«problems of research and education of the uzbek language»


International scientific-theoretical conference on the topic


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana17.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1707030
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
xal.konf .abdullayeva nizomova

International scientific-theoretical conference on the topic:
«PROBLEMS OF RESEARCH AND EDUCATION OF THE UZBEK LANGUAGE» 
www.myscience.uz 
92 | 
kitobning muqovasi, xonalarning kattarogʻi, bizning sinfimiz, sizning ukangiz. Tobe 
so‘zning hokim so‘zga tushum, jo‘nalish, o‘rin - payt va chiqish kelishigi 
qo‘shimchalari yoki ko‘makchilar yordamida bogʻlanishi boshqaruv deyiladi: 
do‘stlarni hurmat qilmoq, gʻalaba uchun kurashmoq, yoshlarga gʻamxo‘rlik qilmoq, 
sharoitga ko‘ra yondashmoq [Anorbekova, Mirzayeva, 2011, 166]. 
Keyingi tadqiqot natijalarida ushbu tasnifning kengayganini ko‘rish mumkin. 
So‘z birikmalari qismlarining grammatik tabiatiga ko‘ra tasnif qilinganda, hokim 
a’zoning qaysi so‘z turkumidan ekanligi, tobe a’zoning sintaktik vazifasi asosga 
olinadi. So‘z birikmalari hokim qismning qaysi so‘z turkumidan ekanligiga ko‘ra 
quyidagi turlarga ajratiladi: 1) otli birikma; 2) fe’lli birikma; 3) sifatli birikma; 4) 
ravishli birikma; 5) modal so‘zli birikma. Otli birikmaning hokim so‘zi vazifasida 
ot, otlashgan so‘zlar keladi va u quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘ladi: 
- Hokim qism vazifasida ot keladi: g‘ayratli odam, samimiy inson, ezgu niyatli 
kishi
- Hokim qism sifatida olmosh keladi: bolaning o‘zi, Karimaning o‘zi
- Hokim so‘z sifatida otlashgan sifat keladi: kishilardan eng mardi, qizlarning 
sarasi
- Hokim qism vazifasida otlashgan son keladi: talabalarning beshtasi
o‘quvchilardan biri
- Hokim qism vazifasida otlashgan olmosh keladi: tilaklarning barchasi, kutib 
oluvchilarning hammasi
- Hokim so‘z vazifasida otlashgan sifatdosh keladi: onamlarning aytganlari
bolalarning o‘qiyotgani va h.k. 
- Hokim qism vazifasida otlashgan ravish keladi: ko‘p so‘zning o‘zi, ishlarning 
ko‘pi
- Hokim so‘z sifatida otlashgan undov so‘z keladi: ularning dod-voyi
bolalarning urasi



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling