sizlidersiz.uz
@piima_uz1
buyurtma uchun
:
+998945363132
Savol 15. | Muammoni hal qilish
Akademik litsey har kuni soat 7:30 da ochiladi va soat 16:45 da yopiladi. Har bir darsga
45 daqiqa vaqt ajratilgan va bir oʻqituvchi tomonidan oʻtiladi. Kun davomida 1 soat
tushlik uchun tanaffus beriladi va boshqa tanaffus berilmaydi. Akademik litseyda ikki
nafar oʻqituvchi ishlaydi.
Bir kunda akademik litseyda
koʻpi bilan nechta dars oʻtilishi mumkin?
A
22 ta
B
28 ta
C
20 ta
D
16 ta
Yechim
:
Dastlab AKademik litsey bir kun davomida necha daqiqa ochiq turishini va bitta
oʻqituvchi kun davomida nechta dars oʻta olishini hisoblab chiqish lozim. Akademik
litsey soat 7:30 dan 16:45 gacha ochiq tursa bu 9 soat 15 daqiqa yaʼni jami 555 daqiqa
davomida ochiq turishini bildiradi. Shundan 1 soat yaʼni 60 daqiqa oʻquvchilarga tushlik
uchun tanaffus beriladi. Demak, oʻqituvchilar 555 – 60 = 495 daqiqa dars oʻtishlari
mumkin. Agar har bitta dars 45 daqiqadan davom qiladigan boʻlsa va boshqa tanaffus
uchun vaqt berilmasa, bitta oʻqituvchi kun davomida:
495 : 45 = 11 ta dars oʻta oladi.
Akademik litseyda 2 ta oʻqituvchi ishlashini inobatga olgan holda, u yerda bir kunda jami
11 * 2 = 22 ta dars koʻpi bilan oʻtkazilishi mumkin.
Toʻgʻri javob: A
Shu turdagi yanada koʻproq savollar –
Siz Lidersiz toʻplami |
Muammoni Hal Qilish kitobi
|
Vaqtga doir masalalar boʻlimi 41 – bet
Do'stlaringiz bilan baham: