22. Har qanday novda nimadan hosil bo’ladi?
A) bargdan B) kurtakdan
C) ildizdan D) yog’ochlik
23. Nima uchun kuzda kesib olingan novda suvga solib qo’yilsa, kurtaklar uzoq vaqt bo’rtmaydi?
A) zapas oziq moddalar yetarli bo’lmaganligi uchun
B) suv juda sovuq bo’lganligi uchun
C) qishki tinim davrini o’tmaganligi uchun
D issiqlik yetarli bo’lmaganligi uchun
24. Kurtak bu boshlang’ich … demakdir.
A) poya B) barg C) gul D) A,B,C
25. Oddiy (I) va murakkab (II) bargli o’simliklarni ajrating.
1) tut; 2) rovoch; 3) nok; 4) g’o’za; 5) yovvoyi sabzi; 6) qum piyoz; 7) qizilmiya; 8) loviya.
A) I-1,3,5,7; II-2,4,6,8 B) I-5,6,7,8; II-1,2,3,4
C) I-1,2,3,4; II-5,6,7,8 D) I-1,3,6,7; II-2,4,5,8
26. Poyasining aylanasi 4-6 m bo’lgan o’simlik bargining turi.
A) juft patsimon B) 2 karra patsimon
C) 3 karra parsimon D) toq patsimon
27. Barg bandiga ega bo’lgan (I) va o’troq bargli (II) o’simliklarni aniqlang?
1) o’rik; 2) anjir; 3) gulsafsar; 4) lola; 5) qovun; 6) makkajo’xori.
A) I-1,2,5; II-3,4,6 B) I-2,5,6; II-1,3,4
C) I-1,2; II-3,4,5,6 D) I-1,5,6; II-2,3,4
28. Qaysi o’simliklardan novdaning har qaysi bo’g’imidan bir nechtadan barg chiqadi?
A) mavrak, qirqbo’g’im B) sambitgul, qumrio’t
C) oqquray, kiyiko’t D) chinnigul, dalachoy
29. Barglari qarama-qarshi joylashgan buta (1) va ko’p yillik o’t (2) larni belgilang?
a) kiyiko’t; b) ligustrum; c) nastarin; d) chinnigul; e) yalpiz; f) rayhon; g) pomidor.
A) 1-b,c; 2-a,d,e B) 1-c,b; 2-g,e,f
C) 1-b,f; 2-a,c,d,e D) 1-f,g; 2-a,b,c,e
30. Bargni tashkil etuvchi hujayralarni ularning vazifasi va qaysi to’qimaga mansubligi bilan juftlang?
a) epiderma; b) ustunsimon; c) tolalar; d) o’lik naylar; e) tirik naylar.
1) fotosintez; 2) tayanch; 3) himoya; 4) suvni o’tkazish; 5) organik moddalarni o’tkazish.
I) mexanik to’qima; II) qoplovchi to’qima; III) o’tkazuvchi to’qima; IV) assimilatsion to’qima.
A) a-3-II; b-1-IV; c-2-I; d-4-III; e-5-III
B) a-3-II; b-2-I; c-4-III; d-5-III; e-1-IV
C) a-3-II; b-2-I; c-4-I; d-5-III; e-1-IV
D a-3-I; b-1-IV; c-2-II; d-5-III; e-4-III
Do'stlaringiz bilan baham: |