Bank oʻz faoliyatini boshlaganidan beri (1998-yilning 30 iyuniga qadar) eng koʻp qarz olgan mamlakatlar (mlrd. dollar): Meksika (29,1), Braziliya (25,7), Hindiston (25,4), Indoneziya (24,4), Xitoy (21,4), Argentina (14,5), Koreya Respublikasi (13,5), Turkiya (13,2), Filippin (9,9), Rossiya (9,8). Bank kreditlar ajratishdan tashkari mamlakatlarga loyihalarni tayyorlashda yordam koʻrsatadi. 1992-yil Oʻzbekiston XTTB ga aʼzo boʻlib kirdi va 1993-yilda uning vakolatxonasi Toshkent shahrida faoliyat koʻrsata boshladi. 1993-yil noyabr oyida Oʻzbekiston uchun mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, moliyaviy sektorni rivojlantirish boʻiicha tarkibiy yoʻnalish va dasturlarni ishlab chikishni moliyalashtirish uchun 21,0 mln. AQSH dollari miqdorida dastlabki qarz mablagʻlari ajratdi. 1994—2000-yillarda bank tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida turli loyihalarni moliyalashtirish maqsadida jami 458,0 mln. dollar miqdorida qarz mablagʻlari ajratildi. Ulardan eng yiriklari mamlakatimizda paxtachilikni rivojlantirishga (66,0 mln. dollar) va suv taʼminoti, sanitariya va salomatlik tadbirlarini moliyalashtirishga (75,0 mln. dollar) sarflandi. 2003-yilda Jahonbankining Direktorlar kengashi Oʻzbekistonga 60,0 mln. dollar miqdorida (uning yarmi XTTB tomonidan 20-yil muddatga imtiyozli foiz stavkalarida) kredit mablagʻlari ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bank moliyaviy resurslar, bilim va texnik xizmatlarning kombinatsiyasini taqdim etadi. Bank moliyaviy resurslar, bilim va texnik xizmatlarning kombinatsiyasini taqdim etadi. Bank hukumatlarga xizmatlarni yaxshilash, xususiy sarmoyalarni ko'proq rag'batlantirish, innovatsiyalar kiritish va yechimlarni almashish uchun islohotlar o'tkazishga yordam beradi. Innovatsion moliyaviy mahsulotlar va keng ko'lamli global forumlar orqali muammolar paydo bo'lishi va rivojlanishi bilan mamlakatlar bilan hamkorlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |