Predmetlilik va sub’ektlilik


Download 33.02 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi33.02 Kb.
#1564396
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
22 Faoliyat rejasi bilan


Faoliyat predmetlilik va sub’ektlilik xususiyatlariga ega. Faoliyat predmeti deb, u bevosita shug‘ullanadigan hodisalarga aytiladi. Masalan, bilish faoliyatining predmeti bo‘lib, har xil turdagi axborotlar xizmat qiladi, o‘quv faoliyatining predmeti – bilim, malaka va ko‘nikmalar, mehnat faoliyatining predmeti – yaratilgan muayyan moddiy mahsulot hisoblanadi. Faoliyat sub’ekti bo‘lib odam, individ hisoblanadi. Faoliyatning predmeti va sub’ektidan tashqari, ushbu tushuncha bilan faoliyat vositalari va natijalari ham bog‘liq. Faoliyatni amalga oshirishda odam uchun mehnat vositalari sifatida u yoki bu harakat va muolajalarni bajarishda foydalanadigan asboblar tushuniladi. Faoliyat natijalari bo‘lib, moddiy yoki ma’naviy xususiyatga ega bo‘lgan yaratilgan mahsulotlar hisoblanadi. Shunday qilib, faoliyat quyidagi belgilari bilan farqlanadi:
- faollikning ichki motivga ega shaklidir;
- inson faoliyatining mahsuldorligi. Moddiy yoki har tomonlama etuk mahsulotning yaratilishi;
- insonning xususiy, oliy, ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqadi;
- insonning faoliyati o‘zi ishlab chiqargan mahsulotda namoyon bo‘ladi, faoliyatning bunday ifodalanishi yoki aks etishi o‘zida insoniy bilimlar va malakalarni mujassamlashtiradi. Faoliyat nazariyasi to‘laligicha A.N. Leontevning ilmiy ishlarida, xususan, «Faoliyat. Ong. SHaxs» asarida (M., 1982) bayon etilgan. Faoliyatning tuzilishi haqidagi tasavvurlar faoliyat nazariyasini to‘liq tushuntirib bermasada, uning asosini tashkil etadi. Inson faoliyati murakkab tartibli zinapoyali ketmaketlik tuzilishiga ega. U bir necha qatlam yoki darajalardan iborat. Yuqoridan quyiga harakatlanib, ularni nomlab chiqamiz: alohida faoliyatlar darajasi (yoki faoliyatning alohida turlari); harakatlar darajasimuolajalar darajasipsixofiziologik vazifalar darajasi. SHunday qilib, faoliyat tuzilishining tarkibiy qismlariga motiv, maqsad, harakat (tashqi, predmetli va ichki, aqliy; interiorizatsiya va eksteriorizatsiya jarayonlari), muolajalar, psixofiziologik vazifalar kiradi. Motiv – bu faoliyatga undovchi sabab. Maqsad – bu istalgan, ya’ni, faoliyatni bajarish bilan erishiladigan natijaning tasviri. Harakat – bu faoliyat tahlilining asosiy birligi. Ta’rifga ko‘ra harakat – bu maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan jarayon. «Harakat» tushunchasiga oid quyidagi xususiyatlarni keltirish mumkin. Birinchi xususiyat: harakat zarur tarkibiy qism sifatida maqsad qo‘yish va uni ushlab qolish ko‘rinishidagi ong aktini o‘z ichiga oladi. Ikkinchi xususiyat: harakat – bu bir vaqtning o‘zida hulqatvor akti ham bo‘lib hisoblanadi .
Shunday qilib, faoliyat nazariyasi avvalgi konsepsiyalardan (bixeviorizm) tafovutlari ko‘rsatilgan birlamchi ikki xususiyatlarining ong va hulqatvorning uzluksiz birligini tan olishidan iborat. Uchinchi, juda muhim xususiyat: faoliyat nazariyasi faollik tamoyilini «harakat»tushunchasi orqali ta’sirchanlik tamoyiliga qarama-qarshi qo‘ygan holda tasdiqlaydi. Faollik va ta’sirchanlik tamoyillarining alohida har biridan kelib chiqqan holda faoliyat tahlilining boshlang‘ich nuqtasi tashqi muhitga yoki sub’ekt organizmiga joylashtirilishi lozim. To‘rtinchi xususiyat: harakat tushunchasi odam faoliyatini ijtimoiy va jismli dunyoga «olib chiqadi». Harakat doimo maqsad bilan bog‘liq bo‘ladi. Maqsad harakatni belgilaydi, harakat esa maqsadning amalga oshishini ta’minlaydi. Maqsadning xususiyati orqali harakat xususiyatini aniqlash mumkin. Inson maqsadlarini tahlil qilib, nimalarni aytish mumkin? Avvalambor, ularning juda xilma-xilligini, muhimi esa keng hajmliligini keltirish mumkin. Yirik maqsadlar maydaroq, xususiy maqsadlarga bo‘linadi, ular ham o‘z o‘rnida bulardan ham xususiyroq maqsadlarga bo‘linishi mumkin va h.k. SHunga mos ravishda har bir etarli darajadagi yirik harakat quyi tartibli ketma-ketlikning harakatlar tizimida turli darajalarga o‘tib turishidan iborat. Masalan, boshqa shahar bilan telefon orqali bog‘lanmoqchisiz. Bu harakatni amalga oshirish uchun (I tartib) siz bir qator xususiy harakatlarni bajarishingiz kerak (II tartib): shaharlararo so‘zlashuv telefon tarmog‘iga borib, zarur avtomatni topib, navbatga turishingiz lozim va h.k. Kabinaga kirgandan so‘ng, abonent bilan bog‘lanishingiz kerak. Lekin buning uchun qator mayda ishlarni bajarishingizga to‘g‘ri keladi (III tartib): tanga tashlab, tugmachani bosib turib, ma’lum sonlarni terish kerak bo‘ladi va h.k.
Muolaja – bu faoliyat bajarilishining navbatdagi quyiroq darajasi. Muolaja deb, harakat bajarilishining usuliga aytiladi. Masalan, ikkita ikki xonali sonlarni ko‘paytirish amalini xotirada va misolni ustuncha shaklida yozgan holda echish mumkin. Bu bir xildagi matematik misolning ikki turlicha usuli yoki ikki xil amal bo‘ladi.
Qo‘llaniladigan muolajalarning xususiyati nimaga bog‘liq bo‘ladi? Avvalambor, ular harakat amalga oshiriladigan sharoitlarga bog‘liq. Agar harakat maqsadning o‘ziga javob bersa, muolaja maqsad qo‘yilgan sharoitlarga javob beradi. Bunday sharoitlarga tashqi vaziyatlardan tashqari, shuningdek, faoliyat ko‘rsatayotgan sub’ektning imkoniyatlari yoki ichki vositalari ham kiradi.

Download 33.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling