Презентация прототипов
Mitanni davlatining kuchayishi va istilochilik yurishlari
Download 63.79 Kb. Pdf ko'rish
|
Презентация прототипов
Mitanni davlatining kuchayishi va istilochilik yurishlari.Yuqorida ta’kidlab o'tilganidek, m.av. XVI-XV asrlar
Mitanni Davlatining kuch-qudrat jihatdan gullagan davriga to‘g‘ri keladi. Qadimgi Mitanni Askari Bu davrda Mitanni podsholari faol istilochilik urushlarini olib borib, Ashshur. Niniviya shaharlarini, shuningdek, Ossuriyaning bir qism yerlarini ham bosib oladi. Mitanni qo‘shinlari sharq vajanubi- sharqda Zagros tog'lari orasida yashovchi tog'lik gutey va lulubey qabilalari yerlarini ham bosib oladilar.M.av. XVI-XV asrlarda Mitanni xettlar bilan g'olibona urushlar olib borib, Kichik Osiyoning sharqiy hududlari, Suriya, Finikiya va hatto Falastinga ham kirib borib ularga o'z ta’sirini o‘tkazadi. M. av. XVI asrda Mitanni davlati ta’sir doirasining Old Osiyoda osha borishi uning atrofidagi davlatlarning e'tiborini o'ziga tortmay qo'vmas edi. Xususan, O'rtayer dengizi sharqiy sohillarini bosib olishga intilayotgan Misr fir'avnlari bilan Mitanni podsholari o‘rtasida kuchli to‘qnashuvlarga olib keldi. Mazkur davrda har ikki davlat o'rtasida Old Osiyoda ustunlikka ega boTish uchun qizg'in Kurash boshlandi. Misr qo'shinlari Tutmos I boshchiligida Frot daiyosi bo'yigacha yetib kelib, Mitanni chegarasiga g'alaba toshini o'rnatdi. Tutmos III davrida Misr qo'shinlari Frot daryosini kechib o'tib, Mitanni qo'shinlari bilan g'olibona urushlar olib borib Mitanni podshosi va qo'shinlarini orqaga chekinishga majbur qiladilar. Tutmos III ham Mitanni chegarasiga g'alaba toshini o'rnatadi. Ammo misrliklar o'z g'alabalarini oxiriga yetkazmaganlar. Tutmos III yana bir necha bor harbiy yurishlar uyushtirib, u yerda boshlangan qo'zg‘ok)iilarni bostirishga urinadi. Ammo o‘sha davrdagi Old Osiyo va Yuqori Misrdagi siyosiy voqealar Misr qo'shinlariga Mitannini butunlay bosib olishga imkon bermaydi. Ikki orada sulh Tuzilib Mitanni o'z mustaqilligini saqlab qoladi. Hatto Misr bilan Mitanni o‘rtasida m.av. XV asrda Misr Old Osiyodagi bir qator davlatlar bilan juda mustahkam savdo va diplomatiya mimosabatida Bolgan. Miloddan avvalgi XIV Asr Misr bilan Mitanni o'rtasida ittifoq tuzilib. bu ittifoq bir necha Sulolaviy nikohlar bilan mustahkamlangan. Mitanni podshosi Tushrattining Misr fir’avni Amenxoteb III ga yozgan xatlarida pirovardida Misr bilan Mitanni o'rtasida juda ham mustahkam munosabatlar o'rnatilishiga olib kelgan muzokaralarning ayrim bosqichlari ravshan va jonli qilib tasvirlangan.Tutmos IV va Amenxoteb III Mitanni podshosi qizlariga uylanar ekan, ular o'rtasida o'zaro do'stlik aloqalari o'matilib, ular bir -birlariga sovg'a-salomlar yuborib turadilar. Ammo ikki davlat o'rtasidagi do'stlik rishtalari uzoqqa bormaydi.M. av. XV asr oxirlarida Misr kuchsizlanib qoladi. Bu vaziyatdan fovdalangan Mitanni qo'shinlari shimoliy Suriya va Bobilga bostirib kirib, Falastinni ham ishg'ol qiladi. Bu davrda Misr bilan Ossuriya Mitanniga qarshi ittifoq tuzadilar. O 'z o'rnida Mitanni ham Ossuriya-Misr ittifoqiga qarshi Bobil bilan ittifoq tuzadi. Mazkur davrlar ichida Xett davlati kuchayib, Xett qo'shinlari Mitanniga bostirib kirib, Mitanni qo'shinlarini tor-mor etadi. Bu davrda Mitanni podshosi saroyida fitna-fujur ko'payib. nihoyat Mitanni podshosi o'ldiriladi.Shimoldagi Alba bilan Ossuriyaning birlashgan qo'shinlari Mitanni qo'shinlariga zarba berib, uning shimoldagi yerlarini bosib oladilar. Bu vaziyatdan fovdalangan Xett podshosi qo'shinlari Mitannini ishg'ol qiladilar. Xett podshosi Tushrattining o'g'li Shattivasni taxtga o'tqazib, unga o'z qizlaridan birini nikohlab beradi.M.av. XIV asrning ikkinchi yarmida Mitanni Xettlarga tobe bo'lib qoladi. Xettlar yordamiga tayangan Mitanni podshosi qo'shinlari Ossuriyani bosib olish uchun ularga qarshi kurash boshlaydi. Ammo jangda Mitanni qo'shinlari mag'lubiyatga uchrab, podsho oilasi bilan ossurlar qo'liga asir tushadi. Mazkur janglar natijasida Mitanni poytaxti Vashshukan ossur qo'shinlari tomonidan ishg'ol qilinadi. Keyingi janglar natijasida Ossuriya qo'shinlari Mitanni qo'shinlarini batamom mag'lubiyatga uchratadi. Urushlar natijasida Mitanni mamlakati vayron qilinib, janglarda juda ko'p mitanni askarlari va oddiy aholi qirg'inbarot qilinadi. 15 mingdan ortiq kishi asir olinib, Ossuriyaga haydab ketiladi. Ossuriyaning ketma-ket bergan zarbalari natijasida Mitanni zaiflashib, mayda davlatchalarga bo'linib ketadi.Keyinchalik Mitanni Ossuriyaning ta’siriga tushib, davlat sifatida tarix sahnasidan tushib ketadi.Mitanni podsholigining ijtimoiy tuzumida hududiy jamoalar, qishloq (salu), katta oilali uy jamoalari ’’dimtular” katta o'rin tutgan. Yer katta oilali jamoaning mulki hisoblangan. Jamoa savdogarlar. to'quvchi. dehqon va boshqa kasbdagi kishilardan iborat Bo'lgan. Mulkiy tengsizlik va ijtimoiy tabaqalanish jamoaning buzilishiga olib kelgan. Qarzdorlik va sudxo'rlik xurrit jamiyatidagi kambag'allargina emas, balki o'rta tabaqalarning ham xonavayron bo'lishiga olib keladi. Mitannida qo'lga tushgan ashlar qulga avlantirilgan. Qarzdorlik ham qulga aylantirishning bir shakli bo'lgan. Mamlakatda qullarni m aium muddatga sotish ham keng tarqalgan edi. Mitannidagi qulchilik patriarxal xususiyatga ega bo'lib. ular ba’zi huquqlarga ega edilar. Ular cho'rilargagina emas, ozod ayollarga ham uylanishlari mumkin bo'lgan. Qullar mehnatidan ishlab chiqarish xo'jaligining barcha tarmoqlarida. ya’ni bog'dorchilikda. mol boqishda, to'quvchilikda. kulolchilik. kir vuvish. yuk ko'tarish, non yopish va boshqa sohalarda foydalanish mumkin bo'lgan. Saroyda ishlaydigan qullar podsho oilasiga ancha yaqin bo'lgan va ular podsho oilasidan katta-katta sovg'alar olib turgan. Ular podsho saroyida kotiblik lavozimini ham egallar edilar. Shuningdek, qullar ma’lum muddatga ijaraga berilgan, sotilgan va sotib olingan. Qochqin qullar qattiq jazolangan. Mitanni davlati egallagan yerlar tog'lik, qisrnan tekisliklardan iborat boiib, chorvachilik va lalmi dehqonehilik rivojlanishiga imkon bergan. Mitannida yilqichilik ham yuksak darajada rivoj topib. mitannilik Kikkuli yilqichilikka oid ilmiy asar yozgan. Mamlakatning bir qismi tog'lik boiganligi uchun u yerda mis, qo'rg'oshin, toshlar va oim onlar mavjud bo'lgan. Bu boyliklar mamlakatda ma'dansozlik va qurilish ishlarini rivojlantirish imkonini bergan. Mitanni dehqonlari mamlakatdan oqib o'tadigan Frot daryosining Xabur va Belix, Yuqori va Quyi Zab, Dajla va uning irmoqlari oqib o'tadigan serunum yerlarda sug'orma dehqonehilik bilan, suvsiz qir-adirlarda lalmi-bahorikor dehqonehilik bilan shug'ullanganlar. Dehqonlar asosan bug'doy, arpa, no'xat. kunjut, sabzavot ekkan. Tog'oldi hududlarida esa olma. nok. xurmo va boshqa mevali daraxtlarni ekib bog'dorchilik bilan ham shug'ullanganlar. U yerda sabzavotchilik ham yaxshi rivoj topgan. Mitanni bog'bonlari tok ekib uzumchilikka ham katta e’tibor berganlar. Mitanni aholisi yirik shoxli qoramol-sigir. buqa, ho'kiz va buzoqlar, shuningdek, qo'y-echki kabi mayda shoxli chorva bilan ham shug'ullanganlar. Mitanni togiari chorva uchun o't-o'lanlarga boy bo'lgan. Chorvaning hamrna turi tog' yavlovlarida boqilgan.Yuqorida ta'kidlanganidek, Mitannida yilqichilik yuksak darajada rivojlangan bo'lib, mitanni otlari butun Old Osiyoda mashhur bo'lgan.Kulolchilik, to'qimachilik, temirchilik, zargarlik, qurolsozlik va hunarmandchilikning boshqa tarmoqlari yaxshi rivojlangan edi. Mitanni davlati avvalo Janubiy Mesopotamiya xalqlari, qolaversa O'rtayer dengizining sharqiy sohilidagi mamlakatlar. shuningdek, Misr madaniyatidan bahramand bo'lgan. Download 63.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling