Isroil-Yahudiy podsholigining ravnaq topishi va yemirilishi.Dovud vafotidan so'ng taxtga uning o'g'li Sulaymon
(965-935) o'tiradi. Sulaymon davrida Isroil-Yahudiypodsholigi gullab-yashnaydi. Mamlakat xo'jaligi har
tomonlama rivoj topadi. U Tirdan temirchilarni, Bobildan duradgorlarni chaqirib, qurilish ishlarini avj oldirib
vuboradi. Kilikiyadan ajoyib otlarni keltirib, sottirishga kirishadi. Ofir mamlakatidan esa qimmatbaho toshlar,
oltin, kumush, fil suyagi, maymun va tovuslar keltirilgan. Mamlakatdagi qurilish ishlariga katta mablag' kerak
edi. U rnablag' to'plash uchun yangi soliqlar joriy qiladi. Bu hoi xalq ommasining noroziligiga sabab Bo'lib
isroilliklar Sulaymonga qarshi Iyerovoam boshchiligida qo'zg'olon ko'taradilar. Qo'zg'olon Sulaymon askarlari
tomonidan shafqatsizlik bilan bostirilib, Iyerovoam Misrga qochib ketadi.M. av. 935-yilda Sulaymon vafot
etgach, taxtga uning o'g'li Rovoam o'tiradi. Bu davrda mamlakatdagi ahvol yomonlashib,Iyerovoam Misrdan katta
qo'shin bilan qaytib kelib. Rovoarn qo'shiniarini yengib Isroil podsholigini qayta tiklaydi.M. av. 930-yili Misr
fir’avni Falastinga bostirib kirib shahar va Qishloqlarni vayron qiladi. Shu davrda Ossuriya qo'shinlari ham
Falastinga bostirib kirib Isroil podsholigini tor-mor etadilar. Saigon II m. av. 722-yili Samariya shahrini bosib olib.
Isroil podshosi Osiyani va 27290 isroillikni asir olib, ularni Midiy a va Mesopotamiyaga joylashtiradi. Shundan
so‘ng Isroil podsholigi barham topadi. Keyinchalik Yahudiy podsholigi o'zini tiklab oladi. M.av. Vll asr oxirlarida
Falastin Misr fir’avnlari ta'siriga tushib qoladi.M.av. 597-586-yillar orasida olib borilgan janglar natijasida
Falastin Bobil podshosi Navoxodonosor II tomonidan bosib olinib, Quddus shahri vayron qilinib, aholining katta
qismi Bobilga asir qilib haydab ketiladi. Keyinchalik falastinliklar dastlab eroniylar. so‘ng yunon-makedonlar va
Do'stlaringiz bilan baham: |