Print funktsiyasi, Python sintaksi va arifmetik amallar print
Download 96.3 Kb. Pdf ko'rish
|
Arifmetik amallar print
print() funktsiyasi, Python sintaksi va arifmetik amallar PRINT() Avvalgi darsimizning yakunida bir nechta kodlarni pythonda bajarib ko'rishni vazifa qilgan edik. Keling shu kodlarning natijasini ko'ramiz: print("Assalom alaykum") Natija: Assalom alaykum Kutilganidek, yuqoridagi kod Assalom alaykum matnini konsolda ko'rsatdi. Keling endi keyingi kodni kiritamiz: print(Hayrli tong!) Natija: SyntaxError: invalid syntax Bu safar esa Hayrli tong! yozuvi o'rniga, Syntax Error (sinteksda xatolik) xabari chiqdi. Xatolik qayerda? Avval aytganimizdek, print() funktsiyasi matn yoki ifodalarni konsolga chiqarish vazifasini bajaradi. Lekin bu funktsiya to'g'ri ishlashi uchun bir nechta qoidalarga amal qilish lozim. Jumladan, agar konsolga matn chiqarmoqchi bo'lsak, matnimiz albatta qo'shtirnoq yoki (" ") yoki birtirnoq(' ') orasida yozlishi kerak. Demak Hayrli tong! so'zini konsolda chiqarish uchun to'g'ri kod: print("Hayrli tong!") yoki print('Hayrli tong!') bo'ladi. Natija: Hayrli tong! Qo'shitrnoq yoki birtirnoq ishlatishning afzalliklaridan biri, agar siz chiqarmoqchi bo'lgan matnda ikkovidan biri qatnashgan bo'lsa, print() funktsyasida ikkinchisidan foydalanasiz. Keling quyidagi misolni ko'ramiz: print('Men "Dell" markasidagi noutbuk sotib oldim') Natija: Men "Dell" markasidagi noutbuk sotib oldim Yuqoridagi matnda "Dell" so'zi qo'shtirnoq ichida eda. Bu matnni konsolga chiqarish uchun esa, print()funktsyasi ichida matnni birtirnoq ichiga oldik. Agar matnni bir necha qatorga bo'lib yozish talab qilinsa, uchtalik qo'shtirnoq(""" """)yoki birtirnoqdan (''' ''')foydalanish mumkin: print("""Odami ersang, demagil odami, Oniki, yo'q xalq g'amidin g'ami""") Natija: Odami ersang, demagil odami, Oniki, yo'q xalq g'amidin g'ami Qatorga bo'lishning yana bir usuli, qator so'nggida \n belgisini qo'yish. print("Odami ersang, demagil odami,\nOniki, yo'q xalq g'amidin g'ami") Natija: Odami ersang, demagil odami, Oniki, yo'q xalq g'amidin g'ami Yuoqridagi matnni birtirnoq orqali ham konsolga chiqarish mumkinmi? Matndagi yo'q, g'am so'zlaridagi birtirnoqlar bunga to'sqinlik qilmaydimi? Qiladi. Buning oldini olish uchun esa matndagi birtirnoq belgisidan avval \ belgisini qo'yish lozim. print('Odami ersang, demagil odami, \nOniki, yo\'q xalq g\'amidin g\'ami') Natija: Odami ersang, demagil odami, Oniki, yo'q xalq g'amidin g'ami Yuqoridagi kodga e'tibor bergan bo'lsangiz "yo'q" so'zi yo\'q ko'rinishida "g'am" so'zi esa g\'am ko'rinishida yozilgan. Umuman olganda \ belgisi har qanday mahsus belgi oldidan qo'yiladi. Agar yuqordagi kodimizda \ belgisini ishlatmaganimizda natija qanday bo'lar edi? print('Odami ersang, demagil odami,\nOniki, yo'q xalq g'amidin g'ami') Natija: SyntaxError: invalid syntax Keling shu o'rinda Syntax Error (sinteksda xatolik) haqida ham gaplashaylik. Download 96.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling