«проблемы совершенствования процесса управления и качества образования в образовательных учреждениях»


  “Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana09.01.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1085867
TuriСборник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
макола Респ конференцияси Мунарова Р

329 
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini 
 
 takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
 
 
 
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
06.12.2022 
 
Ta’lim jarayonini optimallashtirish har qanday jamiyatning umumiy taraqqiyoti, ijtimoiy-
iqtisodiy, ma’naviy va madaniy rivojlanishida poydevor vazifasini o‘taydi, uni sifat jihatidan yangi 
bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etadi. “Xalqimizning ma’naviy boyliklarini, jahon 
sivilizasiyasining eng yaxshi yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan yangi avlodni shakllantirish 
bugunning eng muhim vazifasidir. Faqat ana shu asosdagina, oldimizga qo‘yilgan yuksak 
maqsadlar barchamiz uchun hayotimizning mazmuniga aylanib qolgandagina, millatning ongli 
vatanparvarlik ruhini yuksaltirib, rivojlangan ilg‘or mamlakatlar kabi taraqqiyot yo‘lidan ildam 
qadam tashlash imkoni tug‘iladi”, – deb ta’kidlaydi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti 
I.A.Karimov. 
Maktab va kutubxonani o‘quvchining kitobxonlik madaniyatini shakllantiruvchi bir butun 
tizim sifatida tasavvur etish, bu tizimning asosiy komponentlarini aniqlash, ularning o‘zaro va 
tashqi muhit bilan o‘zaro aloqaga kirishish mexanizmini belgilash, uning ta’lim tizimidagi o‘rni, 
mazkur 
tizim 
tarkibiy 
elementlarining 
mazmun-mohiyati, 
kitobxonlik 
madaniyatini 
shakllantirishda maktab va kutubxona taqozo qiladigan aloqalarni ta’minlashni talab qiladi. Ushbu 
aloqadorlikni ta’minlovchi ichki va tashqi mutanosiblik talab qilinadi. 
Azaldan kutubxona ilm ahlining muqaddas dargohi bo‘lib kelgan. Bizning respublikamizda 
axborot resurs markazlari va maktab kutubxonalari yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini 
shakllantirish sohasida katta ishlarni amalga oshirmoqda. Eng katta tarmoq – bu maktab 
kutubxonalari hisoblanadi.
O‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda kutubxonachilar o‘qituvchilar 
bilan hamkorlik qilish uchun quyidagilarni yaxshi bilishi kerak: 
- bolalar uchun yozilgan kitoblar haqida ma’lumotga ega bo‘lishi; 
- o‘quvchilarni kitob o‘qishga odatlantirishda ko‘zlanadigan pedagogik maqsad va 
vazifalarni to‘g‘ri anglab yetishi; 
- o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirish usul va yo‘llarini o‘zlashtirgan 
bo‘lishi; 
- o‘quvchilarga kitob o‘qishni o‘rgatishning turli usul, shakl, metodlarini tanlash va 
qo‘llashni bilishi, bu jarayonda pedagogik texnologiyalarni qo‘llay olishi;
- pedagogik bilimlarga, badiiy asarni pedagogik va badiiy tahlil qilish ko‘nikmalarini 
egallagan, badiiy va o‘quv adabiyotlarining barcha turlaridan ma’lumotga ega bo‘lishi, ushbu 
bilimlarni o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish jarayonida qo‘llay olishi; 
- o‘quvchilar bilan pedagogik muloqot qilish metodlaridan foydalanish, notiqlik 
ko‘nikmalari hamda ifodali o‘qish malakasiga ega bo‘lishi; 
- o‘quvchilarning badiiy-ijodiy faoliyat xususiyatlarini bilishi hamda bu bilimlarni ularda 
kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda qo‘llashi;
- avtomatlashtirilgan ish jarayonida hamda zamonaviy texnik vositalar bilan ishlashni 
bilishi. 
Barcha ta’lim-tarbiya maskanlaridagi kabi maktab kutubxonasi oldida ham o‘quvchilarga 
milliy va umuminsoniy axloq qoidalari asosida hayot kechirishni o‘rgatishdek muhim vazifa 
bugungi kunda, ayniqsa, dolzarbdir. Ushbu vazifalarning yechimiga o‘quvchilarda kitobxonlik 
madaniyatini shakllantirish orqali erishiladi. Buning uchun o‘zbek xalqining tarixiy-madaniy 
an’analari, urf-odatlari, o‘zbek va boshqa xalqlar og‘zaki ijodiyoti, sharq donishmandlari merosi 
haqidagi adabiyotlar ham keng targ‘ib qilinishi lozim. 
Milliy madaniyat rivojida, insonparvarlik, e’tiqodlilik, yaxshilikka sadoqat va tabiat, atrof-
muhitni muhofaza etish masalalari muhim o‘rin tutadi. O‘quvchi-yoshlar bilan ishlashda 
bag‘rikenglik, dinga to‘g‘ri va ob’ektiv munosabatni shakllantirish, din umuminsoniy 
madaniyatning tarkibiy qismi ekanligini tushuntirish lozim. O‘quvchilarda ilm-fanga oid bilimlar 
esa inson hayoti farovonligini ta’minlovchi va rivojlantiruvchi asosiy vosita ekanligini alohida 
tushuntirish zarurdir. 
O‘quvchilarning har tomonlama kamol topishi ularning aqliy, axloqiy, siyosiy, jismoniy, 
estetik tayyorgarligiga bog‘liqdir. Jumladan: 



Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling