9-mavzu: Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘qitishdagi ilg‘or xorijiy tajribalar Reja


Milliy harbiy san’at tarixini tadqiq etish – zamon talabi va kelajak


Download 256.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana06.10.2023
Hajmi256.66 Kb.
#1693129
1   2   3   4
Bog'liq
KpsJgB4IN3eJXWs3XVN4JIEc49zAesKjgNdD7N9E

Milliy harbiy san’at tarixini tadqiq etish – zamon talabi va kelajak 
poydevori
2021 yilning 12 yanvar kuni Qurolli Kuchlar Akademiyasida Xavfsizlik 
Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, 
Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 
tomonidan milliy harbiy merosimizning jahonda tutgan o‘rni, milliy harbiy san’at 
tarixi, buyuk ajdodlarimiz harbiy boshqaruvi va sarkardalik mahorati, strategiya va 
taktikasini chuqur o‘rganib, ta’lim – tarbiya jarayonida keng foydalanish, shu 
jumladan, milliy jang san’ati tarixi bo‘yicha tadqiqotlar olib borish, O‘zbekiston 
zaminida yashab o‘tgan, buyuk ajdodlarimizning boy harbiy merosini har 
tomonlama ommaviy axborot vositalarida yoritish bo‘yicha bir qator topshiriqlar 
berilgan edi. 
Belgilangan topshiriq asosida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar 
Akademiyasi Ilmiy-tadqiqotlar instituti xodimlari va Harbiy tarixiy jamiyat 
mutaxassis-olimlari tomonidan tizimli ravishda izlanishlar olib borilmoqda. 


Jumladan, o‘zbek xalqining buyuk harbiy merosini o‘rganish hamda “O‘zbek 
milliy harbiy san’ati” kitobini tayyorlash bo‘yicha harbiy, milliy va xorijiy 
mutaxassislardan iborat bo‘lgan ijodiy guruh tarkibi shakllantirildi va tasdiqlandi. 
2021 yil 3 fevral kuni milliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida ishchi guruhning 
tashkiliy yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbir davomida o‘zbek xalqining buyuk harbiy 
merosini tizimli o‘rganish ishlarini tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan Kompleks 
reja (“Yo‘l xaritasi”) muhokama etildi. Tadbir doirasida “Yo‘l xaritasi” asosida ish 
yo‘nalishlari, ilmiy hamkorlik masalalari hamda “O‘zbek milliy harbiy san’ati” 
kitobini ishlab chiqish kontseptsiyasi belgilab olindi. Ushbu faoliyatga milliy 
mutaxassislar bilan bir qatorda xorijiy mutaxassislar ham ishtirok etish istagini 
bildirishdi. Jumladan, Akademiyada ilmiy-uslubiy faoliyat yuritayotgan AQSH 
Quruqlikdagi qo‘shinlari Qo‘mondonlik-shtab kolleji mutaxassisi, doktor Robert 
Baumann Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zaxiriddin Muhammad Bobur kabi 
buyuk tarixiy sarkardalar faoliyatiga oid AQSH va Yevropa ekspertlarining 
qarashlari va boshqa G‘arb manbalarini tahlil qilishda yordam berish taklifini kiritdi. 
Joriy yilning mart – aprel oylarida “O‘zbek milliy harbiy san’ati” nomli 
kitobni yaratish uchun tuzilgan ijodiy guruh a’zolarining yig‘ilishlarida 
O‘zbekistonning taniqli olimlari tomonidan kitobning dastlabki tuzilishi har 
tomonlama muhokama qilinib, unga aniqliklar kiritildi. 
Kitobni yaratishda foydalaniladigan materiallar qamrovini kengaytirish 
maqsadida Akademiyasi Ilmiy-tadqiqotlar instituti xodimlari, o‘qituvchilari hamda 
Harbiy tarixiy jamiyat a’zolaridan tashkil topgan ijodiy guruh a’zolarining 
O‘zbekiston ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari, muzey va arxivlariga ilmiy 
safarlari tashkillashtirildi. Jumladan, ijodiy guruh a’zolari O‘zbekiston Fanlar 
akademiyasi Tarix instituti, Abu Rayxon Beruniy nomidagi O‘zbekiston 
Respublikasi Qo‘lyozmalar instituti, O‘zbekiston davlat san’at muzeyi, O‘zbekiston 
Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyi, “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi, 
Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Kamoliddin Behzod nomidagi O‘zbekiston 


Respublikasi rassomchilik va dizayn instituti, Toshkent irrigatsiya va qishloq 
xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti, Alisher Navoiy nomidagi 
O‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Toshkent davlat Sharqshunoslik universtiteti 
kabi muassasalarda mutaxassis va ekspertlar bilan uchrashib, kitob yaratish uchun 
kerakli bo‘lgan materiallarni to‘pladilar. 
Shuningdek ijodiy guruh a’zolari viloyatlarda izlanishlar olib borib, moddiy 
tarixiy buyumlar (qurol-aslaha, ularning elementlari va h.k.) olib kelishdi. Ushbu 
izlanishlar natijasida turli xil kitoblar, jurnallar va to‘plamlardagi maqolalar va 
moddiy tarixiy buyumlar jamlandi. 
Milliy jang san’ati tadqiqotlarini tizimlashtirish hamda bu jarayonga xorijiy 
ekspertlarni ham jalb qilish maqsadida joriy yilning 9 aprel kuni milliy va xorijiy 
oliy harbiy ta’lim muassasalari va tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar 
ishtirokida “Amir Temurning harbiy san’atni rivojlantirishdagi roli” mavzusida 
xalqaro ilmiy onlayn-konferentsiya o‘tkazildi. 
Konferentsiyada 17 ta (Afg‘oniston, AQSH, BAA, Bangladesh, Buyuk 
Britaniya, Germaniya, Indoneziya, Italiya, Qozog‘iston, Polsha, Rossiya 
Federatsiyasi, Turkiya, Koreya Respublikasi, Pokiston, Xitoy, Hindiston
Qirg‘iziston) mamlakat, 2 ta (Evropa Ittifoqi, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik 
tashkiloti) xalqaro tashkilot hamda O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan 
49 nafar harbiy-diplomatik korpus vakillari va xorijiy ekspertlar ishtirok etdi. 
Shuningdek 25 nafar xorijiy vakillar bevosita Akademiyaga tashrif buyurgan holda, 
24 nafar xorijiy mutaxassislar onlayn rejimda hamda Hindiston milliy muzeyi va 
Hindistondagi “Jamiya millya al-islamiya” universitetining 5 nafar xorijiy 
mutaxassislari onlayn tarzda qatnashdilar. Mazkur xalqaro konferentsiyada 80 dan 
ortiq ekspert va mutaxassislar ishtirok etganligini ta’kidlash joiz. 
Xalqaro ilmiy konferentsiyada ko‘tarilgan masalalar Amir Temurning hayoti, 
davlatchilik va sarkardalik faoliyati, shu jumladan, harbiy strategiya va taktika 


sohasida yangi tadqiqot yo‘nalishlarini belgilash, o‘rganilgan qo‘lyozmalarni, 
moddiy-tarixiy ashyolarni harbiy-ilmiy jihatdan tavsiflash va ularning natijalarini 
nufuzli milliy va xorijiy nashrlarda yanada kengroq chop etishga, shuningdek, jahon 
harbiy san’ati namunalari bilan bir qatorda joy olishiga zamin yaratdi. 
Xulosa qilib aytganda, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli 
islohotlar, zamonaviy o‘zgarishlar jahonning rivojlangan, ya’ni ham Osiyo, ham 
Yevropa mamlakatlarining ilg‘or tajribalarini o‘rgangan holda, ulardan oqilona 
foydalanish 
va 
tadbiq 
etish 
orqali 
jahon 
tsivilizatsiyasi 
darajasiga 
chiqayotganligimizdan dalolatdir. Ayniqsa, harbiy sohadagi o‘zaro tajriba almashish 
va hamkorlik ishlarining tobora kengayib borayotgani esa o‘quvchi yoshlarimizni 
harbiy vatanparvarlik ruhida zamon talablari doirasida tarbiyalashni yanada 
takomillashishiga olib keladi. 
Nazorat uchun savollar: 
1. 
CHaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik fanini o’qitishda qanday 
ilg’or tajribalarni bilasiz? 
2. 
Bugungi kunda respublikamiz harbiy sohada qanday hamkorlik 
aloqalarini olib bormoqda? 
3. 
Harbiy hamkorlik aloqalari qanday imkoniyatlar va imtiyozlarni 
yaratmoqda?  

Download 256.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling