Printer qurilmasidan tarmoq ichida foydalanish amalini bajaring
Download 27.62 Kb.
|
2 amaliy mashgulot tarmoq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompyuter tarmoqlarining dasturiy vositalari haqida ma’lumot bering. Server
№2 amaliy mashg‘ulot Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining dasturiy vositalari Ishdan maqsad: tarmoqlarda ishlatiladigan dasturlarni o‘rganish Topshiriqlar: Printer qurilmasidan tarmoq ichida foydalanish amalini bajaring. Kompyuter tarmoqlarining dasturiy vositalari haqida ma’lumot bering. Server mijoz kompyuterlari soʻroviga javob berish uchun moʻljallangan, nisbatan yuqori hisoblash imkoniga ega boʻlgan kompyuter. Server ma'lum bir sohaga xizmat qilishi ham mumkin. Server tarmoqdagi ma`lumotlarni saqlaydi, tarmoqning boshqa nuqtalariga uzatadi va asosiy xizmati – foydalanuvchilarni internetga ulaydi. Ayni mana shu xizmatlarni bajaradigan tashkilotni – provayder deb atashadi. Ularning serverlari internetga kirish darvozalari hisoblanadi. Bundan tashqari server so`zi quyidagicha shakllarda ham ishlatiladi. Ajratilgan server, Virtual server, Proksi-server,Ajratilgan server va Protokol. Yirik kompaniyalar ko`pgina kompyuterlarga ega bo`lishadi. Tashkilotning barcha tarmoq xizmatlarini boshqarish uchun alohida kompyuter ajratilib, unga maxsus dasturlar o`rnatiladi, internetga doimiy holda ulanadi va uni ajratilgan server deb atashadi. Bu server orqali barcha kompyuterlar internetga chiqa olishadi. Web server tushunchasini ikki xil ma'noda ishlatish mumkin. Agarda gap WWW xizmatini ko'rsatish haqida borsa, u holda Web server tarmoq mijozlariga Web sahifa va saytlardan foydalanish imkoniyatini yaratib beruvchi dastur ma'nosini anglatadi. Web serverni siz o‘z uyingizda yaratishingiz mumkin. Uning uchun bitta kompyuter ajratib, unga biror veb dastur o‘rnatasiz va bu dasturni yaxshilab sozlashingiz kerak bo‘ladi. So‘ng o‘z saytingizni shu serverga joylashtirasiz va biror domen sotib olasiz. Bundan kelib chiqadiki, saytingiz ishlashi uchun siz ajratgan kompyuter doim yoqilgan holatda bo‘lishi kerak. Web serverga o‘rnatiladigan web dastur turlari ko‘pdir. Eng zamonaviy va eng ommabop dastur bu – albatta Apachedir. Apache Software Foundation korxonasi tomonidan chiqarilgan. Tarmoqlar — bu tezda murojaat qilsa bo’ladigan ma’lumotning cheksiz olamidir. Firmani samarali boshqarish tijorat va moliya bozorlarining holatini uzluksiz kuzatmasdan va o’zining filiali va xodimlari faoliyatini tezkor o’zaro muvofiqlashtirmasdan iloji yo’qdir. Aytilgan jarayonlarni amalga oshirish, ko’pincha bir-biridan hudud jihatdan uzoqlashgan ko’p sonli turli xil mutaxassislarning boshqarishda birgalikda qatnashishini talab еtadi. Bunday vaziyatda bu mutaxassislarning samarali o’zaro harakatlanish tizimini tashkil еtishning markazita taqsimlangan axborot-hisoblash tizimlari quyilishi kerak. Ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash — hududiy jihatdan taqsimlangan tizim ko’rinishiga еga bo’lib, bir-biriga bog’liq bo’lmagan, lekin o’zaro bog’langan kompyuterlarda bajariladigan ma’lumotlarni qayta ishlashdir. Axborotni taqsimlangan qayta ishlash tizimining birinchi vakillari ma’lumotni teleqayta ishlash tizimlari va ko’p mashinali hisoblash tizimlari bo’lgan еdi. Ma’lumotlarni teleqayta ishlash tizimlari — bu axborot-hisoblash tizimi bo’lib, ularda, aloqa kanallari bo’yicha qayta ishlash markazita kelib tushuvchi qiymatlarni masofadan turib markazlashgan ravishda qayta ishlash bajariladi. Ko’p mashinali hisoblash tizimlari — bu bir nechta bir xil yoki mustaqil ravishda turli xil kompyuterlarni o’z ichiga olgan tizim bo’lib, unda kompyuterlar bir-biri bilan ma’lumotlarni almashish qurilmasi, xususan, aloqa kanallari bo’yicha bog’langan. Aloqa kanallari bo’yicha bog’langanda gap ma’lumot-hisoblash tarmoqlari ustida yuritiladi. Download 27.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling