Print funktsiyasi, Python sintaksi va arifmetik amallar print
SINTEKS XATOLIK (SYNTAX ERROR)
Download 96.3 Kb. Pdf ko'rish
|
Arifmetik amallar print
- Bu sahifa navigatsiya:
- ARIFMETIK AMALLAR
SINTEKS XATOLIK (SYNTAX ERROR)
Har bir tilda orfografik va grammatik qoidalar bo'lgani kabi, dasturlash tillarining ham o'ziga yarasha qonun-qoidalari bor. Bu qoidalar to'plami sinteks (syntax) deb ataladi. Sinteks xatolik (Syntax Error) deb esa shu qoidalarning buzilishiga aytiladi. Misol uchun keraksiz joyda qo'yilgan nuqta, vergul yoki bo'sh joy, shuningdek ma'lum funktsiyalar nomini xato yozish (print() o'rniga prit()), ochilmay yoki yopilmay qolgan qavs, noo'rin bo'shliq, qolib ketgan kalit so'z (keyword) kabilar ham Syntax Error hisoblanadi. Syntax Error eng ko'p uchraydigan xatolik bo'lib, Python bunday xatolik bor dasturlarni bajarmaydi. Biz darslarimiz davomida turli sinteks qoidalar haqida o'z o'rnida yana to'xtalamiz. ARIFMETIK AMALLAR Amaliyotga qaytamiz, print() funktsiyasi nafaqat matn, balki turli ifodalarni ham konsolga chiqaradi. Keling quyidagi kodlarni ham bajaramiz: print(2+4*2) Natija: 10 Python arifmetik amallarni bajarishda Matematika qoidalariga amal qiladi: Qavs ichidagi amallar qavs ortidagilardan avval bajariladi Darajaga oshirish (ildiz chiqarish) ko'paytirish va bo'lishdan avval bajariladi Ko'paytirish va bo'lish, qo'shish va ayirishdan avval bajariladi Boshqa holatlarda ifodalar chapdan o'ngga qarab bajariladi Yuqoridagi misolda ham avval ko'paytirish (4*2=8), keyin esa qo'shish amali (2+8=10) bajarildi. print(19/5) Natija: 3.8 Ko'rib turganingizdek, / belgisi bo'lish amalini bajaradi va natija har doim o'nlik son ko'rinishida bo'ladi (agarchi bo'lish amali natijasida butun son xosil bo'lsa ham): print(20/5) Natija: 4.0 Bo'lish amalidan butun son ko'rinishidagi natija olish uchun // belgisidan foydalanamiz: print(16//4) Natija: 4 print(10//3) Natija: 3 Amaliyotimizdagi keyingi kodni ham bajaraylik: print(2**4) Natija: 16 Yuqoridagi ** belgisi darajaga oshirishni anglatadi, ya'ni 2**4 ifodasi 2 ning 4-darajasini beradi. Pythonda oddiy arifmetik amallar quyidagi jadvalda berilgan. Download 96.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling