Prezident Shavkat Mirziyoyevning
Moliya bo‘limi(boshqarmasi)ning faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘rganish
Download 31.23 Kb.
|
Prezident Shavkat Mirziyoyevning
Moliya bo‘limi(boshqarmasi)ning faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘rganish.
Moliya bo‘limi faoliyatini tartibga soluvchi bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar va moliya tizimini rivojlanishiga xizmat qiluvchi ichki yo‘riqnomalar mavjud ekan. Ularning asosiylari quyidagilar: 1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 100–moddasida mahalliy hokimiyat organlari vazifalariga quyidagilar kiritilgan: Qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash; Hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish; Mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish; Atrof – muhitni muhofaza qilish; Fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash; Normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish. 2. O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 syentyabrdagi «Mahalliy davlat xokimiyati to‘g‘risida»gi Qonuni. Unda mahalliy davlat xokimiyat idoralarining moliyaviy faoliyati asoslari belgilab kuyilgan. Mazkur qonunning “Mahalliy davlat hokimiyati faoliyatining moliyaviy asosi” deb nomlangan 11-moddasida ta’kidlanganidek, viloyat, tuman, shaharning moliyaviy resurslarini byudjet mablag‘lari, byudjetdan tashqari fondlar, aniq maqsadga qaratilgan fondlar, kredit resurslari, shuningdek, respublika byudjetidan ajratilgan subvesiya va dotasiyalar tashkil etadi. «Mahalliy davlat xokimiyati to‘g‘risida»gi qonunda viloyat, tuman, shaxar xokimlari tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy faoliyat bu soxada mahalliy idoralarga berilgan vakolatlar va ularning xukukiy xolati belgilab kuyilgan. Mahalliy davlat idoralari tarkibidagi Moliya boshqarmalari va moliya bo‘limlarining xuquqiy xolatlari belgilangan tartibda ular to‘g‘risidagi tasdiqlangan nizomlarga ko‘ra belgilanadi. 3. O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi. Davlat moliyasini boshqarishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, byudjet tizimining ustuvor yo‘nalishlarini yagona bitta hujjat orqali tartibga solish, byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida 2013 yil 26 dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” O‘RQ-360-son Qonuni qabul qilindi, hamda mazkur Qonunga asosan, O‘zbekiston Respublikasida 2014 yil 1 yanvardan boshlab Byudjet kodeksi eksperiment tariqasida, 2014-2015 yillar davomida sinov sharti bilan amalga kiritildi. Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan, 2014 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi va “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi Qonulari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan bo‘lsa, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi, “Xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risida”gi va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Qolaversa, Byudjet kodeksi barcha manfaatdor taraflarni byudjet tizimi va byudjet jarayoni to‘g‘risidagi keng qamrovli hamda ishonchli axborot bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Bu axborot davlat byudjetini ishlab chiqish va ijro etish bilan shug‘ullanayotgan hukumat uchungina emas, balki Oliy Majlis, mahalliy hokimiyat organlari, byudjet tashkilotlari va barcha fuqarolar uchun ham muhimdir. Chunonchi, mintaqalarda Byudjet kodeksi resurslarni qayta taqsimlash va ularning daromad salohiyatini mustahkamlashning barqaror hamda samarali mexanizmini ta’minlashga qaratilgan. Byudjet tashkilotlari uchun bu – byudjetlarni tuzish va ijro etish hamda ular oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishning aniq va ravshan qoidalaridir. Fuqarolar uchun esa Byudjet kodeksining qabul qilinishi shu bois ham muhimki, bugungi kunda Davlat byudjetining qariyb 60%i ijtimoiy sohaga yo‘naltirilyapti. Bular ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoyaga doir xarajatlardir. Tegishincha, agar qonunchilik Davlat byudjetining ijrosi va uning ijrosini nazorat qilishning aniq taomillarini ta’minlasa, sog‘liqni saqlash va ta’lim kabi xizmatlaridan keng foydalanishni ta’minlash, aholining nochor guruhlarini qo‘llab-quvvatlash va davlatning boshqa ijtimoiy majburiyatlarini samarali bajarish mumkin. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mazkur kodeks taraqqiy etgan mamlakatlarning bu boradagi ilg‘or tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining asosiy ikkita – «Byudjet tizimi to‘g‘risida»gi va «Davlat byudjeti g‘azna ijrosi to‘g‘risida»gi Qonunlarning deyarli barcha me’yorlarini hamda byudjet jarayonining alohida masalalarini tartibga soluvchi oltita qonun, Prezidentimizning farmon va qarorlari, Hukumat qarorlari va idoralararo me’yoriy-huquqiy hujjatlarini o‘z ichiga qamrab olgan, hamda unda turli qonunosti hujjatlarida nazarda tutilgan me’yor va qoidalar tizimlashtirib, muvofiqlashtirilgan, byudjet qonunchiligida foydalaniladigan aniq tushunchalar va ta’riflar berilgan. Shuningdek, byudjet jarayonigi yangi usullar va dastaklarni joriy etish, hamda xalqaro standartlar va me’yorlarni moslashtirish uchun asos yaratilgan. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 martdagi “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2847-son Qarori. Mazkur Qaror Respublika moliya organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining soliq-byudjet siyosatiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini hamda ijtimoiy sohani barqaror, mutanosib va jadal rivojlantirish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan vazifalari, funksiyalari, ish shakllari va uslublarini qayta ko‘rib chiqish maqsadida qabal qilingan. Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda uning bo‘linmalari faoliyatining ustuvor vazifalari hamda yo‘nalishlari, shuningdek ularning tarkibiy tuzilishi va namunaviy tuzilmalari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek ushbu Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi yangi Nizom tasdiqlangan. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining har yilgi "Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida"gi qarorlari. Mazkur har moliya yili boshlanishidan oldin qabul qilanadigan qarorlarda mamlakatizmiz byudjetining daroamdlari va xarajatlari miqdori tasdiqlanadi. Jumladan, soliq stavkalari miqdori, ulardan tushumlar miqdori va xarajatlar yo‘nalishi va miqdori tasdiqlanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi PQ-№2699-sonli Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari tasdiqlangan. 6. Idoraviy va idoralararo me’yoriy-huquqiy hujjatlar. Bularga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining buyruqlari va turli xil yo‘riqnomalari kiradi. Download 31.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling