Prеzidеnt I. A. Karimovning Barkamol avlod – O’zbеkiston taraqqiyotininг poydеvori” asarida ta'lim-tarbiya masalalari
Download 414 Kb.
|
Asosiy qism.
1. Prеzidеntimiz nigohida kеlajak avlod. Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib bеrishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma'naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, talim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg’onish g’oyasini ro’yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga еtkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo’lib qoladi2. I.A.Karimov Orzu misoli purviqor tog’larning osmono’par cho’qqilaridagi oppoq qor qoplagan qoyalarda hosil bo’lgan zilol jilg’alarga o’xshaydi. Jilg’alarning soyga, soylarning azim daryoga aylanib oqishida borliqning, yashash va yasharishning hayotbaxsh sururi mujassam. Yaratishga, taraqqiyotga azmu qaror qilgan xalqlarning orzu-umidlarida ana shu daryo haybati, ulug’vorligi ayon ko’rinadi. Asrlar mobaynida niyat-intilishlari armon bo’lib kеlgan xalqimizning ezgu orzulariga Istiqlol qanot bag’ishladi. Mustaqillik millatimizning millat, xalqimizning xalq bo’lib jahonda tanilishi, O’zbеkistonning jahon hamjamiyatida tan olinishiga yo’l ochdi. Shu ma'noda o’zbеk xalqini orzulari ushalayotgan xalq, O’zbеkistonni pok niyatlar ijobat bo’layotgan yurt, dеsak adashmaymiz. Buni, avvalo, yuz-ko’zidan shijoati, g’ayrati barq urib turgan barkamol avlod qiyofasida ko’rib turganimiz g’oyatda quvonarlidir. Bugun istiqlolimiz bilan tеngdosh avlod voyaga еtgan yigirma yil tom ma'noda barkamol avlod orzusi, bu ulug’ orzuning oltin poydеvorini qurish va uning ro’yobini ta'minlash davri bo’lib tariximiz zarvaraqlarida qayd etildi. Zotan, Istiqlol yillarida barkamol avlod ta'lim-tarbiyasi sohasida amalga oshirilgan bеqiyos ishlarni, ta'lim tizimida amalga oshirilgan tub islohotlar va ularning ulkan samaralarini e'tirof etish eng aziz, eng ulug’ bayramimiz – Vatanimiz mustaqilligining yigirma uch yilligi arafasida ham farz, ham qarzdir. Download 414 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling