Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 13 fevraldagi pq-4992-son qaroriga muvofiq, kimyo sanoati uchun innovatsion kimyoviy ilmiy-ishlab chiqarish va ta’lim klasterini tashkil etish konsepsiyasi ishlab chiqildi


Download 150.64 Kb.
bet1/15
Sana29.01.2023
Hajmi150.64 Kb.
#1139575
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
kirish


  1. Kirish

Hozirgi kunda O’zbekistonda kimyo sanoatini barpo etish va uni rivojlantirish uchun zarur bo’lgan xomashyo bazasi va shart-sharoitlar hammasi yetarli darajada mavjud bo’lgan bo’lsa ham kimyo sanoati nisbatan ancha kech paydo bo’ldi. Bugungi kunga kelib, 50000 dan ortiq individual anorganik modda ma’lum bo’lib, bulardan juda oz turi sanoat miqyosida ishlab chiqarilishiga qaramasdan, kimyo sanoati ishlab chiqarayotgan mahsulotlar hajmining juda katta qismini tahkil etadi. Eng muhim anorganik birikmalar anorganik kislotalar, tuzlar, ishqorlar va sodalar, qurilish materiallari, mineral o’g’itlar va hokazolardir. O’simlik moddalari kimyosi va Bioorganika kimyosi institutlarida 15 ta yangi original import o’rnini bosuvchi mahalliy dori vositalarini olish texnologiyalari yaratildi va ularni ishlab chiqish yo’lga qo’yildi (Ekdisten, Ayustan, Rutan, Gossitan, Getasan, Punitan va h.k.);


Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatida beshta innovatsion ishlanmalar amaliyotga joriy etilmoqda, jumladan, suyuq oltingugurt kislotasi chiqindilarini tozalash va “Kauldi” koni suvini tozalash uchun filtratsion tizim, yangi turdagi changtutgichlar, misni bakteriyalar yordamida ajratish texnologiyasi, oziq-ovqat mahsulotlarida osmiy-187 va boshqa moddalarni aniqlash metodikasi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 13 fevraldagi PQ-4992-son qaroriga muvofiq, kimyo sanoati uchun innovatsion kimyoviy ilmiy-ishlab chiqarish va ta’lim klasterini tashkil etish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Bu bilan Vazirlar Mahkamasi “Kimyo sanoati uchun innovatsion kimyoviy ilmiy-ishlab chiqarish va ta’lim klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. Mamlakatimizda bu borada yetarlicha ishlar amalga oshirilmoqda.
“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ qo‘shma korxonasida 2022 — 2025-yillarda kalsiylangan soda ishlab chiqarishni yiliga 250 ming tonnaga yetkazish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish bo’yicha bir qancha chora tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Xususan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan bu masala bo’yicha yangi qaror qabul qilindi. Bunda ichki va tashqi bozorda barqaror talabga ega bo‘lgan kalsiylangan soda mahsulotini ishlab chiqarishni kengaytirish, kimyo sanoatining eksport salohiyatini yanada oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish kabi muhim masalalar yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-son qaroriga asosan “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJ qo‘shma korxonasida (keyingi o‘rinlarda — qo‘shma korxona) ishlab chiqarish quvvatini 200 ming tonnadan 450 ming tonnagacha oshirish loyihasi bo‘yicha tanlov o‘tkazilganligi haqida aytib o’tish mumkin. Ushbu qarorga ko’ra, “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ ustav kapitalidagi ulushining 51 foizi xorijiy investorga sotildi. Natijada ishlab chiqarish ko‘lami ortib, korxonaning iqtisodiy ahvoli yaxshilanib bormoqda. Bu esa ishchilarning ijtimoiy himoyasini yanada yaxshilashga,mahsulot sifatining ortishiga xizmat qilmoqda. “Qo‘ng‘irot soda zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi O‘rta Osiyo mintaqasida kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqaruvchi yagona korxona hisoblanadi. Markaziy Osiyodagi yagona bo‘lgan soda zavodi ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab bosqichlarni qamrab oladi. Asosiy xomashyo Ustyurt platosida joylashgan Borsakelmas konidan qazib olinadigan tuzdir. Ishlab chiqarishda ishlatiladigan ohaktoshning sifati juda yuqori hisoblanadi va bu xomashyo Jamansay konidan yetkazib beriladi. Bugunga kelib, zavod yiliga 200 ming tonna soda ishlab chiqarmoqda. Bu mahsulotlar shisha va yuvish vositalari ishlab chiqarishda, rangli metallurgiya, yengilsanoatda hamda qog‘oz sanoatida, suv tozalash ishlarida asosiy kimyoviy qo‘shimcha sifatida ishlatiladi.
– Zavod uskunalarining tinimsiz ishlatilishi hamda aksariyatining eskirishi natijasida joriy yilning birinchi yarmida kunlik ishlab chiqarish quvvati 450-470 tonnagacha tushib ketdi, – deydi qo‘shma korxona bosh direktori Jahongir Mustafayev. –Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida “O‘zkimyosanoat” hamda “O‘zkimyosanoatloyiha” aksiyadorlik jamiyatlari mutaxassislari, investorlarning tashabbusi bilan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, 31 milliard so‘m evaziga ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihozlash ishlari amalga oshirildi. Natijada joriy yilning birinchi yarmiga nisbatan mahsulot ishlab chiqarish hajmi 34,7 foizga oshirildi. Jumladan, modernizatsiya qilish ishlaridan so‘ng sentyabr-noyabr oylarida qo‘shimcha 33,5 milliard so‘mlik 12516 tonna mahsulot ishlab chiqarildi. Bundan tashqari, xomashyo va materiallarga ketadigan iste’mol ancha tejalishiga erishildi. Yil yakunlari bo‘yicha 488,8 milliard mahsulot ishlab chiqarilib, sof foyda 48,5 milliard so‘mni tashkil etishi kutilmoqda, sof foyda mikdori o‘tgan yilga nisbatan 14,1 barobarga oshdi. Hozir kuniga 600 tonna mahsulot ishlab chiqarilmoqda. 2021 yil yanvar-dekabr oylarida mahsulot sotishdan sof tushum 442,9 mlrd. so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 117,5 foiz o‘sishga, rentabellik 18,7 foizni tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 12,8 barobar o‘sishiga erishildi. Shu davr mobaynida xorijiy valyutada 12,8 million AQSH dollari va milliy valyutada 7,7 milliard so‘m miqdorida kredit so‘ndirildi. Korxonada tashkil etilgan maydalangan osh tuzi ishlab chiqarish sexida o‘rnatilgan uskunalarning yaroqsiz holga kelib qolishi natijasida faoliyati to‘xtatilgan edi. Ko‘p yillik tanaffusdan so‘ng korxona rahbarlarining sa’y-harakatlari bilan ishlab chiqarish uskunalari mukammal ta’mirlanib, sex yaqinda qayta ishga tushirildi. Shuning natijasida 12 nafar kishi ish bilan ta’minlandi. Hozirda bu yerda oyiga 850 tonna osh tuzi ishlab chiqarilib, xaridorlarga yetkazib beriladi. Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan quritish uskunalarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Osh tuzi uchun uchun zarur xomashyo korxonadan 21 kilometr uzoqliqda joylashgan “Qorauimbet” tuz konidan avtomashinalarda yetkazib beriladi. Ushbu tuzni qayta ishlash orqali oyiga 148 million so‘mlik qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqariladi. Kelgusi yili sex negizida quvvati yiliga 20 tonna yodlangan osh tuzi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Loyihaning taxminiy qiymati 200 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Uning ishga tushishi bilan yiliga 8 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi va 16 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Bu esa, korxonaning moliyaviy yuksalishiga ijobiy ta’sirini ko‘rsatish bilan birga, aholini sifatli osh tuzi bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Zavod mahsulotlari asosan “Kvars”, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”, “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatlariga, “CAMPALIA XK” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga, “Asl oyna” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga va boshqa korxonalarga uzluksiz yetkazilib berilmoqda. Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarga nafaqat ichki bozorda, balki chet davlatlarda ham talab ortib bormoqda. Jumladan, mahsulotlar o‘tgan yillar mobaynida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Afg‘oniston va Eron kabi davlatlarga eksport qilindi.




  1. Download 150.64 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling