'liq bo'lib qolmay, balki farmakologik samaraligiga ko'p turli omillaming ta’sir ko'rsatishidadir. Hozirgacha tabiiy manbalardan va sintez yo'li bilan olingan kimyoviy birikmalar ko'p bo'lishiga qaramay, tibbiyot amaliyotida ulaming faqat juda kam qismi ishlatilmoqda. E'tiboringiz uchun Raxmat Download 98.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling