№ laboratoriya ishi spi interfeyslarini dasturlash ishdan maqsad


Download 64.5 Kb.
bet1/3
Sana27.01.2023
Hajmi64.5 Kb.
#1130497
  1   2   3
Bog'liq
6-Labratoriya ishi


6. LABORATORIYA ISHI


SPI INTERFEYSLARINI DASTURLASH



  1. ISHDAN MAQSAD:

Arduinoda SPI interfeyslarini dasturlashda Arduino UNO platformasi buyruqlarini yuklab hamda Proteus dasturida qo‘shimcha sozlamalarni bajarish hamda simulyatsion mikrokontrollerga tayyor sketchni yuklash.




2. UMUMIY MA’LUMOTLAR:

Motorola tomonidan ishlab chiqarilgan SPI interfeysi asosiy (master) va bir yoki undan ko‘p bo‘ysinuvchilar o‘rtasida bir vaqtda ikki tomonlama ma'lumot almashinuvini qo‘llab-quvvatlaydigan to‘liq dupleks ketma-ket aloqa standartidir. SPI protokolining rasmiy standarti bo‘lmaganligi sababli, turli xil SPI qurilmalarining ishlashi biroz farq qilishi mumkin (masalan, paketda uzatiladigan bitlarning soni boshqacha yoki ularda bo‘ysinuvchi tanlash liniyasi bo‘lmasligi mumkin). Keyinchalik, Arduino IDE-da qo‘llab-quvvatlanadigan umumiy qabul qilingan SPI buyruqlarini ko‘rib chiqing.


SPI protokolining texnik qo‘llanilishi boshqacha bo‘lishi mumkinligi sababli, har bir qurilmaga biriktirilgan texnik ta'riflarni o‘rganish kerak.
Muayyan qurilmaning talablaridan kelib chiqib, SPI protokolini amalga oshirishning to‘rtta asosiy usuli mavjud. SPI qurilmalari almashish vaqtida bo‘ysinuvchi sinxronlash qurilmalar sifatida ishlaydi, ma'lumotlar bir taktli signal (SCLK) bilan sinxronlanadi. Bo‘ysinuvchi qurilmasi ma'lumotlarni takt signalining ijobiy yoki salbiy tomoniga (ya'ni sinxronizatsiya fazasi deb ataladi) ko‘ra olishi mumkin va SCLK ning faol holati yuqori yoki past bo‘lishi mumkin (sinxronizatsiya polarligi deb ataladi).
SPI ma'lumotlar almashinuvi tizimini o‘rnatish oson. Asosiy va barcha bo‘ysinuvchi qurilmalari o‘rtasidagi muloqot uchun uchta chiqim ishlatiladi:
ketma-ket sinxronizatsiya belgisi (SCLK);
asosiy chiqish, bo‘ysinuvchini kiritish (MOSI);
asosiy kirish, bo‘ysinuvchi chiqishi (MISO).
Natijada, SPI almashinuvining umumiy miqdori to‘rtta yo‘l bilan tuzilishi mumkin (1-jadval).
1-jadval. Arduino IDE da SPI rejimi.



SРI rejimi

Sinxronlash qutbi

Sinxronizatsiya fazasi

1

ModeO

LOW

Sinxronizatsiya signalining old tomoni bo‘yicha

2

Mode1

LOW

Sinxronizatsiya signalining pasayish bo‘yicha

3

Mode2

HIGH

Sinxronizatsiya signalining pasayish bo‘yicha

4

Mode3

HIGH

Sinxronizatsiya signalining old tomoni bo‘yicha

Har bir bo‘ysinuvchi qurilma, shuningdek, qurilma tanlash kontaktiga (SS kontakt) ham ega. Shuning uchun asosiy qurilmada talab etiladigan portlarining umumiy soni har doim 3 + n bo‘ladi, bu erda n - bo‘ysinuvchilarning soni. Ikki bo‘ysinuvchi qurilmasiga ega bo‘lgan SPI interfeysli Arduino majmualarini o’zaro ulanishi 6.2.-rasmda keltirilgan.


Download 64.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling