«poytaxt bank» Aksiyadorlik Jamiyatining


Download 15.1 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi15.1 Kb.
#1787395
Bog'liq
poytaxt bank



«POYTAXT BANK» Aksiyadorlik Jamiyatining tashkil etilishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda Toshkent shahrida arzon ko‘p qavatli uy-joylar qurilishini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2017-yil 13-martdagi PQ-2824-son
li qarori asos bo‘lgan.
«POYTAXT BANK» o‘z ish faoliyatini bugungi kungacha bank asoschisi bo‘lib kelayotgan Toshkent shahar hokimining 2018-yil 13-oktyabrdagi 1481-sonli buyrug‘i bilan boshlagan.


"Poytaxt bank" AJ bank kengashi


Xusanov Nodirbek Djummaevich
Bank Kengashi Raisi
Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining birinchi oʼrinbosari
Jon Nosirov
Bank Kengashi a'zosi
Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining maslahatchisi -“Poytaxt bank” АJ Kuzatuv kengashi aʼzosi

Niyazimbetov Sulaymon Yusupbayevich
Bank Kengashi a'zosi
“Uzbekistan Airports” АJ Mulkiy munosabatlar boʼlimi bosh menejeri - “Poytaxt bank” АJ Kuzatuv kengashi aʼzosi


Ortiqov Xudaybergan Azimboyevich
Bank Kengashi a'zosi
Oʼzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqini himoya qilish qoʼmitasi huzuridagi “Raqobat siyosati va isteʼmolchilar huquqlari tadqiqotlari markazi”, direktor oʼrinbosari - “Poytaxt bank” АJ Kuzatuv kengashi aʼzosi
Sayfutdinov Sherxon Safarbaevich
Bank Kengashi a'zosi
Oʼzbekiston Respublikasi Iktisodiyot va moliya vazirligi , boʼlim boshligʼi

Bank faoliyatining asosiy vazifalari:



  • Toshkent shahrida ko‘p qavatli turar-joy binolarini qurilishi uchun infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha investisiya loyihalarini moliyalashtirish uchun jismoniy va yuridik shaxslarning mablag‘larini jalb qilish;

  • Arzon ko‘p kvartirali uylarni qurilishiga jalb qilingan pudrat tashkilotlarini kredit resurslari bilan ta'minlash;

  • Arzon ko‘p kvartirali uylarni loyihalashtirish va qurish borasida buyurtmachi vazifasini bajarish;

  • Aholi va yuridik shaxslarning uy-joyga bo‘lgan yehtiyojlarini qondirish borasida ularga ipoteka kreditlari va bank xizmatlarini taqdim etish;

  • Toshkent shahrida ko‘p kvartirali uylarni qurish va ta'mirlash bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan pudratchilarga kredit berish va lizing xizmatlarini ko‘rsatish;

  • Xorijiy investisiya mablag‘lari, shu jumladan, zaymlar va arzon ko‘p kvartirali uylarning qurilishini moliyalashtirish uchun xalqaro moliyaviy institutlarning texnik ko‘magini jalb etish;

  • Investisiya faoliyatini, jumladan, muhandislik infratuzilmasini sifat jihatdan yaxshilashni ta'minlovchi ishlanmalar va loyihalarni moliyalashtirishni amalga oshirish;

  • Uy-joy, kommunal xizmatlari, energiya ta'minoti va boshqa mahalliy to‘lovlarni amalga oshirish uchun innovasion to‘lov tizimlarini joriy etish, shuningdek, tegishli tashkilotlar bilan birgalikda aholiga mobil bank xizmatlarini taqdim etish;

  • Zamonaviy, tejamli, energiyani kam sarflovchi va yuqori talablarga javob beradigan qurilish materiallari va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlarni kreditlash;

  • Toshkent shahrining eksport salohiyatini, shu jumladan, xalqaro reklama va savdo ommaviy axborot vositalarini faol yoritish orqali xorijiy banklar, xalqaro tashkilotlar, diplomatik va savdo vakillari bilan faol hamkorlikni yulga qo‘yish;

  • Qurilish mahsulotlarini, birinchi navbatda, innovasion qurilish uskunalarini xalqaro bozorlarga olib chiqish strategiyasini ishlab chiqishda bank mijozlariga ko‘maklashish;

  • Universal tijorat banki sifatida yuridik va jismoniy shaxslarga boshqa bank xizmatlarini ko‘rsatish.






Download 15.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling