sizlidersiz.uz
@piima_uz1
buyurtma uchun
:
+998945363132
Savol 17. | Tanqidiy fikrlash
Farzona, Shohjahon, Malika va Alibek har hafta futbol tomosha qilgani boradilar va har
safar bir qatordagi 4 ta oʻrindiqqa oʻtiradilar. Alibek hech qachon Farzonaning yoniga
oʻtirmaydi. Shohjahon esa har doim Malikaning yoniga oʻtiradi.
Ulardan qaysilari ikki chetdagi
oʻrindiqlarga oʻtirishadi?
A
Alibek va Shohjahon
B
Farzona va Shohjahon
C
Farzona va Alibek
D
Malika va Shohjahon
Yechim:
Bunday savol turida birinchi navbatda berilgan shartni esda tutgan holda, notoʻgʻri javob
variantlarini chiqarib tashlash lozim. A javobda Alibek va Shohjahon ikkala chetda
oʻtiradi deyapti. Bu javobdan kelib chiqadigan boʻlsak, Shohjahonning yoniga Malika
oʻtirishi aniq boʻlsa, Alibekning yoniga Farzona toʻgʻri kelib qoladi. Shuning uchun bu
notoʻgʻri javob varianti. B javobni tahlil qilsak, Farzona va Shohjahon ikkala chetda
oʻtirsalar, yana Shohjahonning yoniga Malika oʻtirishi aniq boʻlsa, Farzonaning yoniga
Alibek toʻgʻri kelib qoladi. Bu ham shartga mos kelmaydi. Faqatgina C javobda Farzona
va Alibek ikkala chetda oʻtirsalar, ularning oʻrtalarida Shohjahon va Malika yonma-yon
oʻtiradilar. Yaʼni ushbu holat berilgan shartga toʻliq mos tushadi.
Toʻgʻri javob: C
Shu turdagi yanada koʻproq savollar – Siz Lidersiz toʻplami | Tanqidiy Fikrlash kitobi |
Tartib va xaritaga oid masalalar
boʻlimi 81 – bet
sizlidersiz.uz
@piima_uz1
buyurtma uchun
:
Do'stlaringiz bilan baham: |