Predikatlar algebrasi formulalarining normal shakllari


Download 86.33 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi86.33 Kb.
#1050372
Bog'liq
SLAYD DISKRET

Predikatlar algebrasi formulalarining normal shakllari

1-2ATT22 guruh talabasi Zikirova Fotima

21.12.2022

TA’RIF

  • Agar predikatlar mantiqi formulasi ifodasida faqat inkor, kon’yunksiya, diz’yunksiya amallari va kvantorli amallar qatnashib, inkor amali elementar formulalarga (predmet o‘zgaruvchilar va o‘zgaruvchi predikatlarga) tegishli bo‘lsa, bunday formula deyarli normal shaklda deyiladi.

TEOREMA

  • Predikatlar mantiqi va mulohazalar algebrasidagi asosiy teng kuchliliklardan foydalanib, predikatlar mantiqining har bir formulasini deyarli normal shaklga keltirish mumkin.

Bajariluvchi formula

  • Agar A formula ifodasiga kiruvchi va M sohaga oid o‘zgaruvchilarning shunday qiymatlari mavjud bo‘lib, bu qiymatlarda A formula chin qiymat qabul qilsa, u holda predikatlar mantiqining A formulasi M sohada bajariluvchi formula deb ataladi.

Bajariluvchi formula.

  • Agar shunday soha mavjud bo‘lib, unda A formula bajariladigan bo‘lsa, u holda A bajariluvchi formula deb ataladi.
  • Demak, agar biror formula bajariluvchi bo‘lsa, bu hali uning istalgan sohada bajariluvchanligini bildirmaydi.

Aynan chin formula

  • Agar A ning ifodasiga kiruvchi va M sohaga oid hamma o‘zgaruvchilarning qiymatlarida A formula chin qiymat qabul qilsa, u holda A formula M sohada aynan chin formula deb ataladi.

Umumqiymatli formulalar.

  • Agar A formula har qanday sohada aynan chin bo‘lsa, u holda A umumqiymatli formula deb ataladi.

Aynan yolg‘on formula

  • Agar A formula ifodasiga kiruvchi va M sohaga oid hamma o‘zgaruvchilarning qiymatlarida A formula yolg‘on qiymat qabul qilsa, u holda A formula M sohada aynan yolg‘on formula deb ataladi.

TEOREMA

  • A umumqiymatli formula bo‘lishi uchun uning inkori A bajariluvchi formula bo‘lmasligi zarur va yetarlidir.
  • A bajariluvchi formula bo‘lishi uchun A ning umumqiymatli formula bo‘lmasligi zarur va yetarlidir.

Mavzu bo’yicha misollar:

  • Misol 1. Formulani “Deyarli normal shakl”ga keltiring.
  • Misol 2. Formulani “Deyarli normal shakl”ga keltiring.
  • Misol 3.Formulaning umumqiymatliligini ko’rsating.
  • Misol 4.Formulaning umumqiymatliligini ko’rsating.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 86.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling