Print funktsiyasi, Python sintaksi va arifmetik amallar print


Download 96.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana07.02.2023
Hajmi96.3 Kb.
#1173609
  1   2   3
Bog'liq
Arifmetik amallar print



print() funktsiyasi, Python sintaksi va arifmetik 
amallar 
PRINT() 
Avvalgi darsimizning yakunida bir nechta kodlarni pythonda bajarib 
ko'rishni vazifa qilgan edik. Keling shu kodlarning natijasini ko'ramiz: 
print("Assalom alaykum") 
Natija: Assalom alaykum 
Kutilganidek, yuqoridagi kod Assalom alaykum matnini konsolda ko'rsatdi. 
Keling endi keyingi kodni kiritamiz: 
print(Hayrli tong!) 
Natija: SyntaxError: invalid syntax 
Bu safar esa Hayrli tong! yozuvi o'rniga, Syntax Error (sinteksda xatolik) 
xabari chiqdi. Xatolik qayerda? 
Avval aytganimizdek, print() funktsiyasi matn yoki ifodalarni konsolga 
chiqarish vazifasini bajaradi. Lekin bu funktsiya to'g'ri ishlashi uchun bir 
nechta qoidalarga amal qilish lozim. Jumladan, agar konsolga matn 
chiqarmoqchi bo'lsak, matnimiz albatta qo'shtirnoq yoki (" ") yoki 
birtirnoq(' ') orasida yozlishi kerak. Demak Hayrli tong! so'zini konsolda 
chiqarish uchun to'g'ri kod: 
print("Hayrli tong!") 
yoki 
print('Hayrli tong!') 


bo'ladi.
Natija: Hayrli tong! 
Qo'shitrnoq yoki birtirnoq ishlatishning afzalliklaridan biri, agar siz 
chiqarmoqchi bo'lgan matnda ikkovidan biri qatnashgan bo'lsa, print() 
funktsyasida ikkinchisidan foydalanasiz. Keling quyidagi misolni ko'ramiz: 
print('Men "Dell" markasidagi noutbuk sotib oldim') 
Natija: Men "Dell" markasidagi noutbuk sotib oldim 
Yuqoridagi matnda "Dell" so'zi qo'shtirnoq ichida eda. Bu matnni konsolga 
chiqarish uchun esa, print()funktsyasi ichida matnni birtirnoq ichiga oldik. 
Agar matnni bir necha qatorga bo'lib yozish talab qilinsa, uchtalik 
qo'shtirnoq(""" """)yoki birtirnoqdan (''' ''')foydalanish mumkin: 
print("""Odami ersang, demagil odami, 
Oniki, yo'q xalq g'amidin g'ami""") 
Natija:
Odami ersang, demagil odami, 
Oniki, yo'q xalq g'amidin g'ami 
Qatorga bo'lishning yana bir usuli, qator so'nggida \n belgisini qo'yish. 
print("Odami ersang, demagil odami,\nOniki, yo'q xalq g'amidin g'ami") 
Natija:
Odami ersang, demagil odami, 
Oniki, yo'q xalq g'amidin g'ami 


Yuoqridagi matnni birtirnoq orqali ham konsolga chiqarish mumkinmi? 
Matndagi yo'q, g'am so'zlaridagi birtirnoqlar bunga to'sqinlik qilmaydimi? 
Qiladi. 
Buning oldini olish uchun esa matndagi birtirnoq belgisidan avval \ 
belgisini qo'yish lozim.
print('Odami ersang, demagil odami, \nOniki, yo\'q xalq g\'amidin g\'ami') 
Natija:
Odami ersang, demagil odami,
Oniki, yo'q xalq g'amidin g'ami 
Yuqoridagi kodga e'tibor bergan bo'lsangiz "yo'q" so'zi yo\'q ko'rinishida 
"g'am" so'zi esa g\'am ko'rinishida yozilgan. Umuman olganda \ belgisi har 
qanday mahsus belgi oldidan qo'yiladi. 
Agar yuqordagi kodimizda \ belgisini ishlatmaganimizda natija qanday 
bo'lar edi? 
print('Odami ersang, demagil odami,\nOniki, yo'q xalq g'amidin g'ami') 
Natija: SyntaxError: invalid syntax 
Keling shu o'rinda Syntax Error (sinteksda xatolik) haqida ham 
gaplashaylik. 

Download 96.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling