Pravoslav cherkovlari diniy atributlari Reja: Pravoslav oqimi haqida Pravoslav oqimi bayramlari Pravoslav cherkovining asosiy xususiyatlari Xulosa


Download 11.68 Kb.
bet3/4
Sana02.06.2024
Hajmi11.68 Kb.
#1838834
1   2   3   4
Bog'liq
Azizbek dinshunoslik

Pravoslaviyening farqi esa kult shakllarida, shuningdek, ruhoniylarning jamiyatdagi holatidir. Pravoslav ruhoniylar oq (uylangan) va qora (uylanmaslik to‘g‘risida qasam ichgan) ruhoniylarga bo‘linadi. Pravoslaviyeda rasm-rusmlarni bajarishdagi o‘ziga xoslik shundan iboratki, ruhoniy Xudo va samoviy kuchlar bilan bevosita muloqotni ta'minlovchi vositachi, xolos. U, qavm kabi, oddiy odamdir. Rim papasi esa Xudoning yerdagi noibi, binobarin, Xudo kabi topinish ob'yektidir. Muqaddas kitob bo’lmish Injil va muqaddas o’gitlar IV-VIII asrlardagi yetti butxona soborlarining qarorlari, shuningdek, Afanasiy Aleksandriyskiy, Vasiliy Velikiy, Grigoriy Bogoslov, Ioann Damaskin, Ioann Zlatoust kabi yirik cherkov xodimlarining asarlari ushbu oqim ta’limotining asosi deb tan olingan.

Xristianlikning Sharqiy tarmog’i bo’lmish pravoslaviyaning rivojlanishi jarayonida 15 mustaqil (avtokefal) cherkov: Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Quddus, Gruzin, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Ellada, Alban, Polyak, Chexiya, Slovakiya, Rus va Amerika cherkovlari vujudga keldi. Bu cherkovlardan eng kattasi Rus pravoslav cherkovi (RPCH, boshqa rasmiy nomi Moskva patriarxati) bo’lib, unga 19 ming cherkov va 127 yeparxiya birlashgan. Bulardan 150 dan ortiq cherkov va 5 yeparxiya chet elda faoliyat olib boradi. Pravoslav oqimida sirli rasm-rusumlar muhim o’rin egallaydi. Cherkov ta’limotiga ko’ra, bunday paytlarda Xudo tomonidan dindorlarga alohida savoblar nozil bo’ladi. Cho’qintirish sirli hodisasi (tainstvo). Bunda dindor o’z tanasini uch marta suvga botirishi, Xudo-Otani, o’g’ilni va Muqaddas ruhni chaqirishi bilan ruhiy tug’ilishni kasb etadi. Badanga miro surkash ham sirli bo’lib, bunda dindorga Muqaddas ruhning ruhiy hayotga qaytaruvchi va chiniqtiruvchi ehsonlari ulashiladi. Poklanishning sirliligi. Unda dindor non va vino ko’rinishida o’z badanida Iso qonini abadiy hayotga tayyorlaydi.

Nadomatning sirliligi shundaki, dindor o’z gunohlarini din peshvosi oldida tan oladi, din peshvosi esa uning gunohlarini Iso nomidan kechiradi. Ruhoniylikning sirliligi u yoki bu shaxsni ruhoniy darajasiga ko’tarish uchun yepiskopning qo’lini o’sha shaxs badaniga tegizishi (yoki qo’yishi) orqali amalga oshiriladi. Nikohning sirliligi. Bunda kelin-kuyov turmush qurish, farzand ko’rish va uni tarbiyalashga oq fotiha oladilar. Badanni yeley bilan ishqalash sirida Xudoning ruhiy va jismoniy zaifliklarni tuzatuvchi lutfu marhamatidan umid qilinadi. Pravoslav cherkovi bayramlar va diniy marosimlarga alohida ahamiyat beradi. Pasxadan so’ng pravoslav dinining o’n ikki kunlik o’n ikki muhim bayrami boshlanadi. Ular: 1. Bibi Maryamning tug’ilishi (Rojdestvo Bojьey materi); 2. Isoning xochini tiklash (Vozdvijenie kresta Gospodnya); 3. Bibi Maryamning ibodatxonaga kirishi (Vvedenie vo xram Presvyatoy Bogoroditsы); 4. Isoning tug’ilishi (Rojdestvo Xristovo); 5. Isoni cho’qintirish (Kreщenie Gospodnya); 6. Olqishlash (Sretenie); 7. Xushxabarning nozil bo’lishi (Blagoveщanie); 8. Isoning Quddusga kirishi (Vxod Gospodnya v Ierusalim) – pasxa postidan 6 haftadan keyingi yakshanba; 9. Isoning qayta tirilishi (Voskresenьe Xristovo) – Pasxa, bahorgi kecha va kunduz tengligi va oy to’lishgan birinchi yakshanba; 10. Isoning osmonga ko’tarilishi (Voznesenie Iisusa) – Pasxadan 39 kun keyin; 11. Muqaddas Ruhning tushishi (Soshestvie svyatogo duxa–Troitsin Denь); 12. Iso qiyofasining o’zgarishi (Preobrajenie) – 6 avgustda.


Download 11.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling