9-mavzu: Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘qitishdagi ilg‘or xorijiy tajribalar Reja


Download 256.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana06.10.2023
Hajmi256.66 Kb.
#1693129
  1   2   3   4
Bog'liq
KpsJgB4IN3eJXWs3XVN4JIEc49zAesKjgNdD7N9E



9-mavzu: Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘qitishdagi 
ilg‘or xorijiy tajribalar 
Reja: 
1. Chaqiruvga qadar boshlang‘ch tayyorgarlik fanini o‘qitishda ilg‘or 
tajribalarning ahamiyati. 
2. Caqhiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘qitishda rivojlangan 
davlatlar bilan harbiy ta’lim hamkorligining o‘rni. 
Tayanch iboralar: tajriba, ilg’or tajriba, harbiy ta’lim, milliy harbiy san’at, 
harbiy meros. 
Chaqiruvga qadar boshlang‘ch tayyorgarlik fanini o‘qitishda ilg‘or 
tajribalarning ahamiyati 
Darhaqiqat, Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini yuksaltirish, uning 
moddiy-texnik bazasi va infratuzilmalarini mustahkamlash, zamonaviy qurol-yarog‘ 
va aslahalar bilan ta’minlash, harbiy xizmatchilarning jismoniy, ma’naviy-
intellektual, ruhiy tayyorgarligini oshirish, ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish 
eng ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda. 
Davlatimizning harbiy-siyosiy masalalar bo‘yicha qat’iy pozitsiyasini ifoda 
etadigan Mudofaa doktrinasi asosida amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida 
milliy armiyamiz tezkor va ixcham, har qanday tahdidlarga munosib zarba berishga 
qodir bo‘lgan samarali jangovar tizimga aylanib bormoqda. 
Xalqimizning “Bilagi zo‘r birni yengadi, bilimi zo‘r – mingni” degan 
maqolida chuqur ma’no bor. Shu nuqtai nazardan, Qurolli Kuchlarimizni 
modernizatsiya qilish, xususan, harbiy ta’lim sohasiga zamonaviy bilim, ilg‘or 
xorijiy tajribalar, innovatsion g‘oyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
keng joriy etish bo‘yicha boshlangan ishlar sifat bosqichiga ko‘tarilmoqda. 
Rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari hamda zamonaviy qurolli 
nizolar xususiyatlari inobatga olingan holda qo‘shinlarni boshqarish tizimini 
takomillashtirish, ularni bosqichma-bosqich zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika 


bilan ta’minlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar belgilanib, bu yo‘nalishlarga ham 
ilmiy yondashuv va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy 
etish ishlari olib borilmoqda. 
Shuningdek, so‘nggi yillarda respublikamiz va xorijiy yetakchi ilmiy 
markazlar bilan uzviy hamkorlikni rivojlantirgan holda oliy harbiy ta’lim 
muassasalari ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish, harbiy ta’lim sifatini 
takomillashtirish, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash ko‘lamini kengaytirish, 
professor-o‘qituvchilarni uslubiy mahoratini oshirish– eng muhim masalalardan 
biriga aylanib bormoqda. 
Ta’kidlash lozimki, bu yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar, albatta, 
o‘z samarasini bermoqda. Ya’ni harbiy sohada ilmiy tadqiqotlarning olib borilishi, 
harbiy xizmatchilarning xorijiy tillar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini o‘zlashtirishi keng dunyoqarashga ega va yuqori malakali harbiy 
mutaxassislarning kamol topishiga, ularning xalqaro tanlov va harbiy o‘yinlarda 
munosib o‘rinlarni egallab, Qurolli Kuchlarimizning dunyodagi nufuzi oshishiga 
keng imkon yaratdi. 
2021 yilning 19-24 aprel kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarining Missisipi 
shtatidagi “Camp Shelby” harbiy o‘quv bazasida o‘tkazilgan “Ilg‘or jangchi” 
musobaqasining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqa joriy yilgi musobaqalarning avvalgilariga nisbatan yanada 
qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tib, mehmon sifatida ishtirok etgan 
O‘zbekistonlik harbiylarning bilimi, mahorati, jasurligi va shijoati e’tirof etildi. 
Biz uchun an’anaga aylangan ushbu musobaqada o‘zbekistonlik 
hamkasblarimiz ikkkinchi marotaba ishtirok etishmoqda. Tan olib aytish lozimki, bu 
safar ham ular nafaqat jismoniy, balki jangovar va aqliy tayyorgarlik, qurol-aslahani 
bilishda ham yaqqol ustunlikka ega bo‘ldilar. Bu esa bizning serjantlarimizni o‘z 
ustida yanada ko‘proq ishlashga undaydi.


Ishtirokchilar sun’iy to‘siqlarni yengib o‘tish, uzoq masofani bosib o‘tish, 
jang maydonida yaradorlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, tunda 
harbiy topografiyani bilish bo‘yicha musobaqalashdilar. 
Tashkilotchilar tomonidan O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar III darajali 
serjant Dilmurod Sulaymonov hamda kichik serjant Xayrulla Olimovga musobaqa 
g‘oliblari uchun beriladigan “Ilg‘or jangchi” mukofoti va ko‘krak nishonlari 
tantanali ravishda topshirildi. 
Shuni ta’kidlash joizki, ushbu musobaqada ishtirok etgan harbiy 
xizmatchilarimiz 2019 yilda ham I o‘rinni qo‘lga kiritgan edilar. Bunday yutuqlar 
O‘zbekiston va rivojlangan mamalakatlar o‘rtasidagi harbiy sohadagi 
hamkorlikning yaxshi yo‘lga qo‘yilganidan dalolatdir. 

Download 256.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling