Proceeding of International Conference on Scientific Endeavors and opportunities Hosted from Telavi, Georgia on 17 th 18 th
Download 25.43 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Proceeding of International Conference on Scientific Endeavors and opportunities Hosted from Telavi, Georgia on 17 th -18 th March, 2021 www.econferenceglobe.com 216 DAVAN-THE GREAT STATE OF THE FERGANA VALLEY Sobirov Jamshidbek, 2nd Stage Student Of The Faculty of history of Andijan State Institute Abstract: One of the most beautiful and unique places of Uzbekistan is the Ferghana Valley. According to such characteristics as climatic conditions, geographic location, Natural Resources, Fergana has been gaining attention since ancient times. Fergana's role in the history of our statehood is also one. In the II – I centuries BC there was one of the first state systems in the region here. Oʻzbekistonning eng goʻzal va betakror makonlaridan biri Fargʻona vodiysidir. Iqlim sharoiti, geografik joylashuvi,tabiiy boyliklari kabi hislatlariga koʻra Fargʻona qadimdan eʼtibor qozonib kelgan.Fargʻonaning davlatchiligimiz tarixida tutgan oʻz oʻrni ham bir.Miloddan avvalgi II – I asrlarda bu yerda mintaqadagi ilk davlatchilik tizimlaridan biri mavjud boʻlgan. Buyuk Temuriy shahzoda, Andijonning suyukli farzandi Zahiriddin Muhammad Bobur Fargʻona vodiysi xususida oʻz asarida Fargʻona beshinchi iqlimdandir deb taʼkidlaydi. Ammo bu hudud haqidagi maʼlumotlar borasida ajablanarli jihatlar bor. Ulardan biri shuki, antik tarixning buyuk olimlari hisoblangan yunon-rim mualliflari asarlarida Farg'ona vodiysidagi davlatchilik haqida maʼlumotlar yoʻq. Yana bir ajablanarli tomoni hatto “Avesto” (Zardushtiylarning muqaddas kitobi) da ham bu davlat turishida maʼlumotlar yoʻq. Oʻrta Osiyoning Sharqida, Sirdaryoning yuqori havzasini egallagan bu hudud geografik jihatdan olganda uzoq qadimdanoq dehqonchilik uchun juda qulay boʻlgan. Fargʻona vodiysi hamda fargʻonaliklarning kelib chiqishi haqidagi jiddiy xulosa uchun arzigulik manbalar asosan Xitoy mualliflari asarlari (mil.avv. II – I asrlar) deyish mumkin. Xususan shunday mualliflardan biri Sima Szyan hisoblanadi. Sima Szyan “Shi Szi” (“Tarixiy esdaliklar”) nomli 130 bobdan iborat yirik tarixiy asar yozib qoldirgan. Asar Xitoyning qadimiy zamonlardan to miloddan avvalgi I asr boshlariga qadar oʻtgan tarixini oʻz ichiga oladi. Asarda Oʻrta Osiyo, uning 123-bobida, xususan Fargʻona va uning qadimiy xalqi, hayoti haqida qimmatli maʼlumotlar mavjud. Lekin u manbalarda bu vodiydagi yurt Fargʻona deb yuritilmagan. Fargʻonani Xitoyliklar Davan ( ulugʻ Van ) deb nomlashgan. Davan davlati tarixi boʻyicha tadqiqot ishlari uzoq yillardan beri olib borilmoqda, soʻngi yillarda Oʻzbekistonlik olimlardan A.Asqarov, A.Xoʻjayev, B.Matboboyev, A.Anorboyev, S.Qudratov, B.Abdulgʻoziyeva, B.Abdullayev kabilar arxeologik maʼlumotlarni yozma Download 25.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling