Prezentatsiya Mavzu
Download 0.82 Mb.
|
Energetika tizimlaridagi avariyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avariyalarning kelib chiqishiga quyidagi omillar sababchi bo`lishi mumkin
Prezentatsiya Mavzu: Energetika tizimlardagi avariyalar. Energetika tizimidagi sodir bo’ladigan favqulodda vaziyatlarga gidroelektrstansiya (GES) larida, issiqlik elektr markaz (TES) larida, shahar, tuman elektr tarmoq (GRES) larida, elektr tarmoqlarida, kompressorlarida, gaz taqsimlash stansiya (GRS) larida va energetika tizimining boshqa obyektlarida sodir bo’ladigan avariya va halokatlar kiradi. Bajardi: Musaev Sh Tekshirdi: Ruziyev S Reja: 1. Texnogen tusdagi avariyalarning turlari; 2. Kimyoviy ob`yektdagi avariyalar; 3. Texnogin falokatlarni oldini olish usullari. 4. Ishlab chiqarish avariyalari, fojiali hodisalar, ularning oqibatlarini bartaraf etish ishlab chiqarish jarayonlaridagi avariyalar. Avariya deganda bajariladigan ishning birdan to`xtab qolishi, yoki sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni izdan chiqishi, transportlarda va boshqa ob`yektlarda moddiy boyliklarni buzilishi, yo`q bo`lishi tushuniladi Avariyalarning kelib chiqishiga quyidagi omillar sababchi bo`lishi mumkin: - Tabiiy ofat tufayli; - Inshootlarni loyihalashda yoki uni qurishda yo`l qo`yiladigan sababli; - Transport mexanizm, jihozlardan noto`g`ri foydalanganda; - Agressiv moddalarni (portlovchi, tez alangalanuvchi zaharli moddalarni) noto`g`ri saqlanishi va uni ishlatish qoidalarining buzilshi oqibatida; - Texnika xavfsizligi qoidalarining buzilishi va boshqalar. Mana shunday xatoliklar tufayli ishlab chiqarishlarda katta avariyalar sodir bo`ladiki, oqibatda ko`pdan-ko`p insonlar jabrlanadi va moddiy boyliklar yo`q bo`lib ketadi Ko`pincha kimyo, neftni qayta ishlovchi sanoat, qog`oz ishlab chiqarish sanoati, go`sht-sut, oziq-ovqat, metallurgiya, konchilik va boshqa sanoat korxonalarida avariyalar tez-tez uchraydi. Ayniqsa kuchli ta`sir etuvchi zaharli moddalar (KTEZM) ta`sirida bo`ladigan avariyalar: kimyo, neftni qayta ishlovchi qog`oz , sellyuloza, go`sht-sut, oziq-ovqat sanoati, suv tozalash inshootlarida hamda temir yo`llarda KTEZMni tashishda ko`p uchraydi KTEZM ko`rsatilgan konsentratsiyadan ortiq bo`lganda odamlarga, qishloq xo`jaligi hayvonlariga, tashqi muhitga kuchli ta`sir etib turli darajada shikastlantiradi. KTEZMlar qatoriga xalq xo`jaligida texnologik jarayonlarda qo`llaniladigan ammiak, xlor, sulfat kislotasi, vodorod ftorid, azot, oltingugurt oksidlari va boshqalarni kiritish mumkin Respublikamizdagi sanoati rivojlangan ayrim shaharlarda, jumladan, Samarqand, Farg`ona, Andijon, Qo`qon, Ahgren, Olmaliq, Chirchiq, Navoiy va boshqa shaharlarda havoning ifloslanish darajasi me`yoridan 1,5-2, hatto ayrim joylarda 3-6 marta ortiqdir Markaziy Osiyoda havoni eng ifloslantiruvchi korxona Tojikistonning. Tursunzoda shahridagi alyuminiy zavodi hovoga belgilangan miqdordan deyarli ikki barobar ortiq zaharli modda chiqarib kelgan. O`zbekiston Respublikasining Kimyo sanoati korxonalari Chirchiqdagi “elektrokimyo”, Farg`onadagi “azot”, Navoiydagi zavodlardir Dunyo miqyosida yiliga havoga uglerod (II)oksidi- 250mln tonna, yoqilg`i kukuni- 100mln tonna, uglevodorod-88 mln tonna, azot(II)oksidi-53 mln tonna, ammiak- 4 mln tonna, oltingugurt vodorodi 3 mln tonna, qo`rg`oshin birikmasi – 1mln tonna, ftor- 0,4 mln tonna chiqariladi Bunday sanoat korxonalarining chiqindi mahsulotlari insonlar hayotiga katta xavf solib, turli xil kasalliklarni keltirib chiqarmoqda, insonlar umrini qisqartirmoqda va atrof muhitni yerlarni, havoni va suv havzalarini jiddiy zararlantirmoqda Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling