«проблемы совершенствования процесса управления и качества образования в образовательных учреждениях»
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
макола Респ конференцияси Мунарова Р
329
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 06.12.2022 Ta’lim jarayonini optimallashtirish har qanday jamiyatning umumiy taraqqiyoti, ijtimoiy- iqtisodiy, ma’naviy va madaniy rivojlanishida poydevor vazifasini o‘taydi, uni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etadi. “Xalqimizning ma’naviy boyliklarini, jahon sivilizasiyasining eng yaxshi yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan yangi avlodni shakllantirish bugunning eng muhim vazifasidir. Faqat ana shu asosdagina, oldimizga qo‘yilgan yuksak maqsadlar barchamiz uchun hayotimizning mazmuniga aylanib qolgandagina, millatning ongli vatanparvarlik ruhini yuksaltirib, rivojlangan ilg‘or mamlakatlar kabi taraqqiyot yo‘lidan ildam qadam tashlash imkoni tug‘iladi”, – deb ta’kidlaydi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov. Maktab va kutubxonani o‘quvchining kitobxonlik madaniyatini shakllantiruvchi bir butun tizim sifatida tasavvur etish, bu tizimning asosiy komponentlarini aniqlash, ularning o‘zaro va tashqi muhit bilan o‘zaro aloqaga kirishish mexanizmini belgilash, uning ta’lim tizimidagi o‘rni, mazkur tizim tarkibiy elementlarining mazmun-mohiyati, kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda maktab va kutubxona taqozo qiladigan aloqalarni ta’minlashni talab qiladi. Ushbu aloqadorlikni ta’minlovchi ichki va tashqi mutanosiblik talab qilinadi. Azaldan kutubxona ilm ahlining muqaddas dargohi bo‘lib kelgan. Bizning respublikamizda axborot resurs markazlari va maktab kutubxonalari yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini shakllantirish sohasida katta ishlarni amalga oshirmoqda. Eng katta tarmoq – bu maktab kutubxonalari hisoblanadi. O‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda kutubxonachilar o‘qituvchilar bilan hamkorlik qilish uchun quyidagilarni yaxshi bilishi kerak: - bolalar uchun yozilgan kitoblar haqida ma’lumotga ega bo‘lishi; - o‘quvchilarni kitob o‘qishga odatlantirishda ko‘zlanadigan pedagogik maqsad va vazifalarni to‘g‘ri anglab yetishi; - o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirish usul va yo‘llarini o‘zlashtirgan bo‘lishi; - o‘quvchilarga kitob o‘qishni o‘rgatishning turli usul, shakl, metodlarini tanlash va qo‘llashni bilishi, bu jarayonda pedagogik texnologiyalarni qo‘llay olishi; - pedagogik bilimlarga, badiiy asarni pedagogik va badiiy tahlil qilish ko‘nikmalarini egallagan, badiiy va o‘quv adabiyotlarining barcha turlaridan ma’lumotga ega bo‘lishi, ushbu bilimlarni o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish jarayonida qo‘llay olishi; - o‘quvchilar bilan pedagogik muloqot qilish metodlaridan foydalanish, notiqlik ko‘nikmalari hamda ifodali o‘qish malakasiga ega bo‘lishi; - o‘quvchilarning badiiy-ijodiy faoliyat xususiyatlarini bilishi hamda bu bilimlarni ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda qo‘llashi; - avtomatlashtirilgan ish jarayonida hamda zamonaviy texnik vositalar bilan ishlashni bilishi. Barcha ta’lim-tarbiya maskanlaridagi kabi maktab kutubxonasi oldida ham o‘quvchilarga milliy va umuminsoniy axloq qoidalari asosida hayot kechirishni o‘rgatishdek muhim vazifa bugungi kunda, ayniqsa, dolzarbdir. Ushbu vazifalarning yechimiga o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish orqali erishiladi. Buning uchun o‘zbek xalqining tarixiy-madaniy an’analari, urf-odatlari, o‘zbek va boshqa xalqlar og‘zaki ijodiyoti, sharq donishmandlari merosi haqidagi adabiyotlar ham keng targ‘ib qilinishi lozim. Milliy madaniyat rivojida, insonparvarlik, e’tiqodlilik, yaxshilikka sadoqat va tabiat, atrof- muhitni muhofaza etish masalalari muhim o‘rin tutadi. O‘quvchi-yoshlar bilan ishlashda bag‘rikenglik, dinga to‘g‘ri va ob’ektiv munosabatni shakllantirish, din umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi ekanligini tushuntirish lozim. O‘quvchilarda ilm-fanga oid bilimlar esa inson hayoti farovonligini ta’minlovchi va rivojlantiruvchi asosiy vosita ekanligini alohida tushuntirish zarurdir. O‘quvchilarning har tomonlama kamol topishi ularning aqliy, axloqiy, siyosiy, jismoniy, estetik tayyorgarligiga bog‘liqdir. Jumladan: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling