9-mavzu: Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘qitishdagi ilg‘or xorijiy tajribalar Reja
Download 256.66 Kb. Pdf ko'rish
|
KpsJgB4IN3eJXWs3XVN4JIEc49zAesKjgNdD7N9E
- Bu sahifa navigatsiya:
- Caqhiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘qitishda rivojlangan davlatlar bilan harbiy ta’lim hamkorligining o‘rni
Yaponiya harbiy hamkorligi
Yaponiya ta’lim tizimi dunyoda yetakchi o‘rinlardan birida turadi. Xalqaro standartlarga to‘la javob beradigan ilg‘or fikrli kadrlarni yetishtirish oson bo‘lmagan, albatta. Bunga bir qancha omillar sabab bo‘lgan. Jumladan, o‘qituvchilarga yuqori oylik maosh, izzat-ikrom (kunchiqar mamlakatda o‘qituvchilarga alohida ehtirom ko‘rsatiladi), boy moddiy-texnik baza, qat’iy intizom va vatanparvarlik hissi. Bular asosiy omillar qatoriga kiradi. Ammo ushbu omillarga poydevor bo‘lgan boshqa sabablarga ham e’tibor qaratish lozim. Birgina misol: yapon boshlang‘ich maktablarida o‘quvchilarning tushlik qilishiga katta ahamiyat beriladi. Hatto, Japanese School Lunch (1954 yilda) maxsus dasturi ham tuzilgan. Unda bolalar qanday oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishlari aniq belgilab qo‘yilgan. Dasturda sut va sut mahsulotlari juda muhim o‘rin tutadi. Bolalarni foydali va to‘yimli ovqat bilan ta’minlash maqsadida maktab shifokori va oshpaz maxsus taomlar ro‘yxatini tuzib chiqishadi. 45 daqiqalik tanaffusda o‘quvchilar sinfxonaning o‘zida ovqatlanishadi. Bu ancha vaqtni tejaydi. Eng qiziq va ahamiyatli jihati shundaki, bolalar maktab hovlisida yetishtirgan poliz ekinlaridan taom tayyorlanadi. O‘quvchilar mehnatsevarlikka, tabiatni asrash, uning ne’matlarini uvol qilmaslikka o‘rgatiladi. Caqhiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘qitishda rivojlangan davlatlar bilan harbiy ta’lim hamkorligining o‘rni Harbiy sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash O‘zbekistonda keyingi uch yil ichida mudofaa sohasi tizimida misli ko‘rilmagan islohotlar amalga oshirildi. Qurolli Kuchlarimizni shakllantirish jarayonida, ayniqsa, kadrlar masalasiga katta e’tibor qaratildi. Bu vazifani hal etishga qaratilgan muhim qadamlardan biri sifatida oliy qo‘mondonlik tarkibidagi ofitserlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, mudofaa qurilishi sohasidagi ilmiy-amaliy tadqiqot va ishlanmalarni muvofiqlashtirish, mamlakatimizda harbiy ta’limni rivojlantirish kabi ustuvor maqsadlarni amalga oshirishda asosiy o‘rin egallagan Qurolli Kuchlar Akademiyasining yangidan tashkil etilganini ta’kidlash lozim. Nazorat-tahlil tadbirlari davomida mazkur Akademiya tomonidan mamlakatimiz Qurolli Kuchlari uchun yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlash borasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi, “Mudofaa to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarining tegishli moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasida ofitser kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy nizomlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish barobarida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Harbiy ta’lim sohasida keyingi 3 yilda 11 ta yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Hozirgi kunda Qurolli Kuchlar Akademiyasida Qurolli Kuchlarimiz uchun taktik zveno boshqaruvi ofitser kadrlarini 4 yillik bakalavr dasturi bo‘yicha 7 ta mutaxassislik yo‘nalishida, operativ-taktik zveno boshqaruvi ofitser kadrlarini 2 yillik magistr dasturi bo‘yicha 8 ta mutaxassislik yo‘nalishida yuksak harbiy bilim va tayyorgarlikka ega yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, operativ-strategik zveno boshqaruvi ofitserlari 1 yillik magistratura o‘quv dasturi bo‘yicha, oliy toifadagi harbiy-ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar 3 yillik o‘quv dasturi bo‘yicha doktoranturada tayyorlanmoqda. Harbiy sohada yuqori malakali harbiy-ilmiy va harbiy-pedagog kadrlarni tayyorlashni tashkil qilish va amalga oshirish, harbiy va boshqa fanlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish, dissertatsiya ishlarini tayyorlab, himoyaga olib chiqish ushbu Akademiya zimmasiga yuklatilgan. Bu yerda katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar ilmiy tadqiqot o‘tkazishlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar mavjud, ular uchun kompyuter hamda boshqa ilmiy va o‘quv-texnik jihozlar bilan ta’minlangan ish xonalari ajratilgan. Akademiyada yangi ta’lim strategiyasi qabul qilinib, ta’limning muammoli va munozarali shaklda tashkil etilishiga e’tibor qaratilgan. Ta’limning bu shakli ta’lim oluvchilarda nostandart va mustaqil fikrlashni hamda yetakchilik sifatlari shakllanishiga imkon beradi. Ilmiy izlanishlarni amaliyot bilan uzviy ravishda olib borish maqsadida Akademiyada situatsiya markazi tashkil etilgan. Shuningdek, yuqori malakali harbiy kadrlarni tayyorlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining xorijiy davlatlar bilan imzolangan xalqaro me’yoriy hujjatlari asosida dunyoning bir qator yetakchi mamlakatlari bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Pedagog kadrlar tarkibidan 75 nafar ofitser AQSH, XXR, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Turkiya kabi o‘ndan ziyod xorijiy davlatlarning oliy harbiy o‘quv yurtlarida malaka oshirib qaytdi. Joriy yilda Qurolli Kuchlar Akademiyasida xorijiy davlatlar bilan harbiy ta’lim borasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga bag‘ishlangan “Zamonaviy bosqichda Qurolli Kuchlarni isloh qilish va rivojlantirishning asosiy tendentsiyalari” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga yo‘llagan bayram tabrigida mamlakatimiz xavfsizligi va hududiy yaxlitligini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini samarali, ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan milliy armiyani shakllantirish bilan bog‘liq islohotlar barobarida xalqimizning “Bilagi zo‘r birni yengadi, bilimi zo‘r mingni” degan maqolida chuqur ma’no bor. Shu nuqtai nazardan, Qurolli Kuchlarimizni modernizatsiya qilish, xususan, harbiy ta’lim sohasiga zamonaviy bilim, ilg‘or xorijiy tajribalar, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishimiz zarur ekanligini oldimizda turgan eng ustuvor vazifalar qatorida alohida ta’kidlagan edi. Shundan kelib chiqqan holda, qo‘mitaning kengaytirilgan yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasida yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlashga oid amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan birga, bajarilishi lozim bo‘lgan bir qator vazifalar borligi ham alohida qayd etildi. Jumladan, sohadagi yetakchi oliy ta’lim muassasasi sifatida harbiy ta’lim va harbiy ilm-fanning yangi sifat darajasi va imijini shakllantirish, harbiy kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosatini kompleks ilmiy-ta’lim omili bilan ta’minlash, harbiy va innovatsion makonda o‘z faoliyatini amalga oshira oladigan professional va intellektual rivojlangan ofitserlar korpusini tayyorlashga katta e’tibor qaratish lozim. Ilg‘or fundamental, amaliy va innovatsion harbiy ilmiy dasturlarni amalga oshirish, davlat harbiy xavfsizligi va mudofaasi, urush va urush san’ati muammolarini ko‘rib chiqish va tadqiq etish masalalari bo‘yicha akademik diplomatiya markazini shakllantirish lozim. Milliy ta’lim va ilmiy makonga to‘la integratsiyalashuvga erishish darkor. Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar Qurolli Kuchlari Akademiyasini oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar bilan to‘ldirish, professor-o‘qituvchilar faoliyatining nufuzi va ijtimoiy maqomini yanada ko‘tarish, yosh xodimlarni ilmiy ishlarga keng jalb etish maqsadida tegishli imtiyozlar joriy etish bo‘yicha ham o‘z takliflarini bildirdilar. Shu bilan birga, oliy harbiy ta’lim muassasasida harbiy-ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, vatanparvarlik, vatanga qasamyod va burchga sadoqat, mas’uliyatni kuchaytirish, bu sohada ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Download 256.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling