Prezident asarlari. Karimov I. A. «O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura». 1-jild. T.: «O’zbekiston» 1996 yil. 364 – bet


V. Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish


Download 0.56 Mb.
bet17/52
Sana19.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1619152
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52
Bog'liq
PREZIDENT ASARLARI. Word

V. Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish
O‘zbekistonimiz bosib o‘tgan keyingi o‘n yillik davr aholimizning keng qatlamlari qo‘llab-quvvatlaydigan turli xil fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarning jadal shakllanishi va rivojlanishi davri bo‘ldi. 5100 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda va bu ko‘rsatkich 2000 yilga qaraganda 2,5 barobar ko‘pdir. Fuqarolar yig‘inlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlari – mahallalar soni 10 mingdan ortiqni tashkil etadi. Bular qatorida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, “Sog‘lom avlod uchun”, “Nuroniy” jamg‘armalari, “Ijod” fondi,
Mamlakatimizda Ombudsman, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti kabi inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar va boshqa bir qator tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
fuqarolik institutlarining roli va ahamiyatini kuchaytirishga qaratilgan 200 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilingan. “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi, “Homiylik to‘g‘risida”gi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishiga ko‘maklashish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va boshqa qator hujjatlar qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining “Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori ham alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Faqat keyingi uch yilning o‘zida fuqarolik jamiyati institutlari taqdim etgan turli ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan 11 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish instituti – mahalla faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, uning vazifalari ko‘lamini kengaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan o‘zaro yaqin munosabatlarini ta’minlash alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu vazifani hal qilishda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish maqsadga muvofiqdir. Bunda mahallani aniq yo‘naltirilgan asosda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish, shuningdek, uning davlat boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati olib borish tizimidagi vazifalarini yanada kengaytirishga jiddiy e’tibor qaratish lozim.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling