Prezident Shavkat Mirziyoyev olimlar, yosh tadqiqotchilar ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari va ishlab chiqarish sektori vakillari bilan uchrashuv o’tkazdi


Download 0.61 Mb.
bet1/2
Sana02.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1075607
  1   2
Bog'liq
virtual labg


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
FIZIKA FAKULTETI

KURS ISHI

Mavzu:Molekulyar fizika bo’limlariga oid virtual labaratoriya ishlarini o’tkazish usullari


Bajardi:Farmonov Zafar


Qabul qildi:Begmatova D.

Mundarija


Kirish
Asosiy qism
Molekulyar fizika haqida
Virtual o’quv laboratoriya haqida
Fizikani o'qitishda virtual laboratoriyalarning o'rni
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Prezident Shavkat Mirziyoyev olimlar, yosh tadqiqotchilar ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari va ishlab chiqarish sektori vakillari bilan uchrashuv o’tkazdi. Unda ilm-fan sohasidagi eng muhim vazifalar muhokama qilindi.2020-yil mamlakatimizda Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e’lon qilinib, bu boradagi ustuvor maqsadlar belgilandi. Yurtimizda avvaldan shakllangan ilmiy maktablar salohiyatini hisobga olib, hozirgi bosqichdagi milliy manfaatlarimiz va taraqqiyotimiz yo’nalishlaridan kelib chiqqan holda, bu yil matematika, kimyo, biologiya, geologiya fan va sohalarini rivojlantirish tanlab olindi.


Davlatimiz rahbari O’zbekistonning matematika fani bo’yicha salohiyati dunyo miqyosida tan olinganini, funksional tahlil va differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi va algebra yo’nalishlari bo’yicha nufuzli maktablarimiz shakllanib faoliyat yuritayotganini, yetti nafar matematik olim Butunjahon fanlar akademiyasi a’zosi ekanini alohida ta’kidladi.
Ko’plab xorijiy ilm-fan markazlari, xususan, Bonn, Kembrij, Parij, Seul kabi yirik shaharlardagi yetakchi ilm dargohlari bilan birgalikda qo’shma ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi matematika ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirishga oid qarorining ijrosi doirasida poytaxtimizdagi Talabalar shaharchasida Fanlar akademiyasining Matematika instituti uchun zamonaviy talablar asosida yangi bino barpo etilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev bugungi uchrashuvda matematikada ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan bog’lash, raqamli iqtisodiyot uchun mustahkam poydevor yaratish borasidagi dolzarb vazifalarga to’xtalib o’tdi.
Yoshlarda matematika faniga qiziqishni kuchaytirish, iqtidorli bolalarni seleksiya qilib, ixtisoslashtirilgan maktablar va keyinchalik oliy ta’lim muassasalariga qamrab olish ishlarini to’g’ri tashkil qilish kerakligi ta’kidlandi. Bolalar uchun mazkur fandan oddiy va tushunarli tilda yozilgan ommabop darslik va o’quv qo’llanmalari yaratish, matematik ongni, kerak bo’lsa, bog’chadan boshlab shakllantirish vazifasi qo’yildi.
- Matematika hamma aniq fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bo’lib o’sadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi, - dedi Prezident.
Har bir tuman markazida bittadan matematika faniga ixtisoslashgan maktab tashkil qilib, ularda ishlaydigan o’qituvchilarga qo’shimcha ustama haqlar to’lash bo’yicha ko’rsatma berildi. Ushbu muassasalarda o’quv jarayonni ilmiy-metodik ta’minlash uchun Fanlar akademiyasining Matematika instituti hamda Xalq ta’limi vazirligi mas’ul etib belgilandi.
Matematika fani bo’yicha o’quvchi, talaba va o’qituvchilar o’rtasida turli tanlovlar o’tkazib, g’oliblarni munosib rag’batlantirish, olimpiada tizimini takomillashtirgan holda sovrindorlarga beriladigan mukofotlarni ko’paytirish muhimligi qayd etildi.
O’qitish sifatini yangi bosqichga ko’tarish, matematika fanidan bilimlarni baholash bo’yicha milliy sertifikatlash tizimini joriy etish zarurligi aytildi. Bunday sertifikat egasiga oliy o’quv yurtiga o’qishga kirishda matematika fanidan maksimal ball beriladi.
Yuqori malakali pedagoglar va ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimi samarasini oshirish, Matematika institutida ilmiy daraja beruvchi kengashga to’liq mustaqillik berish lozimligi ko’rsatib o’tildi.
Mamlakatimizda matematika fani bo’yicha nufuzli xalqaro anjumanlar o’tkazish, davlat byudjeti va “El-yurt umidi” jamg’armasi hisobidan har yili 100 nafar olimni xorijdagi ilmiy tadbirlar va stajirovkalarga yuborish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Bugun O’zbekistonda kimyo yo’nalishi bo’yicha to’rtta ilmiy-tadqiqot muassasasi mavjud, ularda 250 nafardan ziyod ilmiy xodim faoliyat ko’rsatmoqda. Yaratilgan ishlanmalar asosida yangi o’g’itlar, defoliantlar, o’sish stimulyatorlarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmoqda.
Ilmiy ishlanmalarni joriy qilish samaradorligini oshirish, buning uchun tadqiqotlarning tarmoq korxonalari ehtiyojiga hamohangligini ta’minlash muhimligi qayd etildi.
“O’zkimyosanoat” va “O’zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatlariga o’z tizimidagi yirik korxonalarda zamonaviy infratuzilmaga ega bo’lgan tajriba-ishlab chiqarish laboratoriyalari tashkil etish, ularni fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga yo’naltirish esa Innovatsion rivojlanish vazirligiga yuklandi.
Mineral resurslardan foydalanish unumdorligini oshirish maqsadida “Ko’mir va materiallar kimyosi” ilmiy-tajriba laboratoriyasini, Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo institutida “Ko’mir kimyosi va texnologiyasi” ilmiy yo’nalishini tashkil etish bo’yicha topshiriqlar berildi.
Zamonaviy qurilish materiallari yaratish bo’yicha yangi ilmiy muassasalar, xususan, yangi kompozit materiallar va innovatsion kimyo texnologiyalari bo’yicha tadqiqotlar olib boradigan laboratoriya tarmog’ini tashkil etish kerakligi ko’rsatib o’tildi.
Biologiya fani farmatsevtika, qishloq xo’jaligi, tibbiyot, oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish uchun fundamental va texnologik asos bo’lib xizmat qiladi.
Bugun bu yo’nalishda 7 ta ilmiy-tadqiqot muassasasida 600 nafarga yaqin ilmiy xodim faoliyat ko’rsatmoqda.
Prezidentimiz jahon bozori va ilm-fanidagi tendensiyalarni ko’rsatib o’tib, agro va biotexnologiyalar, oziq-ovqat, shu jumladan, fudo-miks, bio-tibbiyot va farma-biotexnologiyalari yo’nalishlarini kompleks rivojlantirish bo’yicha topshiriq berdi.
Oziq-ovqat tarkibi va uning inson salomatligiga ta’sirini o’rganish, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzi va to’g’ri ovqatlanishni targ’ib etish muhimligi ko’rsatib o’tildi.
Botanika instituti faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo’yicha vazifalar belgilandi.
Mamlakatimiz o’simlik va hayvonot dunyosining raqamli davlat kadastrini yo’lga qo’yish zarurligi ta’kidlandi. Bu yuqori darajadagi ilmiy tadqiqotlarni rejalashtirish, biologik muhofaza choralarini belgilash, soha rivojiga oid muhim amaliy qarorlarni qabul qilish uchun imkoniyat yaratadi.
Tibbiyot va farmatsevtika sohalarida DNK va hujayraviy texnologiyalar, genetik tahlillar, yangi biomateriallar va biopolimerlarni ishlatish amaliyotini rivojlantirish, potensial iste’molchilar bilan ilmiy-tadqiqot institutlari o’rtasida samarali hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha topshiriqlar berildi.
Yana bir ustuvor yo’nalish – sanoat uchun mineral xomashyo bazasini ta’minlash bilan bilan bog’liq bo’lgan geologiya sohasi.
Mamlakatimizda foydali qazilmalarning 70 dan ortiq turi bo’yicha 2 mingdan ortiq konlar aniqlangan. Lekin qazib olish va qayta ishlash oson bo’lgan konlar tobora kamayib bormoqda.

Yangi konlar topish uchun yer qa’rining yanada chuqurroq qatlamlarini geologik o’rganish, murakkab tarkibli konlarni o’zlashtirish bo’yicha sohaga ilmiy asoslangan ilg’or usullar va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishni zamonning o’zi taqozo etmoqda.


Shu maqsadda Toshkentda Geologiya fanlari universiteti tashkil etilmoqda.
Davlatimiz rahbari sohadagi ilmiy tadqiqotlarni yanada kengaytirish maqsadida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni faollashtirish, bunga davlat maqsadli grantlari bilan birga xorijiy grantlarni ham jalb etish zarurligini qayd etdi.
Geologiya va kon-metallurgiya kombinatlari salohiyatini birlashtirish, zamonaviy Geo-innovatsion texnologiyalar laboratoriyasi tashkil etish vazifasi belgilandi.
Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, «Raqamli geologiya» va «Tog’ jinslari va minerallarning milliy elektron bazasi» loyihalarini amalga oshirish, talabalarga yuqori aniqlikdagi kosmik suratlar asosida yerni masofadan zondlash usullarini o’qitish bo’yicha topshiriqlar berildi.
Yosh tadqiqotchilarni qo’llab-quvvatlash va doktorantura tizimining natijadorligini rag’batlantirish muhimligi ta’kidlandi.Dissertatsiyasini muddatidan avval himoya qilgan doktorantlar va ularning ilmiy rahbarlari yoki maslahatchilarini munosib rag’batlantirish maqsadida tejalgan mablag’larni to’liq to’lab berish amaliyotini joriy qilish taklifi bildirildi.
Mutasaddilarga ilm-fan sohasini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish, unda o’rta va uzoq istiqbolga mo’ljallangan ilm-fan, texnologik va innovatsion taraqqiyot asoslarini belgilash vazifasi qo’yildi.
Bugun bo’lib o’tgan ochiq muloqotda ilm-fan yo’nalishlarida yechimini kutayotgan masalalar muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari olimlar va yoshlar bildirgan takliflar yuzasidan mutasaddilarga ko’rsatmalar berdi.

Asosiy qism


Molekulyar fizika haqida
Molekular fizika atomlar orasidagi bog’lar va molekulalarning fizik xossalarini o’rganuvchi fan bo’limidir. Molekular fizikaga oid tajribalar asosan spektroskopiya yordamida kuzatiladi. Ushbu soha atom fizikasi, kimyo, fizik kimyo va kimyoviy fizikaga yaqindan aloqadordir.

Molekulyar fizika — fizikaning modsa tuzilishini va uning xossalarini shu moddaning zarra (molekula, atom, ion) lardan tashkil topganligi, bu zarralarning hamma vaqt betartib harakat holida bo’lishi va ular orasida o’zaro taʼsir kuchlari mavjudligi asosida o’rganadigan sohasi. Har qanday modda bir turdagi juda ko’p sonli zarralardan tashkil topganligi uchun Molekular fizika masalalarini hal etishda statistik va termodinamik usullardan foydalaniladi. Molekular fizika ning dastlab shakllangan bo’limi gazlar kinetik nazariyasitr- Bu bo’limni rivojlantirishga J. K. Maksvell, L. Bolsman, J. U. Gibbs katta qissa qo’shdilar. Statistik usulni fizika faniga birinchi bo’lib A. Bolsman 1868—77 yillarda kiritgan. 1877-1902 yillarda J. U. Gibbs uni rivojlantirib, klassik statistik fizika sohasini yaratilishiga zamin bo’ldi.

Muayyan suyuklik ayrim qattiq jismlarni ho’llashi, boshqasini esa ho’llamasligi mumkin. Buning natijasida ingichka naychalarda suyuklik sat-hi balandligining o’zgarish hodisasi, yaʼni kapillyarlik vujudga keladi. Molekulalarning o’zaro taʼsir kuchlari asosida kapillyarlik hodisalari nazariyasini yaratishda fransuz olimlariA. Klero(1743), P.Laplas (1806), T. Yung (1805), K. F. Gauss (1830-31), J. U. Gibbs va boshqa salmokli qissa qo’shgan.

20-asr boshlarida Molekular fizika taraqqiyoti o’zining yangi bosqichiga ko’tarildi. Fransuz fizigi J. Perren, A. Eynshteyn (1904), polshalik fizik M. Smoluxovskiy (1906), fransuz fiziklari P. Panjeven (1908), de-Broyl (1909) va boshqalarning broun harakati, A. Eynshteyn tomonidan yaratilgan broun harakati nazariyasi hamda Avogadro soninch aniqlash bo’yicha olib borilgan i.t. ishlari qator muqim xulosalar chiqarish bilan bir qatorda molekulalarning haqiqatda mavjud ekanligini isbotladi. Keyinchalik rentgen, elektron va neytron nurlari yordamida suyuk, va qattiq jismlarning tuzilishi o’rganildi. Modda tuzilishi, uning bir fazadan ikkinchi fazaga o’tishidagi o’zgarishi hamda modda tuzilishining temperaturaga, bosimga, elektr, magnit maydonlarga va boshqa para-metrlarga bog’liq ekanligi aniqlandi.

Molekular fizikaning eng katta masalalaridan biri berilgan jismning mexanik va dialektik xususiyatlari shu jismning kimyoviy tarkibiga, uni tashkil etuvchi molekulalarning tuzilishiga va nihoyat, molekulalarning bir-biriga nisbatan qanday tartibda joylashganligiga bog’liqligini o’rganishdan iboratdir. Bu masalaning hal etilishi texnika va sanoatda zarur bo’lgan, ko’zlangan fizik xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirgan yangi metall qotishmalar, polimer materiallar, dielektriklar, qurilish materiallari va boshqa hosil qilishningyangi usullarini yaratishga imkon beradi. Molekular fizikaning jadallik bilan rivojlanishi undan statistik fizika, fizik kinematika, qattiq jism fizikasi, suyuqliklar fizikasi, fizik kimyo, molekulyar biol. kabi mustaqil bo’limlarining ajralib chiqishiga olib keldi. Molekular fizikada erishilgan yutuqlar metallar fizikasi, polimerlar fizikasi, kristallografiya kabi sohalarning keng ko’lamda rivojlanishiga sabab bo’ldi.

Virtual o’quv laboratoriya haqida


Ta’limni axborotlashtirishda, bo’lajak kadrlarning axborot va kommunikasion texnologiyalarni o’zlashtirishlari bilan bir qatorda, aniq fan sohasida kadrlar tayyorlashni axborot va kommunikasion texnologiyalarni kommunikasion texnologiyalari vositalari yordamida jadallashtirish lozim. Keyingi vaqtlarda, ta’limda axborot va kommunikasion texnologiyalaridan foydalanish sohasida yangi atama «Virtual o’quv laboratoriya» paydo bo’ldi. Virtual o’quv laboratoriya ochiq va masofaviy o’qitish g’oyasiga muvofiq bo’lib, ta’lim jarayonidagi moddiy-texnik ta’minot borasidagi muammolarni oz bo’lsada dolzarbligini kamaytiradi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling