Mantiq so‘zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni bildiradi?
yunoncha, “fikrlash ilmi”;
lotincha, “fikrlash ilmi”;
yunoncha, “so‘z boyligi”;
lotincha, “so‘z boyligi”.
Mantiqning qanday yo‘nalishlari mavjud?
formal, dialektik, matematik;
falsafiy, fizik, matematik;
formal, fizik, matematik;
falsafiy, dialektik, matematik
Tafakkurning qanday shakllari mavjud?
tushuncha, mulohaza, xulosa;
tushuncha, mantiq, fikr;
so‘z, mulohaza, fikr;
so‘z, fikr, xulosa.
Tushuncha nima?
obyekt va hodisalarning asosiy xususiyatlari, umumiy va muhim belgilarini yaxlit holda ifodalovchi fikrlash shakli;
obyekt va hodisalarning belgilari, xususiyatlari va ular o‘rtasidagi munosabatlar haqida tasdiqlangan yoki rad etilgan fikrlash shakli;
tafakkurning bir yoki bir necha hukmlardan yangi hukm chiqarishi mumkin bo‘lgan asosiy mantiqiy shakli;
qismlarga ajratilmaydigan, biror shart yoki usul bilan bog‘lanmagan hamda faqat bitta holatni ifodalovchi mulohazalar.
Mulohaza deb nimaga aytiladi?
obyekt va hodisalarning belgilari, xususiyatlari va ular o‘rtasidagi munosabatlar haqida tasdiqlangan yoki rad etilgan fikrlash shakli;
obyekt va hodisalarning asosiy xususiyatlari, umumiy va muhim belgilarini yaxlit holda ifodalovchi fikrlash shakli;
tafakkurning bir yoki bir necha hukmlardan yangi hukm chiqarish mumkin bo‘lgan asosiy mantiqiy shakli;
qismlarga ajratilmaydigan, biror shart yoki usul bilan bog‘lanmagan hamda faqat bitta holatni ifodalovchi mulohazalardir.
Xulosa nima?
tafakkurning bir yoki bir necha hukmlardan yangi hukm chiqarish mumkin bo‘lgan asosiy mantiqiy shakli;
obyekt va hodisalarning belgilari, xususiyatlari va ular o‘rtasidagi munosabatlar haqida tasdiqlangan yoki rad etilgan fikrlash shakli;
obyekt va hodisalarning asosiy xususiyatlari, umumiy va muhim belgilarini yaxlit holda ifodalovchi fikrlash shakli’;
qismlarga ajratilmaydigan, biror shart yoki usul bilan bog‘lanmagan hamda faqat bitta holatni ifodalovchi mulohazalardir
Ikkita A va B sodda mulohaza bir paytda rost bo‘lgandagina rost bo‘ladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali qanday ataladi?
konyunksiya;
dizyunksiya;
inversiya;
implikatsiyasi.
Ikkita A va B sodda mulohazaning kamida bittasi rost bo‘lganda rost, qolgan holatlarda yolg‘on bo‘ladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali qanday ataladi?
dizyunksiya;
konyunksiya;
inversiya;
implikatsiyasi.
A mulohazani qiymati rost bo‘lganda yolg‘on, yolg‘on bo‘lganda rost qiymatga o‘zgartira oladigan amal qanday ataladi?
inversiya;
dizyunksiya;
konyunksiya;
implikatsiyasi.
A mulohaza rost, B mulohaza yolg‘on bo‘lgandagina yolg‘on, qolgan holatlarda rost bo‘ladigan mulohaza qanday ataladi?
implikatsiyasi;
inversiya;
dizyunksiya;
konyunksiya
A va B mulohazalar bir vaqtda rost yoki bir vaqtda yolg‘on bo‘lganda rost bo‘ladigan mulohaza qanday ataladi?
ekvivalensiya;
inversiya;
dizyunksiya;
konyunksiya.
Vaqt omili bo‘yicha model turlarini ko‘rsating.
statik, dinamik;
o‘quv, tajriba, o‘yin, imitatsion, ilmiytadqiqot;
axborot (nomoddiy, mavhum) va moddiy;
matematik va iqtisodiy matematik.
Abstrakt model turlarini ko‘rsating.
matematik va iqtisodiy matematik;
axborot (nomoddiy, mavhum) va moddiy;
statik, dinamik;
o‘quv, tajriba, o‘yin, imitatsion, ilmiytadqiqot.
Jarayon va hodisalarni tadqiq qilish uchun qo‘llaniluvchi modellarni ko‘rsating.
ilmiy-texnik modellar;
tajriba modellari;
imitatsion modellar;
o‘quv modellari.
Biror haqiqiy obyekt yoki obyektlar tizimining obrazi yoki nusxasi nima deb ataladi?
model;
modellashtirish;
obyekt;
soha.
Do'stlaringiz bilan baham: |