Presseparator - Filtrlash jarayonining unumdorligi va olinadigan filtrlashning tozaligi asosan, filtr to’siqlarining xususiyatlariga bog’liq. Filtr to’siqlarning teshiklari katta va gidravlik qarshiliklari kichik bo’lishi zarur. Filtr to’siqlar struktura tuzilishiga qarab egiluvchan va egilmas bo’ladi.
- Filtp to’siqlardan oldingi va keyingi bosimlar farqi yoki filtrlovchi materiallapga suyuqlik bosimini hosil qiluvchi markazdan qochma kuchlar filtrlash jarayonining harakatlantiruvchi kuchi vazifasini bajaradi.
- Harakatlantiruvchi kuchlar turiga qarab filtrlash ikki guruhga bo’linadi:
- 1. Bosimlar farqi ta‘sirida filtrlash.
- 2.Markazdan qochma kuchlar ta‘sirida filtrlash (tsentrifugalash).
- Filtrlash jarayonining intensivligi va filtr qurilmasining ish unumi filtrlash tezligi bilan ifodalanadi.
Filtrlash tezligi. - Filtrlash tezligi vaqt birligi ichidagi filtratning hajmini ko’rsatadi. Filtrlash tezligi ajratilayotgan suspenziyaning fizik-kimyoviy xossalaricha, hosil bo’layotgan cho’kmaning harakteri, filtrlashning xossasi, filtrlash rejimi va boshqa kattaliklarga bog’liq. Shuni aytib o’tish kepakki, filtrlash jarayoni laminar rejimda boradi.
Filtrlash tezligini aniqlash uchun 1 tenglikni integrallab, cho’kmaning gidravlik qarshiligi bilan olinayotgan filtrat hajmi orasidagi bog’liqlikni bilish lozim. - Filtrlash tezligini aniqlash uchun 1 tenglikni integrallab, cho’kmaning gidravlik qarshiligi bilan olinayotgan filtrat hajmi orasidagi bog’liqlikni bilish lozim.
- Tenglamani integrallashda filtr to’siqlarining qarshiligi o’zgarmas deb olinadi. Chunki qattiq zarrachalap filtrning teshiklarini to’ldirmaydi. Shuning uchun filtr to’siqlarini qarshiligi inobatga olinmaydi. Bunda cho’kma qatlamini balandligi ortib boradi. Cho’kma gidravlik qarshiligining qiymati esa noldan maksimumgacha o’zgaradi.
- Shuning uchun tezlik cho’kmaning gidravlik qarshiligi va filtrat hajmiga bog’liq bo’ladi. Cho’kma hajmini Vch filtrat Vf hajmiga nisbatini X0 bilan belgilaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |