Ma'lumotlar bazasi administratori (MBA) yoki Database Administrator (DBA) - ma'lumotlar bazasiga qo'yiladigan talablarni ishlab chiqish, uni loyihalashtirish, amalga oshirish, samarali foydalanish va saqlash, shu jumladan ma'lumotlar bazasi foydalanuvchilari qaydlarini boshqarish va ruxsatsiz kirishdan himoya qilish uchun mas'ul shaxsdir. MBA ning yanada muhim vazifasidan biri bu - ma'lumotlar bazasining yaxlitligini ta'minlashdir.
Foydalaniladigan MBBT turiga qarab MBA vazifalari biroz farq qilishi mumkin, ammo asosiy vazifalarga quyidagilar kiradi:
Ma'lumotlar bazasini loyihalash.
Ma'lumotlar bazasi o’nimdorligini optimallashtirish
Ma'lumotlar bazasiga ruxsatni ta'minlash va boshqarish
Ma'lumotlar bazasini himoya qilish
Ma'lumotlar bazasini zaxiralash va tiklash
Ma'lumotlar bazalarining yaxlitligini ta'minlash
MBBTning yangi versiyasiga o'tishni ta'minlash
MBAlari orasida turlari bo'yicha qat'iy hujjatli farqlash mavjud emas. Ammo ularga yuklangan vazifalarga qarab MBAning bir nechta umumiy turlari mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |