9-mavzu: Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘qitishdagi ilg‘or xorijiy tajribalar Reja


Download 256.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana06.10.2023
Hajmi256.66 Kb.
#1693129
1   2   3   4
Bog'liq
KpsJgB4IN3eJXWs3XVN4JIEc49zAesKjgNdD7N9E

Koreya bilan harbiy hamkorligi 
Bizga ma’lumki, Qurolli Kuchlar akademiyasida koreys tilini o‘rgatish 
kursining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi. Unda Koreya Respublikasining 
O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Kan Chje Kvon hamda 
mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik 
Hamdam Qarshiev ishtirok etdi.
Kursning ochilishi O‘zbekiston va Koreyani tinchlik va taraqqiyot
bunyodkorlik g‘oyalarining yakdilligi, ma’naviy yaqinlik birlashtirishini alohida 
ta’kidlar ekan, so‘nggi yillarda bu ikki davlat o‘rtasida barcha sohalarda bo‘lgani 
kabi harbiy hamkorlik yo‘nalishida ham ijobiy natijaga erishilayotganini, 
akademiyada koreys tilini o‘rgatuvchi mazkur kursning ochilishi esa oliy harbiy 
ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlab, yangi bosqichga olib 
chiqadi.
Ta’kidlash joizki, ushbu kurs tinglovchilarga koreys tilini o‘rgatishga xizmat 
qiladi va eng yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar Koreyadagi oliy 
harbiy ta’lim muassasalariga tahsil olish va malaka oshirish kurslariga yuborilishi 


ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, Qurolli Kuchlar akademiyasida xorijiy hamkorlar 
ko‘magida ingliz, xitoy, turk va frantsuz tillarini o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. 
Turkiya bilan harbiy hamkorlik 
Barchamizga ma’lumki, 2018 yilda O‘zbekiston va Turkiya mudofaa 
vazirliklari harbiy ta’lim sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha hujjat imzolangan edi 
va 2018 yildan boshlab o‘zbek askarlari va zobitlari Turkiyada harbiy 
tayyorgarlikdan o‘tib kelishi mumkin.
Prezidentimiz va O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya Milliy 
mudofaa vaziri Nurettin Janikli o‘rtasida harbiy ta’lim sohasida hamkorlikka oid 
hukumatlararo bayonnoma imzolandi. Ushbu hujjat ikki davlat harbiy-ta’lim 
muassasalari professor-o‘qituvchi tarkiblari o‘rtasida tajriba va bilim almashish 
imkoniyatini beradi. Bu esa o‘z navbatida Turkiyaning harbiy sohadagi eng ilg‘or 
tajribalarini o‘rganish va ularni yurtimiz harbiy ta’limi sohasiga ham keng qo‘llash 
imkonini beradi.

Download 256.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling