Pravoslav cherkovlari diniy atributlari Reja
Download 22.29 Kb.
|
Pravoslav cherkovlari diniy atributlari
Ruhoniylikning sirliligi u yoki bu shaxsni ruhoniy darajasiga ko’tarish uchun yepiskopning qo’lini o’sha shaxs badaniga tegizishi (yoki qo’yishi) orqali amalga oshiriladi.
Nikohning sirliligi. Bunda kelin-kuyov turmush qurish, farzand ko’rish va uni tarbiyalashga oq fotiha oladilar. Badanni yeley bilan ishqalash sirida Xudoning ruhiy va jismoniy zaifliklarni tuzatuvchi lutfu marhamatidan umid qilinadi. Pravoslav cherkovi bayramlar va diniy marosimlarga alohida ahamiyat beradi. Pasxadan so’ng pravoslav dinining o’n ikki kunlik o’n ikki muhim bayrami boshlanadi. Ular: Bibi Maryamning tug’ilishi (Rojdestvo Bojьey materi); Isoning xochini tiklash (Vozdvijenie kresta Gospodnya); Bibi Maryamning ibodatxonaga kirishi (Vvedenie vo xram Presvyatoy Bogoroditsы); Isoning tug’ilishi (Rojdestvo Xristovo); Isoni cho’qintirish (Kreщenie Gospodnya); Olqishlash (Sretenie); Xushxabarning nozil bo’lishi (Blagoveщanie); Isoning Quddusga kirishi (Vxod Gospodnya v Ierusalim) – pasxa postidan 6 haftadan keyingi yakshanba; Isoning qayta tirilishi (Voskresenьe Xristovo) – Pasxa, bahorgi kecha va kunduz tengligi va oy to’lishgan birinchi yakshanba; Isoning osmonga ko’tarilishi (Voznesenie Iisusa) – Pasxadan 39 kun keyin; Muqaddas Ruhning tushishi (Soshestvie svyatogo duxa–Troitsin Denь); Iso qiyofasining o’zgarishi (Preobrajenie) – 6 avgustda. Cherkov yili eski hisobga muvofiq 1 sentyabrdan boshlanadi. 8 sentyabrь kuni «Rojdestvo Bojьey materi» bayrami o’tkaziladi. 12 sentyabrь kuni «Vozdvijenie kresta Gospodnya» bayrami nishonlanadi. Bu bayram imperator Irakliy davrida Iso krestining forslar tutqunidan qaytarib olib kelinishiga bag’ishlanadi. 21 noyabrь kuni «Vvedenie vo xram Presvyatoy Bogoroditsы» bayrami o’tkaziladi. Bu bayram uch yoshli Maryamning birinchi ruhoniy tomonidan Qadimiy Ahd ibodatxonasiga olib kirilganligiga bag’ishlanadi. Ibodatxonaga kirish bayramidan bir hafta oldin, yaьni 15 noyabrda Rojdestvo posti boshlanadi. Va nihoyat, 20 dekabrda Rojdestvo bayrami kiradi va 31 yanvargacha davom etadi. Isoning cho’qintirilishi (Kreщenie Gospodnya) bayrami 6 yanvarda nishonlanadi. Bu bayram Isoning Yah’yo tomonidan cho’qintirilishiga bag’ishlanadi. Navbatdagi yana bir yirik bayram Sretenie (olqishlash, kutib olish) bayramidir. Bu bayram Iso tug’ilgach, avliyo Simeon tomonidan uni kutib olinishiga bag’ishlanadi. Buyuk bayramlar ichida Pasxa birinchi o’rinda turadi. Pasxa – Isoning o’lganidan so’ng qayta tirilganini nishonlab o’tkaziladigan bayram. Pasxaning tarixi yahudiylikdagi peysax bayrami bilan bog’liq bo’lib, u yahudiylarning Misrdan qochib chiqishi va ozodlikka erishishining nishonlanishidir. Xristianlik yahudiylikdan to’la ajralib chiqqach Pasxa yangicha tus olgan. Yuqorida sanab o’tilgan bayramlar oldidan ularga tayyorgalik sifatida turli muddatli postlar o’tkaziladi. Postning mohiyati inson ruhini tozalash va yangilash, diniy hayotning muhim voqealariga tayyorgarlikdan iborat. Rus Pravoslavining ko’p kunlik postlari (ro’zalari) bo’lib, ular to’rtta: Pasxa oldidan, Pyotr va Pavel kuni oldidan, Bogoroditsa uyqusidan oldin va Iso tug’ilgan kundan oldin bo’ladigan postlar. Pasxa oldidan bo’ladigan «Velikiy post» 40 kunga cho’ziladi. Ushbu post davrida – eski hisob bo’yicha 25 martda «Blagoveshenie» bayrami o’tkaziladi. Post boshlanishidan olti hafta o’tgach yakshanba kuni xristianlikning o’n ikkinchi bayrami yoki 8-bayram «Xudoning Quddusga kirishi» nishonlanadi. Download 22.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling