Prezentatsiya tayyorladi: Rabbimov A. Tekshirdi: Haydarov B


litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar (bundan buyon matnda vakolatli organlar deb yuritiladi)


Download 12.53 Kb.
bet2/5
Sana30.10.2023
Hajmi12.53 Kb.
#1733656
1   2   3   4   5
Bog'liq
Prezentatsiya tayyorladi Rabbimov A. Tekshirdi Haydarov B-fayllar.org

litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar (bundan buyon matnda vakolatli organlar deb yuritiladi) — faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishni amalga oshiradigan, shuningdek maxsus elektron tizim vositasida xabarnomalarni qabul qiladigan maxsus vakolatli organlar va tashkilotlar;

  • litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlari — vakolatli organlarning tegishincha berilgan, uzaytirilgan, to‘xtatib turilgan, qayta tiklangan, tugatilgan, bekor qilingan, qayta rasmiylashtirilgan va chaqirib olingan litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar to‘g‘risidagi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan vakolatli organlarga yuborilgan xabarnomalar haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazalari;

  • litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turi — faoliyatning litsenziyalanadigan turi tarkibiga kiritiladigan faoliyat turining yo‘nalishi;

  • davlat xizmatlari pasporti (bundan buyon matnda pasport deb yuritiladi) — litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos talablar va shartlarni, shuningdek ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi hujjat;

  • ruxsat berish tartib-taomili — ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizani topshirish, qabul qilish va ko‘rib chiqish, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini to‘xtatib turish, qayta tiklash hamda tugatish, shuningdek uni bekor qilish, qayta rasmiylashtirish jarayoni bilan bog‘liq tadbirlar majmui;

    • ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat — vakolatli organ tomonidan ruxsatnoma, kelishuv, xulosa shaklida, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shakllarda beriladigan, ruxsat berish talablari va shartlariga majburiy ravishda rioya etilgan taqdirda muayyan faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish huquqini beradigan hujjat;


    • Download 12.53 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling