Predmetlilik va sub’ektlilik
Motiv va motivatsiya tavsifi
Download 33.02 Kb.
|
22 Faoliyat rejasi bilan
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Motivatsiya» atamasi «motiv»
3. Motiv va motivatsiya tavsifi
Inson hulq-atvorida funksional jihatdan bog‘liq bo‘lgan qo‘zg‘atuvchi va boshqaruvchi tomonlar mavjud. Psixologiyada inson hulq-atvoridagi qo‘zg‘atuvchi holatlarni tasvirlash va tushuntirish uchun qo‘llaniladigan tushunchalar orasida motivatsiya va motiv tushunchalari eng umumiy va asosiy bo‘lib hisoblanadi. «Motivatsiya» atamasi «motiv» atamasiga qaraganda kengroq tushunchaga ega. «Motivatsiya» so‘zi hozirgi zamon psixologiyasida hulq-atvorni determinatsiyalovchi omillardir. Bunga, xususan, ehtiyojlar, motivlar, maqsadlar, intilishlar va boshqa ko‘pchilik) tizimini belgilovchi va hulq-atvor faolligini ma’lum darajada tutib turuvchi, rag‘batlantiruvchi jarayon xususiyati sifatida ikkilangan ma’noda qo‘llaniladi. Biz motivatsiya tushunchasini birinchi ma’noda qo‘llaymiz. SHunday qilib, motivatsiyani inson hulq-atvori, uning kelib chiqishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik xususiyatga ega bo‘lgan sabablar yig‘indisi sifatida belgilash mumkin. Tashkilotchi psixologlarning ish beruvchilarni motivatsiyalash hamda bandliklarini ta’minlashga urinishlarida yordamini ko’rib chiqishdan oldin nega har qanday ishchi yuqori standart yoki qiyin maqsadga erishishi mumkinligini batafsil ko’rib chiqamiz. Hulq-atvornining istalgan shakli ichki va tashqi sabablar bilan tushuntirilishi mumkin. Birinchi vaziyatda tushuntirishning boshlang‘ich va yakuniy holatlari sifatida sub’ekt hulq-atvorining psixologik xossalari, ikkinchisida – tashqi va faoliyat sharoitlari namoyon bo‘ladi. Birinchi vaziyatda motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, tilaklar, qiziqishlar va h.k.lar, ikkinchisida esa – yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan rag‘batlar haqida so‘z yuritiladi. Ba’zan inson hulq-atvorini ichdan belgilab beradigan barcha omillar shaxs dispozitsiyalari deb ataladi. U holda muvofiq ravishda dispozitsion va vaziyatli motivatsiyalar haqida hulq-atvorni determinatsiyalashning ichki va tashqi analoglari sifatida so‘z yuritiladi. SHuning uchun insonning istalgan harakati ikki tomonlama: dispozitsion va vaziyatli determinatsiya sifatida ko‘rib o‘tiladi. Dispozitsiyalar o‘z mohiyatiga ko‘ra motivlardir. Motiv motivatsiyadan farqli o‘laroq, – bu hulq-atvor sub’ektining o‘ziga tegishli bo‘lgan, uning ma’lum harakatlari amalga oshirishga ichkaridan undovchi barqaror shaxsiy xossasi. Motivni, shuningdek, umumlashtirilgan ko‘rinishda ko‘pchilik dispozitsiyalarni ifodalaydigan tushuncha sifatida belgilash mumkin. Mavjud bo‘lgan dispozitsiyalardan eng muhimi ehtiyojlar tushunchasi hisoblanadi. Ehtiyoj deb, inson yoki hayvonning ma’lum sharoitlarda ularga normal yashash va rivojlanishi uchun etishmovchilik holatiga aytiladi. Ehtiyoj shaxs holati sifatida muntazam ravishda insondagi organizm (shaxs) uchun etishmovchilik bilan bog‘liq bo‘lgan qoniqmaslik hissi bilan bog‘liq Inson ehtiyojlarining asosiy xususiyatlariga qondirish kuchi, paydo bo‘lishining davriyligi va usuli kiradi. SHaxsning ahamiyatli ehtiyoji, uning jisga bog‘liq mazmuni, ya’ni, ushbu ehtiyojni qondira oladigan moddiy va ma’naviy madaniyat ob’ektlarining yig‘indisidir. Ehtiyojdan keyingi motivatsion ahamiyatga ega bo‘lgan tushuncha – bu maqsad. Maqsad deb, faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan, dolzarb ehtiyoji qondiruvchi bevosita anglanuvchi natijaga aytiladi. Psixologik jihatdan maqsad ongning motivatsiyali qo‘zg‘atuvchi mazmuni, u inson tomonidan faoliyatining bevosita va yaqin kutilayotgan natijasi sifatida idrok qilinadi. Ko‘rib chiqilgan motivatsiyali hosilalardan dispozitsiyalar (motivlar), ehtiyojlar va maqsadlar inson motivatsion sohasining asosiy tashkil etuvchilari bo‘lib hisoblanadi. SHaxsning motivatsion sohasini rivojlanganlik nuqtai nazaridan kenglik, egiluvchanlik va ierarxiyalashtirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash mumkin. Motivatsion sohaning kengligi deyilganda, darajalarning har birida keltirilgan dispozitsiyalar, ehtiyoj va maqsadlar kabi motivatsion omillarning sifat jihatidan turli-tumanligi tushuniladi. Odamda turli xil motivlar, ehtiyoj va maqsadlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning motivatsion sohasi ham shunchalik rivojlangan hisoblanadi. Motivatsion sohaning egiluvchanligi motivatsiya jarayonini quyidagicha xarakterlaydi: yuqori darajadagi motivatsion maylning qondirilishi uchun quyi darajadagi turli xil motivatsion mayllar qanchalik ko‘proq qo‘llanilgan holatda motivatsion soha ham shunchalik darajada egiluvchan bo‘ladi. Masalan, bir individ uchun bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj faqat televidenie, radio va kino hisobiga qondirilsa, boshqasi uchun xuddi shunday ehtiyojni qondirish vositasi turli kitoblar, davriy matbuot, odamlar bilan muloqot hisoblanadi. Keyingi holatda motivatsion soha egiluvchanroq bo‘lib sanaladi. Inson hulq-atvori motivatsiyasi ongli va ongsiz bo‘lishi mumkin. Bu inson hulq-atvorini boshqaruvchi ba’zi ehtiyoj va maqsadlar inson tomonidan anglanishini, boshqalarining esa anglanmasligini bildiradi. SHunday qilib, motivlar anglangan yoki anglanmagan bo‘lishi mumkin. SHaxs yo‘nalganligi shakllanishidagi asosiy o‘rinni anglangan motivlar egallaydi.
Download 33.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling