Predikat tushunchasi. Predikatlar ustida mantiqiy amallar


Download 405.53 Kb.
bet6/12
Sana28.01.2023
Hajmi405.53 Kb.
#1134839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Pre

1-Ta’rif. O`zgaruvchi qatnashgan va shu o`zgaruvchining o`rniga qiymatlar qo`yilganda rost yoki yolg`on mulohazaga aylanadigan darak gap predikat deyiladi.
Masalan, “Bu yozuvchi Angliyada ijod qilgan” va “U Angliyada ijod qilgan” darak gaplarida o`zgaruvchi “Bu yozuvchi” so‘z birikmasi yoki “u” olmoshning o`rniga “Shekspir” qiymatni qo`ysak, “Shekspir Angliyada ijod qilgan” rost mulohazani, “Gyugo” qiymatni qo`ysak “Gyugo Angliyada ijod qilgan” yolg`on mulohazani hosil qilamiz.
Xuddi matematikadagidek, x orqali o`zgaruvchini belgilasak yuqoridagi darak gaplarni “x yozuvchi Angliyada ijod qilgan” deb yozish mumkin.
Predikatlar tarkibida bir yoki bir nechta o`zgaruvchi qatnashishi mumkin, qatnashgan o`zgaruvchilar soniga qarab predikat bir o`rinli, ikki o`rinli va hokazo bo`ladi va kabi belgilanadi.
2-Ta’rif. Predikat tarkibiga kirgan o`zgaruvchi qabul qilishi mumkin bo`lgan barcha qiymatlar to`plami predikatning aniqlanish sohasi deyiladi va X,Y,Z,… kabi belgilanadi.
3 -Ta’rif. O`zgaruvchi o`rniga qo`yilganda predikatni rost mulohazaga aylantiruvchi qiymatlar predikatning rostlik to`plami deyiladi va TA ko`rinishda belgilanadi (rasm).
Ta’rifga ko`ra istalgan tenglama yoki tengsizlik predikat bo`ladi.
Masalan, 1) A(x): “x shahar – O`zbekiston Respublikasining poytaxti”. Bunda X={Toshkent, Samarqand, Xiva, Dushanbe, Buxoro, Moskva,…} bo`lib, TA = {Toshkent} bo`ladi.
2) B(x):“4≤x ˂ 11”, x ϵ NX=N bo`lib, TB = {4; 5; 6; 7; 8; 9; 10} bo`ladi.
3) D(y):“y – 12 sonning bo`luvchisi” bo`lsa, Y=N bo’lib, TD={1; 2; 3; 4; 6; 12}bo`ladi.
Predikatlar ustida amallar.
Biz asosan bir o`rinli prеdikаtlаr bilаn to`liqrоq tаnishib chiqаmiz. Prеdikаtlаr ustidа hаm mulоhаzаlаr ustidа bаjаrilgаn , , ,  ,   аmаllаri kiritilgan.

Download 405.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling