Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 13 fevraldagi pq-4992-son qaroriga muvofiq, kimyo sanoati uchun innovatsion kimyoviy ilmiy-ishlab chiqarish va ta’lim klasterini tashkil etish konsepsiyasi ishlab chiqildi


Natriy xlorid eritmasining (rassol) tazolash jarayoni


Download 150.64 Kb.
bet11/15
Sana29.01.2023
Hajmi150.64 Kb.
#1139575
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
kirish

Natriy xlorid eritmasining (rassol) tazolash jarayoni. Ammiakli usul bilan kalsinasiyalangan soda ishlab chiqarish texnologik bosqichlari quyidagilardan iborat:
NaCl+NH3+CO2+H2O NaHCO3+NH4Cl
Ushbu reaksiya 2 ta pog‘onada o‘tkaziladi. Birinchi pog‘onada absorbsiya va ikkinchi pog‘onada karbonizasiya jarayonlari o‘tkaziladi. Karbonizasiya jarayonida cho‘kmaga tushgan NaHCO3 filtrasiya usuli bilan ammoniy xlorid tuzidan ajratib olinadi va kalsinasiyalangan soda olish uchun kalsinasiya bo‘limiga yuboriladi.
2NaHCO3→ Na2CO3+CO2+H2 O
Parchalash temperaturasi 160-1800 C tashkil qiladi. Hosil bulgan uglerod oksid gazi karbonizasiya bo‘limiga yuboriladi va bu yerda asosiy jarayonlardan tashqari bir nechta yordamchi jarayonlar o‘tkaziladi. Hosil bo‘lgan NH4Cl dan esa ammiak regenerasiya etilib, absorbsiya bo‘limiga yuboriladi:
2NH4Cl +Ca (OH)2 2NH3+2H2O+CaCl2 )
CaCl2 chiqindi sifatida maxsus yig‘indilarda saqlanadi. Kalsiy gidrooksid olish uchun zarur bo‘lgan CaO karbonat xomashyosidan olinadi.(bo‘r, ohak toshi va boshqalar).
CaCO3CaO+CO2
CO2 gazi karbonizasiya bo‘limiga yuboriladi, CaO dan esa kalsiy gidrooksidi olinadi.
CaO+H2O Ca(OH)2
Barcha soda zavodlarida NaCl suv eritmasi Na2CO3 va Ca(OH)2 yordamlarida Ca va Mg ionlaridan tozalanadi.
MgCl2+Ca(OH)2Mg (OH)2+ CaCl2
CaCl2+Na2CO3CaCO3+2NaCl
CaCO3 va Mg(OH)2 chiqindi sifatida saqlangichlarga tashlanadi, tozalangan NaCl eritmasi absorbsiya bo‘limiga yuboriladi. Namakobni tozalash. Birlamchi namakobning tarkibida kalsiy va magniy tuzlari mmvjud. Agarda ulardan rassol tozalanmasa, cho‘kmaga kuyidagi yaxshi erimaydigan birikmalar tushishi mumkin: CaCO3, Mg(OH)2, NaCl · Na2CO3· MgCO3, (NH4)2CO3· MgCO3. Bu birkmalar apparatura, trubalarda tiqilishi mumkin va tayyor maxsulotning sifatini pasaytiradi. Namokobni kalsiy tuzlaridan tozalash uchun soda qo‘llaniladi, magniy tuzlari uchun kalsiy gidrooksid ishlatiladi. Tozalashning yuqori darajasini ta’minlash uchun berilayotgan reagetlarning miqdori juda ham oz ortiqchalikda bo‘lishi kerak. Shuning uchun reagentlarning dozirovkasi aniq bo‘lishi lozim. SO42 ionlari rassolda natriy sulfat tuzi holda qoladi.
CaSO4+Na2CO3 →Na2SO4+CaCO3
Sulfat ionlari distillyasiya jarayonida jarayonlar normal o‘tish uchun xalaqit beradi, chunki kalsiy sulfat tuzi cho‘kma hosil qilish mumkin. Hozirgi kunda sulfat ionlaridan tozalashning samarodarli usullari topilmagan. Namokob tozalash jarayonida cho‘kishning yuqori tezligiga erishish uchun kalsiy ionlarning miqdori magniy ionlariga nisbatan 3-9 marta kup bo‘lishi kerak. Buning natijasida cho‘kmaning zichligi oshgan hisobiga cho‘kayotgan shlamning yo‘qolishlari ham kamayadi. Soda eritmasini dastlabki ishqorlash o‘tkazish bilan bir pog‘onali namakobni tozalash texnologik sxemasiga ko’ra, soda eritmasi aralashtirgichga kelib tushadi. Kalsiy gidroksid ham unga ajratilgan aralashtirgichga beriladi. Soda eritmasi va tozalangan namakob bakda aralashtiriladi. Soda eritmasi va kalsiy gidrooksid aralashtirgichlari orasidagi ishqorlagichda reaksiya o‘tkaziladi. Ishqorlangan soda eritmasi bak orqali aralashtirgichga beriladi. Bu yerga tozalangan namakob ham beriladi. Aralashma aralashtirgichdan reaktorga o‘tkaziladi. Reaktorda CaCO3 va Mg(OH)2 larning kristallanishi amalga oshiriladi. Kristallanish jarayoni tugallanishi, bir xil o‘lchamli kristallarni hosil qilish, quyqumni zichlanishi va ajratilishi uchun suspenziya tindirgichga beriladi. Quyqum eshkakli aralashtirgich (soatiga 5 ta aylanma) yordamida markaziy chiqaruvchi quvur tomonga suriladi va undan keyin quyqum yig‘gichga kelib tushadi. Yig‘gichga suv berilgandan keyin quyqum suspenziya holda «oq dengiz» ga tashlanadi. Agarda namakobning tozalanishi dastlabki ishqorlashsiz o‘tkazilsa, ko‘rsatilgan sxemadan ishqorlagich olib tashlanadi. Reagentlar va tozalanmagan namakob bir vaqtda aralashtiruvchiga beriladi. Ikki bosqichli tozalash o‘tkazilgan holda birinchi bosqichga faqat kalsiy gidrooksid va ikkinchi bosqichga faqat soda eritmalari beriladi. Tozalangan namakob ammiak bilan (85g/l NH3 gacha) va qisman karbonat angdrid bilan (40 g/l CO2) to‘yintiriladi. Filtrlash jarayoni. Tarkibida NH4Cl, NH4HCO3, (NH4)2CO3, NaCl tuzlari bo‘lgan eritmadan NaHCO3 kristallarini filtrlash uzluksiz ishlaydigan vakuumfiltrlarda amalga oshiriladi. Vakuum-filtr ochiq baraban ko‘rinishida bo‘lib, uning yon sirt yuzasi metall to‘rdan yasalgan va filtrlovchi material tortilgan bo‘ladi. Baraban tegana idish shaklida aylanadi, u eritmadagi natriy gidrokarbonat susperziyasini aralashtirgichga yetkazib beradi. Vakuum-filtr vakuum yacheykasi, surib chiqarish yacheykasi, oraliq yacheykalardan iborat. Filtr barabani 1,1-3,4 ayl/min tezlikda gorizontal valda aylanadi, u orqali havo, gazlar va suyuqlik so‘rib chiqariladi. Uning yuzasi bo‘yicha aylanishda taqsimlovchi golovka 8 ning so‘rish seksiyasida natriy gidrokarbonat qatlami cho‘ktiriladi, baraban aylanganda cho‘kma qatlami yuvish seksiyasida eriydigan tuzlardan ajratish uchun suv bilan yuviladi. Filtrlovchi material to‘qimalari orasiga cho‘kma tiqilib qolishini oldini olish uchun purkagich yacheykasidan beriladigan qisilgan havo bilan filtr tozalanadi. Uzluksiz ishlaydigan barabanli vakkum-filtrlar filьtrlash bo‘limining asosiy apparati bo‘lib xisoblanadi. Soda ishlab chiqarish texnologiyasida BS-5, 6-1, 8/1 tipli barabanli vakkumfiltr keng qo‘llanilmoqda. Barabanli vakkum-filtr 18 ta yacheykaga bo‘lingani va taqsimlash qurilmasi bilan ta’minlangani uchun, uning yuzasida bir vaqtda bir necha jarayonlar o‘tadi. Filtrning barabanini o‘tayotgan jarayonga ko‘ra shartli ravishda quyidagi zonalarga bo‘lish mumkin:
-o‘zi filtirlash zonasi; vakkum sharoitida filtirli suyuqlik baoabanga tortilib, natriy gidrokarbonat kristallari filtirlash gazmol yuzsaida ushlanib qoladilar va cho‘kma xosil qiladilar;
-dastlabki quritilish zonasi; bu paytda barabaning yuzasi suspenziya ustida joylashgan buladi va cho‘kmadan baraban ichiga filtirli suyuqlik tortiladi;
-cho‘kma yuvilishi zonasi; baraban yuzasiga yuvish suvi beriladi; ushbu suv cho‘kma ichidan barabanga o‘tadi va cho‘kmaning kristallararo maydonidan filtirli suyuklikni siqib chiqaradi;
-asosiy quritish zonasi; bu yerga xavo beriladi va u natriy gidrokarbonatning cho‘kma qatlamidan o‘tib, cho‘kmaning kristallararo maydonidan yuvish suvini siqib chiqaradi va cho‘kmada namlik miqdorini kamaytiradi;
-yopiq zona; baraban yuzasidan maxsus pichoq yordamida natriy gidrokarbonat cho‘kmasi olib tashlanadi, shuning bilan birgalikda barabaning ichidagi maxsus pichoq va filtr suyuqlik tortilish zonasi orasiga xavo o‘tilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (xavo o‘tgan xolda sistemada vakkum yo‘qolishi mumkin);
-filtr suyuqlik tortilish zonasi; filtrli gazmolning xizmat muddatini oshirish uchun siqilgan xavo bilan puflashdan oldin gazmolning «xo‘l» puflanishi;
-puflanish zonasi; filtirlash gazmolni regenerasiya qilish uchun aralashmasining yurishiga qarshi baraban yacheykasiga sikilgan xavo boriladi.
Gazsuyuqlik aralashma vakkum bo‘lmagan sababli barabanga kelib tushadi. Filtrli suyuqlikni tortib olish zonasi kelib tushgan filtrli suyuqlikni siqilgan xavo yacheykalarida siqib chikaradi. Gazmoldan utayotgan filtrli suyuqlik gazmol teshikchalaridan natriy gidrokarbonat mayda kristallarini sikib chiqarishdan tashqari ularni o‘zida eritib oladi. Bu o‘z navbatida regenerasiya jarayonini tezlashtiradi. Undan keyin filtrli gazmolning teshikchalari siqilgan xavo bilan tozalanadi:
- o‘tish zonasi; puflanishga berilgan siqilgan xavo barabaning vakkum qismiga o‘tmasligi uchun mo‘ljalangan.
Tarkibida taxminan 14% suv bo‘lgan natriy gidrokarbonat pichoq bilan ajratib olinadi, transportyorga kelib tushadi va uni kalsinasiya uchun pechga yuboriladi. Shunday filtrning unumdorligi sutkasiga 160-200 t sodani tashkil etadi. Filtrdan so‘rib olingan havo tarkibida karbonat angidrid va ammiak bo‘ladi, uni absorberga (filtr havosini yuvadigan) yuboriladi va u yerda gazdan NH3 va CO2 tutib qolinadi. Filtrat suyuqligi disstilyasiyaga uzatiladi.

Download 150.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling