Print funktsiyasi, Python sintaksi va arifmetik amallar print
Download 96.3 Kb. Pdf ko'rish
|
Arifmetik amallar print
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5//6=0 ** Darajaga ko’tarish/ildiz 5**6=15625 % Bo’linmani qoldig’ini olish 15%6=3
- IZOHLAR (COMMENTS)
Operator
Tavsif Misol + Qo’shish 5+6=11 - Ayrish 5-6=-1 * Ko’paytirish 5*6=30 / Bo’lish 5/6=0.833333 // Bo’lish va butun qismini olish 5//6=0 ** Darajaga ko’tarish/ildiz 5**6=15625 % Bo’linmani qoldig’ini olish 15%6=3 print() yordamida matn va ifodalarni jamlab chiqarish ham mumkin. Buning uchun har bir ifoda va matn vergul (,) bilan ajratiladi: print("To'qqizning kvadrati", 9**2, "ga teng") Natija: To'qqizning kvadrati 81 ga teng print('3x3=',3*3) Natija:3x3= 9 IZOHLAR (COMMENTS) Yaxshi dasturchilarning odatlaridan biri har qanday kodni izohlar bilan tushuntirib ketish. Izohlar kelajakda o'zimiz uchun ham, boshqalar uchun ham dasturimiz qanday ishlashini tushunishda yordam beradi. Quyidagi ikki misolga e'tibor bering, va ulardan qay biri tushunarliroq ekanini solishtiring print(2*5*3.14159) #Radiusi 5 ga teng bo'lgan aylananing uzunligi quyidagicha hisoblanadi print(2*5*3.14159) Yuqoridagi misolda # belgisidan keyin yozilgan matn izoh (comment) deyiladi. Izoh alohida qatorda yoki qator oxiridan ham yozilishi mumkin. Python # dan keyingi har qanday matnni (qator oxirigacha) e'tiborsiz qoldiaradi. # dan keyin yozligan kodlar ham bajarilmaydi: print("Assalom alaykum!") # Bu matn konsolda chiqadi #Keyingi qator esa bajarilmaydi #print("Mening ismim Anvar") Natija: Assalom alaykum! AMALIYOT Quyidagi matnni aynan shunday ko'rinishda konsolda chiqaring: "Nexia", "Tico", 'Damas' ko'rganlar qilar havas Quyidagi misollarga yechimni Pythonda chiqaring. Har bir misoldan avval misol matnini izoh ko'rinishida yozing: 5 ning 4-darajasini toping 22 ni 4 ga bo'lganda qancha qoldiq qoladi? Tomonlari 125 ga teng kvadratning yuzi va perimetrini toping Diametri 12 ga teng bo'lgan doiraning yuzini toping ( deb oling) Katetlari 6 va 7 bo'lgan to'g'ri burchakli uchburchakning gipotenuzasini toping (Pifagor teoremasidan foydalaning) Javoblarni savol va yechim ko'rinishida chiqaring: 5 ning 4-darajasi 625 Download 96.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling